bo‘lish, uni yo‘qotish asoslari va tartibini belgilab qo‘yadi.
H ar bir s h a x s n in g
fuqaroligi alohida hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. 0 ‘zbekistonda bunday
hujjat s h a x s la r n in g pasportidir. Fuqarolik sh ax s bilan d av latnin g barqaror
m u n o sab atlarin i v ujudga keltiradi.
Fuqaro va davlat munosabatlarini belgilashda xalqaro huquq normalari ham
e’tirof etiladi. 0 ‘zbekistonda fuqarolikni quyidagicha xarakterlash mumkin.
0 ‘zbekistonda yakka fuqarolik e’tirof etilgan. Konstitutsiya va qonunda bu
m ustahkam langan. 0 ‘zbekiston fuqarolari 0 ‘zbekiston fuqaroligidan chiqmasdan
turib, boshqa m am lakatlarning fuqaroligini qabul
qilishi mumkin em as va
aksincha.
0 ‘zbekistonda fuqarolik tenglikka asoslangan, ya’ni fuqarolikka ega bo‘lish
qanday asoslarda bo lmasin (tu g ‘ilish bilan bo‘ladimi, keyinchalik fuqarolikka
o‘tganmi) ular ham m a sohada tengdir.
0 ‘zbekistonda fuqarolikka ega bo‘lish ochiq va erkinlikka asoslanadi. Ya’ni
0 ‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lish uchun ortiqcha cheklovlar o‘rnatilmagan.
Fuqarolikning ochiqligi, erkinligi, har qanday 0 ‘zbekiston fuqarosi o‘z
xohishi bilan 0 ‘zbekiston fuqaroligidan voz kechishi mumkinligi qonunlarda
m ustahkam langan.
Hech kim o‘z qarashlariga ko‘ra fuqarolikdan majburiy
ravishda chiqarilishi
mumkin emasligining o‘rgatilishi fuqarolikning muhim prinsiplaridan biridir.
Fuqarolikdan qarashlari, fikrlashiga qarab majburiy chiqarish Sovet tuzumida
tez-tez qo‘llaniladigan hodisa edi. Bu xalqaro hujjatlarga mutlaqo ziddir. Chunki
ularda fuqarolikdan majburiy chiqarish ko‘zda tutilmagan.
0 ‘zbekiston fuqarolari mamlakat tashqarisida yashayotgan vaqtlarida
ularning manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinadi. Chet mamlakatlarda
ham ular davlat homiyligida bo‘ladi.
0 ‘zbekiston
fuqarolari kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoli, irqi va millati,
siyosiy va boshqa e’tiqodlari, m a sh g ‘ulotlarining turi va sohasi hamda boshqa
holatlardan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir.
Konstitutsiyaga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi, ayni
vaqtda, 0 ‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. Ular 0 ‘zbekiston fuqaroligini olish
uchun hech qanday harakat sodir etmaydi.
Bulardan kelib chiqib, 0 ‘zbekistonda fuqarolik quyidagi prinsiplarga tayanadi,
deyish mumkin:
-
yagona fuqarolik, ya’ni ikki va ko‘p fuqarolik tan olinmaydi;
- fuqarolikda tenglik prinsipi mavjud;
- fuqarolikka ega bo‘lish, fuqarolikdan chiqish ixtiyoriylikka asoslanadi;
- fuqarolikdan majburiy chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- 0 ‘zbekiston fuqarolari huquqlari, erkinliklari,
manfaati mamlakat
tashqarisida ham davlat tomonidan himoya qilinadi.
100
Fuqarolik konstitutsiyaviy-huquqiy institutlardan hisoblanadi. Konstitutsiyada
fuqarolik asoslari belgilangan bo‘lib, fuqarolikka ega bo‘lish, uni yo‘qotish qonun
bilan tartibga solinishi belgilangan. Bunday qonun 2020-yil 13-martda qabul
qilingan « 0 ‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g ‘risida»gi Qonundir.
M azkur qonun avvalgi 1992-yil 2-iyuldagi qonunning o‘rniga qabul qilindi va
unda fuqarolik masalalarini hal qilishda xalqaro hujjatlar qoidalari e’tiborga
olindi. Bu BMT tomonidan ham e’tirof etildi.
Qonunning 5-moddasiga asosan quyidagilar 0 ‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi:
a) 1992-yil 28-iyul holatiga ko‘ra 0 ‘zbekiston Respublikasida doimiy
yashagan, chet davlat fuqarosi bo‘lmagan va 0 ‘zbekiston
Respublikasining
fuqarosi bo‘lish
istagini bildirgan shaxs;
b) 0 ‘zbekiston hududida yashagan va 1992-yil 28-iyulga qadar o‘qish uchun
0 ‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim olgan
yoxud harbiy xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin
bir yil ichida O ‘zbekistonga qaytib kelgan hamda 0 ‘zbekiston Respublikasida
doimiy propiskadan o‘tgan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud
bo‘lmasa;
v) ushbu Qonun kuchga kirgan kunda 0 ‘zbekiston Respublikasining
fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs;
g) ushbu Qonunga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan
shaxs.
Demak, shaxsni 0 ‘zbekiston fuqarosi hisoblash uchun qonun kuchga
kirganda shaxslar 0 ‘zbekiston hududida doimiy yashayotgan bo‘lishi; boshqa
davlatlarning fuqarosi bo‘lmasligi; 0 ‘zbekiston fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan
bo‘lishi; m a’lum sabablar bilan shu davrda boshqa davlatlar hududida yashayotgan
bo‘lsa ham, lekin 0 ‘zbekistonda tu g ‘ilgan bo‘lsa yoki doimiy yashaganligini
isbot qilsa, boshqa davlatlarning fuqarosi bo‘lmasligi asosiy shart hisoblanadi.
Q onunning 13-moddasida fuqarolikni olish asoslari belgilangan bo‘lib, unga
asosan:
- tu g ‘ilganlik bo‘yicha;
-
bola farzandlikka olinganda;
- 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash
natijasida.
0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 0 ‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga
ko‘ra ham olinishi mumkin.
0 ‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lishning muhim vositalaridan biri, fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar yoki chet el fuqarolarining o‘z ixtiyorlariga ko‘ra 0 ‘zbekiston
fuqaroligiga o‘tishidir. Bunda shaxs 0 ‘zbekiston fuqaroligiga o‘tishni
ixtiyor
qiladi, uning iltimosi tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, Respublika Prezidenti
Dostları ilə paylaş: