O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Ittifoqlar tuzish, ham do‘stliklarga va boshqa davlatlararo



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

4-§. Ittifoqlar tuzish, ham do‘stliklarga va boshqa davlatlararo
tuzilm alarga kirish
0 ‘zbekiston tashqi siyosati, yuqorida qayd etilganidek, mamlakatimiz 
xavfsizligini ta’minlashni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun Konstitutsiyaning 
«Tashqi siyosat» bobining 17-moddasida: «Respublika davlatning, xalqning oliy 
manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta ’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, 
hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib 
chiqishi mumkin», - deb belgilab qo‘yilgan.
Demak, bu qoida 0 ‘zbekistonning xavfsizlik maqsadida turli birlashmalarga 
kirishi mumkinligini konstitutsiyaviy asosda mustahkamlaydi.
94


1991-yil 
21-dekabrda 
Qozog‘istonning Olmota 
shahrida 
Ozarbayjon, 
Armaniston, Belorusiya, Qozog‘iston, Q irg‘iston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, 
0 ‘zbekiston, Ukraina davlat boshliqlari uchrashuvida Mustaqil Davlatlar 
Hamdo‘stligi (MDH) tashkil qilindi.
Bu Sobiq Ittifoq tarkibidan chiqib, mustaqillikka erishgan davlatlarning 
dastlabki xalqaro tashkiloti edi. M azkur tashkilotning tuzilishi a’zo mamlakatlar 
taqdirida ijobiy rol o‘ynaydi. Ushbu hamdo‘stlik Sobiq Ittifoq respublikalari 
o‘rtasida turli qurolli to‘qnashuvlar, bir-biriga chegara xususida e’tirozlar 
bildirish kabi masalalarning oldini oldi. Hamdo‘stlikning tashkil topishi Ittifoq 
davlat - Yugoslaviyaning tarqalib ketishidagi kabi qon to‘kilishlarining oldini 
oldi. Siyosatchilarning ta’kidlashicha, agar MDH tuzilmaganda Sobiq Ittifoq 
hududida Yugoslaviyadagidanda dahshatli urushlar bo‘lishi va u hozirgacha 
davom etishi mumkin edi. MDH siyosiy tashkilot bo‘lmay, ixtiyoriy iqtisodiy 
uyushma edi.
M DH uyushmasi 0 ‘zbekistonga shu uyushma a’zolari bilan tenglik asosida 
ikki tomonlama aloqalar o‘rnatishga katta imkoniyat yaratdi.
M DH uyushmasi doirasida kollektiv xavfsizlikni ta’minlash imkoniyati 
vujudga keldi va mamlakatimiz bu yo‘nalishda ham ishtirok etdi.
2001-yil 15-iyunda Xitoy Respublikasining Shanxay shahrida Xitoy, Rossiya, 
Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va 0 ‘zbekiston davlat boshliqlarining 
uchrashuvida yangi tashkilot tuzilib, u Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) 
degan nom bilan xalqaro munosabatlarda o‘z o‘rniga ega bo‘la boshladi. Keyinchalik 
bu tashkilotga Hindiston va Pokiston ham a’zo bo‘ldi. Bu tashkilotning tuzilishi 
XXI asrning boshlanishidagi eng muhim xalqaro voqealardan biri bo‘ldi. Tashkilot 
doirasida a’zo davlatlar xavfsizlikni birga hal qilish, bir-biriga ishonchni, siyosiy, 
iqtisodiy va madaniy sohada hamkorlikni kuchaytirishga ahd qildilar.
Hozirgi kunda bu tashkilot doirasida a’zo davlatlar iqtisodiy, madaniy 
masalalarda hamkorlik qilib, anchagina yutuqlarga erishdilar. Ayniqsa, bu 
tashkilot doirasida narkotrafik, terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha katta ishlar 
amalga oshirildi. Toshkentda tashkilotning terrorizmga qarshi kurash mintaqaviy 
ijro qo‘mitasi qarorgohi joylashgan, bu esa, mamlakatimiz mazkur tashkilot 
faoliyatida teng asosda ishtirok etishini yana bir bor ko‘rsatadi.
0 ‘zbekiston xalqaro siyosiy-harbiy tashkilot - NATOning tinchlik va 
xavfsizlik yo‘lidagi hamkorlik dasturida ham ishtirok etadi.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng (1992-yildan 2000-yilgacha) 
juda ko‘plab mamlakatlar bilan hamkorlikka kirishdi, teng asosda shartnom alar 
tuzdi1.
Eng muhimi, boshqa davlatlar qanday davlat bo‘lishidan qat’iy nazar tenglik 
asosida hamkorlik o‘rnatish asosiy vazifa deb qaraldi. Birinchi Prezidentimizning: 
«Rossiya Federatsiyasi bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin