8-mavzu. Estetika nazariyasi
Reja:
1.
Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri.
2. “Estetika” kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati.
3. Pedagogik faoliyat estetik didni shakllantirishning muhim omili.
4. Axborot estetikasining o’ziga xos xususiyatlari.
1. Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri.
Estetika yunoncha ektezikos so‘zidan olingan bo‘lib, – sezish,
his qilish, idrok
degan ma’noni anglatadi. Bu iborani ilm-fan estetikasi sifatida birinchi marta
nemis faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1772) o‘zining «Poetik asarning
ba’zi bir masalalari to‘g‘risida» nomli asarida qo‘llagan.
Biroq bu bilan uni
estetika fanining asoschisi deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki estetika fani ancha
ilgariroq paydo bo‘lgan.
Dastlabki estetik ta’limotlar – Sharq mamlakatlarida (Misr, Bobil, Hindiston,
Xitoy, eron, Turonda) vujudga kelib,
qadimiy Yunonistonda ayniqsa, Platon,
Arastu, Suqrot, Rimda Lukretsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning asarlarida
rivojlantirilgan.
Estetika fani XVIII asrning ikkinchi yarmida mustaqil fan sifatida shakllangan.
Baumgartenning xizmati shundaki, u estetika nazariyasining
filosofiyadan ajralib
chiqish jarayonini sezdi. U go‘zallikni va uning san’atdagi turlarini tekshiradigan
falsafa fanini «Estetika» deb atadi.
Kant va Gegel bir butun falsafiy fan sifatida estetik qarashlar sistemasini
yaratishga urindi. Ular estetika faniga «estetik» degan tushunchani kiritdi. Bu
tushuncha estetika fanini konkretlashtirdi va chuqurlashtirdi. Shundan buyon
«go‘zal», «chiroyli», «oliyjanob», «fojeali», «hajviy», «satirik», «dramatik», «did»
kabi kategoriyalar estetika degan umumiy asosga ega bo‘ldi.
Estetika fani taraqqiyotida turli davrlarda turli faylasuf olimlar o‘z qarashlarini
bayon etdilar. Masalan, idealistlar san’atning estetik xossalarini «idea»lardan
qidirgan bo‘lsalar, XVIII asr ma’rifatparvarlari «Estetik
xossalar voqelikning
o‘zida mujassam» deb ta’kidladilar. XIX asrda yashagan Belinskiy «Haqiqiy,
amaliy jihatdan faol san’at - estetika predmetidir», «Estetika faqat san’atni
yaratuvchilargagina emas, balki uni idrok qiluvchilarga ham kerak», «Estetika
predmeti faqat san’atning o‘zinigina emas, balki insonning estetik tuyg‘usini ham
o‘z ichiga oladi» deydi.
Chernishevskiy o‘zining «Estetika san’atning umumiy nazariyasi» nomli asarida
«San’at asarlari va san’atkor amal qiladigan normalargina emas, balki real
turmushdagi
buyumlar, faktlar va qonunlar ham estetik muhokama predmetidir,-
deb ta’kidlaydi. Uning xizmati shundaki, u fanga «Estetika» - degan mavhum
terminga «hamma uchun qiziqarli» degan nom berdi.
Olamdagi maxluqotlar orasida aql-idrok sohibi bo‘lgan odamga, yorug‘likni,
qorong‘ulikdan, (tunni kundan), turfa xil ranglarni bir-biridan farqlay olish, kulgili
va fojiali
holatlarni mushohada etish, go‘zallik, ezgulik, ulug‘vorlik, oliyjanoblik
olamiga intilish bilan birga xunuklik, xudbinlik,
loqaydlik, johillik pastkashlik
illatlariga qarshi kurash olib borish qobiliyatini ham in’om etgan.
Inson shu qobiliyati tufayli o‘zligini anglab komillik sari intilib kelmoqda.
Insonning o‘ziga, o‘zi yashayotgan turli muhitga havodek zarur bo‘lgan go‘zallik,
nafosat dunyosini yaratishdek mashaqqatli mehnati tufayli shu qadar ulug‘vor
ahamiyatga molik bo‘lgan ma’naviy boylikni vujudga keltirdiki, ularga hayrat
bilan boqib, insonning aql farosat qudratiga tahsinlar aytamiz.
Nafosat va go‘zallik
olami shu qadar xilma-xil, rang-barang, jozibali, ehtirosli,
mo‘‘jizali, sehrliki, unda moddiy go‘zallik bilan ma’naviy go‘zallik uyg‘un holda
chiroy ochib turadi. Insonning nafosat olamini anglashga
intilishi atrof voqelikni
anglashga intilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson moddiy go‘zallik dunyosini
bunyod etishi jarayonida ma’naviy go‘zallikni ham kashf eta borgan, ya’ni nafosat
olamining yaratilishi jarayoni uni anglash, mushohada etish jarayoni bilan
uyg‘unlikda sodir bo‘lgan.