8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
8-mavzu

Hindistonda
yaratilgan «Rigveda», «Ramayana», «Maxobxarata» kabi asarlar 
insoniyatning badiiy faoliyati eramizdan avvalgi 3-4 ming yilliklarda boshlangan 
deb taxmin qilishga asos bo‘ladi. Ularning estetik va she’riy qimmati, mavzular 
boyligi, syujet, obrazlarning murakkabligi, o‘sha davrlardagi ishlab chiqarish 
usullari va ijtimoiy hayot, sevgi munosabatlari, tabiat manzaralari va 
hokazolarning jonli va realistik tasvirlanganligini hisobga olsak, u vaqtda yer 
yuzidan badiiy ijod ancha burun boshlangan ekan, deb taxminga kelamiz. 


Qadimgi hind eposi, uning estetik va poetikasining xarakterli belgisi – hayvonlar, 
qushlar, o‘simliklar, daryolar, tog‘lar, osmon hodisalarining obrazli talqin 
qilinishidir. Masalan: endigina ko‘tarilib kelayotgan quyosh nurlari - shoxli 
ho‘kizlarga, bulutlar–sut beruvchi sigirlarga o‘xshatiladi. Hind poeziyasida ayolni 
sigirga qiyos qilish zavqli va husunkor hodisa hisoblangan.
Tulsi Dasaning «Ramayana» dostonida xudo Ramning go‘zal rafiqasi, o‘g‘irlab 
olib ketilgan malika Sita (Djanaki) haqida shunday deyiladi.
Olib ketdi janakini la’nati Rakshas zo‘ravon, 
Go‘yo oppoq sigirni bo‘ysundirdi, pichoq, ila beomon.
Juda kelishgan, tannoz xushbichim qaddi-qomatli ayolning qadam bosishi xuddi 
filning yurishiga o‘xshatiladi: 
Oltin tavoqni ayollar to‘ldirishib, limmo-lim, 
Ketishdi kuylab, shohona fillardek tashlab qadam. 
Ba’zi qadimgi hind afsonalarida it iflos va jirkanch hayvon sifatida tasvirlanadi. U 
sotqinlik, xoinlik ramzi qilib ko‘rsatiladi. eshak esa ishonch va sadoqat namunasi. 
Kakku qushxonishning yuksak mahorat ramzi qilib beriladi. 
Xitoy
mehnat ahlining boy ma’naviy hayoti va yuksak badiiy didi haqida 
eramizdan oldingi XII asrda yozilgan «Shitszin» (qo‘shiqlar) kitobi, «Itszin» 
(O‘zgarishlar), «In-fu-tszin» (Zulmat garmoniyasi haqidagi kitob) asarlardan juda 
ko‘plab ma’lumotlar olish mumkin. 
Misrda
estetik tafakkur eramizdan oldingi IV ming yillikda paydo bo‘lgan. 
qadimgi Misrning badiiy asarlari, ertaklari, qissalari, nasihatnomalari, sevgi 
lirikasida o‘sha davr estetik tafakkuri ifodalangan. Eramizdan oldingi XIII asr«D 
Orbini papirusi», «2 aka-uka haqida ertak» - jahonning qadimgi qissasi hisoblanib, 
ular rus olimi V.Stasov tomonidan tarjima qilingan. 
Yunonistonda
Pifagor, Geraklit, Demokrit, Suqrot, Aflotun, Arastu va boshqalar 
tomonidan estetika fani rivojlanishiga katta hissa qo‘shilgan. Pifagor «Musiqaviy 
hamohanglik asoslarlari, ya’ni «xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi» 
umumbashariy hamohanglik (garmoniya) ekanligidir, deb ta’kidlagan bo‘lsa, 
Geraklit: nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidan kelib chiqadi. Nafosat 
hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama - qarshiliklar birligini tashkil 
etadi, deb ta’kidlaydi va nafosat nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi.
Demokrit go‘zallik hamohanglikda, bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligida, 
tomonlar mosligi(simmetriya)da, me’yorda, deb hisoblaydi. Uningcha, san’at 
insonning dastlabki ehtiyojlari qondirilgandagina vujudga keladi. U 
mimesis
g‘oyasini ilgari suradi. Unga binoan san’atning mohiyati – voqelikka taqlid 
qilishda namoyon bo‘ladi.
Suqrot go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga 
ko‘chirilgan deb hisoblaydi. Uning qarashlaridagi etakchi g‘oya go‘zallik va 
ezgulik birligi, estetika va axloq, estetik tasavvurlar nisbiyligi, estetika va 
manfaatli belgilar o‘rtasida yaqin aloqadorlikda mavjud bo‘ladi.


Aflotun o‘zining «Diolog», «Ziyofat», «Katta Gippiy», «Davlat traktati» kabi 
asarlarida estetik qarashlarini bayon qiladi. Uning ta’kidlashicha, bizni o‘rab 
turgan voqelikda go‘zallik yo‘q. Go‘zallik–bu his-tuyg‘udan tashqari turgan 
mutloq g‘oyadir. Moddiy narsa esa–soxta, g‘oyaning zaif aksi, mutloq g‘oyaning 
soyasidir. San’at obrazlari – bu narsalarning bo‘lmag‘ur nusxasi va shuning uchun 
go‘zallik bu soyaning soyasidir.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin