8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
8-mavzu

Masjid
– Allohning uyi ibodat dargohi; 
Madrasa
–Allohning so‘zi o‘qiladigan, ilm 
o‘rganadigan maskandir. 
Me’morchilik obidalarining
peshtoqlari, gumbazlari va 
muqarnaslari, ichki va tashqi devorlaridagi naqshlar va bitiklar ham o‘sha 
muqaddas so‘zlar shaklidir. 
Minora
– minoratun so‘zidan olingan bo‘lib, u 
mayoq
degan ma’noni anglatadi. 
Minora
– masjidlar yonida qurilma 
muazzinning
azon 
aytishiga mo‘ljallangan.
Minora islom madaniyatida o‘zining tamsiliy mazmuniga ham ega, u allohning 
yagonaligi– yolg‘izligi ramzidir. U baland va viqorli turishi, tepasida hamma 
narsaning ko‘rinishi, Allohning ulug‘ligi va hamma narsani bir ko‘zda ko‘rib 


turishi timsolidir. Minora – Allohdan boshqaga bo‘yin egmaslik, kasu-nokasdan 
o‘zini baland tutmoq, g‘urur va faxr ramzi hamdir.
Minora – hamma narsaga bir xil qarash, bir ko‘zda ko‘rish, o‘tmish, hozir va 
kelajakka bab-barobar nazar tashlashdir. Minoraning dunyoviy mazmuni – uzoq 
yo‘ldan keladigan karvonlarga yo‘l ko‘rsatkich - mayoq, e’tiqod va go‘zallik 
ramzi, san’at asari vazifasini ham o‘taydi. 
Shunday qilib, islom estetikasida ma’muriy binolarning shaklu-shamoyili
bezaklari musulmon kishining – ma’naviy ruhiy olamini, turmush tarzi, hayot 
ma’nosi, yashashdan maqsadi va mazmunini ramziy ifodalaydi. Me’moriy binolar–
musulmon kishini xotirjamlik va sokinlikka undaydi. Chunki me’moriy 
binolarning shakl-shamoyili ham, bezaklari ham, jamiki go‘zalliklari ham sir-
sinoat va mavhumotlar majmuidir.
Borliqni sir-sinoatli, mavhumotlar tarzida fikrlash mahsuli, ya’ni, binolar shakli, 
naqshlar, bitiklar o‘ziga xos tartib intizom bilan tamsil etilishi musulmon kishining 
Alloh bilan bo‘lgan abadiy ahdga etaklovchi omildir. 
Islom estetikasida hissiyotlarni shunchaki jo‘sh urdirish emas, balki uyg‘unlik, 
hamohanglik kashf etuvchi tasvir ramziga urg‘u beriladi.
Islom estetikasi muqaddas so‘zda ham, me’morchilikda ham, musiqada ham, 
soyasiz tasvir (miniatyura)da ham quyidagi tamoyillarga suyanadi. 
1.Oqilona negiz – oqillik ifodachisi bo‘lgan so‘zga sig‘inish; 
2.Tartibga solish tarzidagi uyg‘unlik tamoyili;
3.Bosqichma-bosqichlilik tamoyili (fazoning bosqichli tuzilishi g‘oyasidan); 
4.Tasniflash tamoyili – bosqichli islom g‘oyasining mantiqiy oqibati; 
5.qonun-qoidalik tamoyili. 
Islom estetikasida musiqa fazoning bosqichli tuzilishi va uyg‘unlik-targ‘ibotlilik 
tamoyiliga qattiq tayanadi. Uyg‘unlik va bosqichma-bosqichlik go‘zallikning 
manbaidir.
Arab faylasufi Al-Kindiy ta’kidlashicha «Aslida ham uyg‘unlik hamma narsada 
o‘rin olgan, u hammadan ko‘ra ohang-ovozlarda, olamning tuzilishi va insonlar 
qalbida yaqqolroq namoyon bo‘ladi». Ana shu uyg‘unlik musiqa madaniyatining 
ham asosini tashkil etadi.
Mavlono Najmiddin Kavkabiy o‘zining «Musiqa haqida risola» asarida yozishicha, 
«Ayrim maqomlarni ijro etish uchun muvofiq keluvchi vaqtni tanlash kerak. 
Masalan: «Musiqa haqida risola» Rahoviy maqomi - quyosh chiqishi oldidan, 
Ushshoqni - quyosh chiqib bo‘lgach; 
Rostni
– choshgoh arafasida; Iroqni – 
chamgoh paytida; Buzrukni - quyosh botishi paytida; Bussoliqni – digar namozi 
vaqtida; Zagulani - quyosh botishi oldidan; Navoni – namozi shom paytida; 
Zirafqani – uyquga yotish oldidadan; Isfaxonni – tunda ijro etish» yaxshi ta’sir 
etadi. 
Islom madaniyatida oqilona negiz – oqillik ifodachisi 
So‘z – Kalom zohiriy va 
botiniy qudratga ega
. Musiqa (maqom) ana shu kalomni yanada tiniqlashtiradi, 
aqlni 
peshlaydi. 
Musiqa 
(maqom)ning 
barkamoligigi 
botiniy-ilohiy 
takomillashganligidadir. Fikr va so‘z etuklikka erishgach, ular musiqiy qiyofada 
chinakam uyg‘unlik hosil qiladi, chunki, musiqa(maqom) uyg‘unlik ifodasidir.


Olamning uyg‘unligi mo‘‘jizadir degan g‘oyani ilgari surgan, Umar Xayyom: 
«Yaxlit tartib muvozanat bilan shartlanur, u tufayli muvozanat yashnar» deb 
ta’kidlaydi. Uningcha, islom estetikasida olamning uyg‘unligi Alloh zeb bergan 
go‘zalliklar negizidir. 
Movarounnahr mutafakkirlarining estetik qarashlari (IX-XIV asrlar). IX-XIV 
asrlarda Movarounnahrda madaniyat, ilm-fan, san’at va adabiyot islom madaniyati 
yo‘nalishida rivojlandi va taraqqiy etdi. Bu davrda dunyoviy ilm-fan ilohiyot bilan 
bog‘liq holda o‘qitilib, tavhid-Allohni bilish, uning sifatlarini anglash, ya’ni: 
«Alloh go‘zal, u yaratgan narsalar ham go‘zal, u go‘zallikni yoqtiradi, shu bois 
komil insonning hatti-harakatlari ham go‘zal bo‘lishi, inson go‘zallik bilan javob 
berishi kerak» degan aqida asos qilib olingan edi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin