8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
8-mavzu

Estetika va milliy istiqlol g‘oyasi. 
San’at estetik boyliklarni yaratish manbaidir. 
San’at mafkuraviy hodisa hisoblanib, u hech vaqt u yoki bu mafkura, u yoki bu 
qarashlar ifoda vositasi bo‘lib qololmaydi. San’at umuminsoniy manfaatlar va 
intilishlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda vositasidir. Har qanday mafkura 
umuminsoniy bo‘lsagina san’at mag‘zidan o‘rin oladi.


Mafkura kishilarning diniy, axloqiy, estetik qarashlari tizimida estetik orzuga 
aylansagina san’atda ro‘yobga chiqadi.
Estetik orzuda estetika va mafkura qirralari yaqindan chirmashib ketgan bo‘ladi. 
Voqe’likni mohiyatiga kirib borish estetik orzuning tabiatiga, uning haqqoniyligiga 
bog‘liq.
San’at mafkura ma’naviy hayotning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. 
San’at mafkuraviy omillar bilan qo‘yilib ketadi va o‘ziga xos mafkuraviy qiymatga 
aylanadi. San’at inson ruhining eng chuqur qatlamlariga kirib borib, ijtimoiy 
g‘oyalar «vositachi»si vazifasini o‘taydi. Mazkur g‘oyalarni tomoshabin, o‘quvchi, 
eshituvchi, faqat ko‘rish bilan emas, balki qahramon kechinmalariga tiriklik hissi 
orqali ham idrok etadilar. Ilg‘or taraqqiyparvar ruhdagi siyosiy g‘oyalar: barcha 
davrlarda ham ijodkor iste’dodiga samarali ta’sir ko‘rsatgan va san’atning ravnaqi 
uchun unumli zamin bo‘lib xizmat qilgan. Aksincha, qoloq va mustabid ruhdagi 
siyosiy qarashlar hatto eng ulug‘ ijodkorlar faoliyatlariga ham halokatli ta’sir 
o‘tkazib, ular iste’dodlarini kishanlab qo‘ygan. Masalan: A.Qodiriy, Oybek, A. 
Qahhor, Shuhrat va boshqalarning ijodi va hayoti asoslanadi. Din ko‘proq 
ilohiylikka suyanadi, san’at esa dunyoviylik ruhi bo‘lib sug‘orilgan. Lekin san’at 
asarlarida ilohiylik ramzlari bevosita dunyoviylikni aks ettiradi.
Estetika falsafiy fanlar bilan bir qatorda pedagogika, ekologiya, adabiyotshunoslik, 
musiqashunoslik, san’atshunoslik kabi fanlar bilan hamkorlik qilish jarayonida 
rivojlanib boradi. Masalan: estetika fani san’atdan bahramand bo‘luvchilar – 
tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun xam katta ahamiyat kasb etadi. Ular san’at 
haqida qancha ko‘p bilsalar san’atning mohiyati va burch – vazifalari haqida 
qanchalik chuqur va haqqoniy tasavvurga ega bo‘lsalar, ularda san’at bilan doimiy 
muloqotda bo‘lishga intilish kayfiyati shunchalik kuchli bo‘ladi. 
Estetika fani san’at haqida faqat bilim beribgina qolmay tomoshabin, kitobxon, 
tinglovchilarda badiiy ijodga nisbatan hurmat uyg‘otadi, badiiy ijod inson 
faoliyatining eng murakkab turi, eng ko‘p aqliy va jismoniy kuch talab qiladigan 
soha ekanligidan xabardor qiladi.
Estetikaning shaxs va jamiyat hayotini ma’naviy boyitishdagi amaliy ahamiyati. 
estetika fani va o‘quv darsi – voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod 
jarayonlarinining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha 
qilib aytganda, estetika – bu nafosat olami, san’at va badiiy ijod jarayonlarini 
qonuniyatlarini, his-tuyg‘u, sezish, idrok qilish vositalari orqali o‘rganadigan 
fandir. 
Atrof–voqelikni go‘zallik mezoni bilan baholashni bo‘rttirib yuborish estetikani 
faqat «go‘zallik falsafasi» qolipiga zo‘rlab sig‘dirishga; - inson badiiy faoliyati 
sohasini esa faqat «san’at falsafasi» darajasiga tushirib yuborishga sabab bo‘ladi. 
Estetika fani hech vaqt faqat atrof-voqelikni estetik va badiiy idrok etish 
qonuniyatlarini o‘rganish bilan chegaralanib qolmay, u tadqiq va tahlil ishlarini 
istiqbol maqsad va manfaatlariga yo‘naltirib turadi. Chunki estetika voqelikni 
nafosat nuqtai nazaridan baholashda, badiiy mezon o‘lchovlarini ilmiy jihatdan 
ishlab chiqib, amaliy faoliyatga tatbiq etadi.
Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari uning 
ijtimoiy, ruhiy, mafkuraviy-g‘oyaviy, siyosiy–ma’naviy intilishlari ham tobora 


tiniqlashib boradi. Chunki estetik tafakkur: Birinchidan, insonning maqsad 
manfaatilarini estetik badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi.Ikkinchidan, estetik 
madaniyat va badiiy amaliyot asoslarini o‘rganish, tahlil qilish bilan boyitadi. 
Uchinchidan, 
estetik 
nazariyalarning 
falsafiy 
asoslarini 
ochib 
beradi. 
To‘rtinchidan, voqelikni estetik in’ikos etish jarayonlarini ko‘rsatib beradi.
«Borliqni estetik o‘zlashtirish» quyidagilarining hammasini o‘z ichiga qamrab 
oladi, ya’ni: «estetik munosabatlar», «estetik bilish», «estetik tafakkur», «estetik 
faoliyat» va boshqalar. 
Shuning uchun ham estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o‘zlashtirish 
mohiyati va qonuniyatlarini o‘rganadi. Borliqni estetik o‘zlashtirish esa san’atning 
asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois estetika fani san’atning asosiy uslubiy 
metodologik zamini bo‘lib xizmat qiladi.
Estetika fani: birinchidan, insonni tevarak atrofdagi moddiy va ma’naviy 
boyliklarning barchasini qamrab olishiga; ikkinchidan, inson faoliyatining barcha 
jabhalaridagi nafosat olamini, san’atning barcha turlari vositasida chuqur 
o‘rganishga da’vat etadi. 
Estetikaning asosiy sohalari: 
1.San’atning umumiy nazariyasi – san’atning tabiati, mohiyati, taraqqiyoti va 
faoliyatining mushtarak qonuniyatlarini aniqlaydi. 
2.Estetika fanining xususiy – uslubiy asoslariga oid tadqiqotlar – mavzui, ilmiy 
maqomi, burch vazifalari, usul – uslublarning o‘zaro munosabati masalalari. 
3.Moddiy boyliklar yaratish estetikasi – mehnat qilish jarayonida moddiy ishlab 
chiqarish sharoiti va mahsulida estetik jihatlar masalalari. 
4.Muhandislik – loyihachilik faoliyati va ilmiy tadqiqot ishlari sohasida estetik 
jihatlar. 
5.Tabiat estetikasi – tabiatga munosabat masalasida o‘ziga xosliklarni aniqlash va 
tabiatdan foydalanishga oid estetik omillar. 
6.Insoniy munosabatlar estetikasi. 
7.Kundalik turmush va odob estetikasi. 
Estetik g‘oyalar dastavval qadimgi Misr, Messopotamiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, 
eron va Turon mamlakatlarida vujudga kelgan. Mixxat, Finikiya alifbosi, Urxun–
Enisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho ma’danlardan ishlangan san’at 
asarlari, Misrda Fir’avn Tutanxamon maqbarasidan topilgan asori atiqalar
Amudaryo xazinasi, DoroI tasviri solingan oltin tangalar, skiflarning oltin 
buyumlari, ulug‘ me’morchilik obidalari, Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy 
madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdor saroylari, ibodatxona 
devorlaridagi tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlari bu mamlakatlarda badiiy 
madaniyat yuksak taraqqiy etganini ko‘rsatadi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin