yaratadi. Yashash joyini tanlashda kishilarning so g ‘lig‘iga mos tabiiy muhit
bo‘lishi ham ta ’sir qiladi. Ayrim kishilarning sog‘lig‘i sh ah ar sharoitida yashashga
to‘g ‘ri kelmasligi, ayrim kishilarning issiq joylarda yoki namlik ko‘p
joylarda
yashashi so g ‘lig‘iga to‘g ‘ri kelmasligi mumkin. Shunday paytlarda yashash
joylari o‘zgartiriladi. Ayrim kishilarning mutaxassisligi, kasbi, hunari tegishli
joylarda yashash joyini tanlashga ta ’sir qilishi mumkin.
Xuddi shuningdek, chet
ellarda yashayotgan 0 ‘zbekiston fuqarolari mamlakatim izga har qanday vaqtda
qaytib kelib, doimiy yashash joyini erkin tanlashi mumkin.
0 ‘zbekiston fuqarolarining o‘z xohishi bo‘yicha chet ellarda yashash uchun
ketishi ham taqiqlanmaydi. Tegishli huquqiy hujjatlarda 0 ‘zbekiston fuqarolarining
chet ellarga shaxsiy, jamoat
ishlari bilan doimiy yashashga, sayohatga, o‘qishga,
ishga, davolanishga chiqishi erkin huquq ekanligi belgilangan.
Faqat Konstitutsiyaning yuqoridagi moddasida ko‘rsatib o‘tilganidek, yashash
joyini tanlashda,
chet ellarga yashash, o‘qish, ishlash uchun ketishda, 0 ‘zbekiston
hududiga kirishda qonun bilan ba’zi cheklashlar o‘rnatiladi. Bu cheklashlar xavfsizlik,
ishchi kuchlari ortiqcha bir yerda to‘planib qolishining oldini olish, boshqa fuqarolarga
yashash uchun normal sharoit yaratish nuqtai nazaridan hal qilinadi.
Dostları ilə paylaş: