O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«Xalq so'zi», 2020-yil 26-iyun



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 «Xalq so'zi», 2020-yil 26-iyun.
106


Xalqaro huquq qoidalarini e’tirof etish mamlakatimizdagi chet el fuqarolari 
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga barcha shaxsiy, iqtisodiy huquqlaridan 
foydalanishga imkoniyat yaratilganligini bildiradi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yashash, daxlsizlik, 
vijdon erkinligi, mehnat qilish, bilim olish va hokazo huquqlarga ega va ular 
davlat tomonidan ta’minlanadi.
Sud organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chet el 
fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ham huquqlarini ta’minlash, 
himoya qilish vazifasi yuklatilgan.
0 ‘zbekistonda istiqomat qiluvchi va boshqa sabablar bilan 0 ‘zbekistonda bo‘lib 
turgan chet el fuqarolarining huquqlari shu mamlakatlarning 0 ‘zbekistondagi 
vakolatli organlari tomonidan ham qo‘shimcha himoya qilinadi, ta’minlanadi. Bu 
borada xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilinadi.
Yuqorida tilga olingan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson 
huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) mamlakatimizda yashayotgan chet 
el fuqarolari va fuqaroligi b olm agan shaxslarning huquqlarini ta ’minlashda 
ishtirok etadi. Unga bu borada tegishli vakolatlar va vazifalar yuklangan. 
«Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g ‘risida»gi 
Q onunning 2-moddasiga asosan, u 0 ‘zbekistonda yashayotgan chet el fuqarolari 
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari buzilishi yuzasidan berilgan 
shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. Shikoyat yuzasidan, uni hal qilish maqsadida o‘z 
tekshiruvini o‘tkazadi. Shikoyat asosli bo‘lsa, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxsning talabi qondiriladi, bu esa, uning huquqi buzilishining oldini 
oladi yoki huquqi buzilgan bo‘lsa, buzilgan huquqi tiklanadi.
7-§. Fuqarolik m asalasi bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari
Fuqarolik masalasi konstitutsiyaviy institut bo‘lganligi uchun unga taalluqli 
ko‘pgina masalalar Konstitutsiyada belgilangan, bularga yuqorida to‘xtalib o‘tdik. 
Fuqarolik masalalarini hal qilishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti alohida 
rol o‘ynaydi. Konstitutsiyamizning Prezidentning vazifa hamda vakolatlari 
belgilangan 
93-moddasi 
22-bandida 
Prezidentning Respublika 
fuqaroligi 
masalasini hal qilish vakolati ko‘rsatilgan.
«Fuqarolik 
to‘g ‘risida»gi 
Qonunga 
asosan, 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti respublikamiz hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mamlakat fuqaroligiga qabul qilish to‘g ‘risida; 
chet ellarda yashayotgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan 
taqdirda ularni 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g ‘risida; 
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash to‘g ‘risida; 0 ‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligidan chiqarish to‘g ‘risida; 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish 
to‘g ‘risida qarorlar qabul qiladi.
107


Qonunda fuqarolik masalasini hal etishda ichki ishlar organlari va chet 
davlatda faoliyat yurituvchi konsullik muassasalari ishtirok etishi belgilangan. 
Ular shaxslardan 0 ‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan 
chiqish masalalariga oid hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g ‘risida iltimosnomalarni 
qabul qiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni fuqarolik masalalarini 
hal qilishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari 
komissiyasiga alohida o‘rin ajratilgan. Komissiya 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
fuqaroligi 
masalalarini 
hal 
etishga doir Konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirish maqsadida besh 
yil muddatga tuziladi. Komissiya maslahat-ko‘maklashuvchi organ hisoblanib, 
u n in g tarkibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
Komissiya rais, rais o‘rinbosari, kotib va Komissiyaning boshqa a’zolaridan 
tarkib topadi. Komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari va boshqa a’zolari uning 
ishida jamoatchilik asosida ishtirok etadi. Komissiyaning reglamenti Prezident 
tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib 
chiqish, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga fuqarolik masalalari yuzasidan 
takliflar kiritish;
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan fuqarolik 
masalalariga oid qarorlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
0 ‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolik 
to‘g ‘risidagi 
qonun 
hujjatlari 
ijrosini tahlil qilish, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga m azkur yo‘nalishda 
aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar kiritish;
fuqarolik masalalari bo‘yicha xalqaro amaliyotni va ilg‘or xorijiy tajribani 
o‘rganish.
Komissiya:
- yurituvida turgan ish yuzasidan tegishli davlat organlaridan 0 ‘zbekiston 
Respublikasining fuqaroligi 
masalalari 
bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar va 
materiallarni talab qilib olish;
- 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha normativ- 
huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish, tegishli takliflarni 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Prezidentiga kiritish;
- 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan zaru r 
bo‘lgan qo‘shimcha axborot olish uchun o‘z majlislariga davlat organlari va 
boshqa tashkilotlarning vakillarini taklif etish va qonunda ko‘rsatilgan boshqa 
huquqlarga ega.
Komissiyaning zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida ikki m arta 
o‘tkaziladigan majlislari Komissiya ishining tashkiliy shaklidir.
Komissiyaning majlislari uning a’zolari umumiy sonining kamida uchdan 
ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir.
108


Komissiya majlislarida 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 
raisi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Bosh vaziri va 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori ishtirok etishi hamda 
muhokama etiladigan masalalar yuzasidan m a’ruza qilishi mumkin.
Komissiya qarori majlisda hozir bo'lgan Komissiya a’zolari umumiy sonining 
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Har bir mamlakatda yashayotgan shaxslarning mamlakat fuqarosi bo‘lishi 
ularning taqdiriga ta ’sir qiladi. Faqat mamlakat fuqarolarigina mamlakat siyosiy 
hayotida to‘laqonli ishtirok etadi va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kuchli himoyalanadi.
Shuning uchun davlatning fuqarolikka qabul qilish siyosati ham, uning 
demokratik, insonparvarlik xususiyatini namoyon qiladi.
Shu sababli keyingi vaqtda mamlakatimizda fuqarolikka qabul qilish keskin 
ko‘paygani ijobiy holdir.
Mamlakatimizda 
1991-2007-yillarda 
482 
nafar 
shaxs 
0 ‘zbekiston 
fuqaroligiga olingan bo‘lsa, 2007-yildan 2016-yil dekabr oyiga qadar biror kishiga 
ham fuqarolik berilmagan. 2016-yildan 2020-yil 17-martgacha 13000 nafardan 
ortiq shaxsga 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Amaldagi qonunga 
asosan esa, mamlakatimizda yashayotgan 91500 nafar fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxsning 47500 nafari qisqa muddatda fuqarolikka o‘tish imkoniyati tu g ‘ildil.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bog‘liq uzoq yillardan 
buyon yechilmay kelayotgan muammolari hal etilganligini qayd etdi2.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin