nazariyamantiqqa, tamoyil tizimlarga, dalil-isbotlarga, falsafiy uslubiyotga
asoslanadi.
Estetik faoliyat
– estetik ongning amalga oshirilishi va moddiylashtirilishidir.
estetik faoliyat asosini insonning muayyan
talab ehtiyojlari
tashkil etadi. Inson
faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi.
Talab – ehtiyojlar
insonni faoliyatga undaydi, faoliyat esa yangi-yangi talab
ehtiyojlarni kelib chiqaradi. Ruhshunos olimlar estetik ehtiyojlarni inson talab
ehtiyojlarining eng oliysi sifatida ta’riflab berganlar. Chunki estetik ehtiyojlar
jamlangandir. Garchand bu dunyoda mavjudotlarning eng aqllisi inson ekan,
go‘zallikni chuqur anglash ham insonga xosdir. Shu bois inson hamisha
go‘zallikka tashna bo‘lib yashaydi. estetik ehtiyoj mohiyati ana shular bilan
izohlanadi. Rivojlangan estetik ehtiyoj hech vaqt tayyor estetik qadriyatlarni faqat
iste’mol qilish bilan cheklanib qolmay, yangilarini yaratish, ijod qilishga rag‘batni
vujudga keltiradi.
Ilmiy ijod va estetik faoliyat.
Estetik faoliyat ilmiy ijodning ham estetik tomonini
tashkil qiladi. Olimning salohiyati, ijodiy mehnatlari va samaradorligi uning estetik
madaniyati darajasiga bog‘liq. Olimning estetik madaniyati deganda uning estetik
his-tuyg‘usi, ilmiy farazi (fantaziyasi), ilm, fahm farosati (intiutsiyasi),
ko‘rgazmali ramziy tasavvurlarni hosil qilishga qobiliyati, tafakkurning o‘ziga xos
tasviriy umumlashtirishlarga moyilligini tushunamiz. estetik rivojlanmaganlik,
loqaydlik olimning ijodiy kuch-kudratini so‘ndiradi, ilmiy-ijodiy jarayonda juda
muhim bo‘lgan shaxsiy qoniqish hissidan mahrum etadi, aqliy ravnaqiga salbiy
ta’sir o‘tkazadi. Ilm-fan bilan bir tomonlama shug‘ullanib, san’atda lazzatlanish
hissini yo‘qotib qo‘ygan va yo‘qotish shaxsiy baxtni yo‘qotganlik bilan barobar
bo‘lib, u olimning aqliy va axloqiy sifatlariga salbiy ta’sir qilgani haqidagi tarixda
misollar ko‘p.
Dostları ilə paylaş: