Abu Abdulloh Rudakiy (IX-X asrlar)
mashhur shoir va sozanda, ud va chang
chalishda mohir, ko‘pgina xalq she’rlarini kuyga solgan, o‘zi ham mahorat bilan
ijro etgan. Buxoro hukmdori Nasr II ibn Ahmad uni saroyga taklif qiladi.
Davlatshoh Samarqandiyning–«Tazkirat ush-shuaro» (Shoirlar xotiranomasi)
asarida
yozilishicha, Amir Nasr ibn Ahmad Hirot shahriga etishgach uning
jannatmakon iqlimidan bahra olib uzoq qolib ketadi. qancha eslatmasin u
Buxoroga qaytishga rozi bo‘lmaydi. Shunda Rudakiy o‘zining «Buxoro
qasidasi»ni yozadi. Unda poytaxt Buxoro, Amir atrofidagi bayonlar, yurt sog‘inchi
to‘g‘risida fikrlar aytilgan edi.
Bir kuni Amir Buxoro ne’matlari va ob-havosi haqida so‘z ochganda Rudakiy
Buxoro haqidagi o‘z qasidasini kuylaydi. Bu qasida amirning ko‘nglida
muzlab
yotgan Vatan mehrini uyg‘otib yuborgan. Aytishlariga ko‘ra Amir hatto etigini
ham kiymay Buxoro sari ravona bo‘lgan.
Abu Nasr Forobiy.
(872-950) «She’r va qofiyalar haqidagi so‘z». «Ritorika
haqidagi kitob», «Lug‘at va hattotlik haqidagi kitob», «Musiqa haqidagi katta
kitob», «Musiqa haqidagi so‘z», «Ritm turkumlari haqidagi so‘z» kabi asarlarida
estetik qarashlarini bayon qilgan. «Baxt-saodatga erishuv haqidagi»
risolada,
«Inson go‘zallikni samarali idrok etishi uchun unda nozik tabiat va aqliy
mukammallik zamini bo‘lishi kerak. Hissiy va aqliy qobiliyatiga ega bo‘lgan
insongina dunyoning barcha sirlarini bila olishi mumkin deb ta’kidlaydi.
Forobiy: «Inson aql idroki tufayli haqiqiy insonga aylanadi, bilim insonga baxt va
shodlik keltiradi. Inson bilimi orqali o‘zida go‘zallik va mukammallikni kashf
etadi», deb yozadi. Forobiy: odamlarni ilm bilan, san’at bilan shug‘ullanishga
da’vat etadi va shu tufayli go‘zal narsaga aylanadi.
Forobiy inson qobiliyatini 2 ga: tug‘ma va keyin erishilgan qobiliyatga bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: