inson ruhiga ajib bir ichki tartib va intizom, sarishtalik va ta’sirchanlik bilan
singdirib boradi.
Yahudiy ibodatxonalarida ichki ko‘rinishi va bezaklarida ilohiylikka qaratilgan
voqeaband tasvirlar, haykallar o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, Xristian cherkovlarida
moy bo‘yoqli tasvir manzara, haykaltaroshlik ko‘zga tashlanadi.
Demak,
yahudiylik va xristianlik
tafakkuri tarixiylikka asoslanadi. Ularda
muqaddas rivoyatlar tasvirlar vositasida muqaddaslashtiriladi, ular rivoyatlarga
hamdard. Ular shaxs taqdirini – inson qismatini rivoyatlarga olib borib taqaydilar.
Ular Allohni rivoyatlar orqali taniydilar.
Islomda
esa musulmon kishi butun borlig‘ini Allohga bag‘ishlaydi. Musulmon
kishi qat’iy
ravishda ilohiyot qoidalariga, Alloh hukmlariga itoat etadi. Shu bois
Alloh uyi – masjidlarda muqaddas so‘zlarga, Alloh ismi va sifatlarini ramziy
ifodalovchi naqsh va yozuvlarga alohida urg‘u beriladi. Masjid naqshlarida bir-
biriga chirmashib ketgan bo‘rtiq manzara, «kufiy», «sulh» xati yozuvlari
musulmon kishining Alloh taolo bilan tanho muloqotning sog‘inchli hissiyotlarni
ifodalaydi.
Naqsh va yozuvlar – yasama manzara (dekoratsiya)
binoning shunchaki bezagi
emas, balki inson qalbiga Alloh go‘zalligini singdiruvchi, islom mazmun-
mohiyatini, musulmon kishi hayotini, turmush tarzini, estetik qadriyatlarni yorqin
ifodalovchi timsollardir.
Naqsh – haqqoniyatni qo‘l bilan ushlab ko‘rish emas, go‘zallikni dildan his qilish.
Chodra ortidagi vaziyatga insonni tayyorlash va unga kirib borish timsolidir.
Naqshdagi gullar: gulsafsar–osoyishtalik, umri boqiylik, to‘lqinsimon gul poyasi –
boylik
va farovonlik, navda va yaproqlar – navqironlik, yasharish timsollari. Oq
rang – baxt va omad, zangori rang – oliy e’tiqod, qizil rang – shodlik, yoshlik
timsolidir.
Naqsh – xotirjamlik, ruhiy osoyishtalik umri uzoqlik –
cheksizlikni ramziy
ifodalovchi xilqatdir. Me’moriy binolarning naqshlari – oliy barkamollik, komillik,
Olloh huzuriga yo‘l olish ramzlari hamdir. Naqsh timsoli hamma go‘zallikni
yaratgan va ularni bandalariga ne’mat qilib bergan yagona va rahmli Alloh
huzuriga borishi va uning jamoliga etishish omilidir.
Islom estetikasi me’morchilik obidalari – masjid, madrasa, maqbara, minora va
ularga zeb berilgan naqshlar shakli va ziynati hattotlik va kitob bezash san’ati
nihoyatda ko‘p ma’nolidir. Me’morchilik va hattotlik san’ati muqaddas so‘zning
botiniy va zuhuriy zuxti bo‘lib, ular islom mohiyatiga ko‘ra, ilohiy so‘zning yozma
shakli ko‘rinishidir.
Dostları ilə paylaş: