Axloqsiz xulqni mukammal qiladi, muvozanat bilan odamlar xulqining
muvozanatini saqlab turadi.
Forobiy musiqaning shifobaxsh kuchini uqtirib, «bu to‘g‘ridagi
bilim tananing
salomatligi uchun ham foydalidir» deydi. «She’r san’ati haqidagi» asarida
yozilishicha, badiiy faoliyat o‘ziga xos tarzda voqelikka taklif qilishdir.
Musavvirlik va she’riyat bir-biridan so‘z va bo‘yoq vositalarida foydalanishi bilan
farqlanadi. Unda odamlar tasavvurlariga taqlid orqali ta’sir o‘tkazish maqsad qilib
qo‘yiladi. Bu ta’sir kuch-tasavvur deyiladi va u tuyg‘u va aql-idrok oralig‘ida
turadi.
Abu Rayxon Beruniy, «Yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya» asarlarida
estetik fikrlarini bayon qilgan. Beruniy har qanday hayot qiyinchiliklariga
qaramay, insonning buyukligiga, uning aqli va ulug‘vorligiga astoydil ishonadi.
Nafosat haqidagi qarashlarida voqea-hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi va
aloqadorlik manbai hamohanglik va uyg‘unlikdir deb ta’kidlaydi. Uningcha,
nafosat go‘zallik tabiati va insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasidir.
Uning
nuqtai nazaricha, «hech nimaga muhtoj bo‘lmagan narsalarni etuk va
mukammal deyish mumkin».
Ibn Sino
, musiqa bilimiga oid to‘plam «Ash-shifo», «An-najot», «Donishnoma»,
«Musiqa san’atiga kirish», «qo‘shimchalar kitobi» kabi asarlarida estetika haqidagi
fikrini bayon etadi.. estetika bilan axloq muammolarini bir-biriga bog‘laydi,
Musiqaning estetik xususiyatlarini bayon qiladi, san’at turlarining axloqiy
tarbiyadagi ahamiyati, she’riyatning kishilarga go‘zal fazilatlar singdirish
imkoniyati to‘g‘risida yozadi.
Uningcha, «She’riyat tasavvurga ta’sir ko‘rsatuvchi nuqtdir», «Barcha bilimlarga
ega narsalar mukammallikka moyildir». «
Mukammallik»
–
insonning ichki
go‘zalligi va ezgulikka intilishidir. Donishnoma asarlarida – tovushlar, uning
baland-pastligi, nag‘malarning bir-biriga bog‘liqligi, ritmlar, kuy holati, Musiqa
asbobi, barbod tanbur, shohrud, nay kabi Musiqa asboblari haqida yozadi.
«Qo‘shimchalar»da tovushning sezgi organlariga ta’siri, uning yoqimli va
yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo
bo‘lishi, musiqaning kishi hayotiga qanchalik zarurati va uning paydo bo‘lishi
sabablari haqida yozadi. Uningcha, inson yoqimli narsalar orqali engil tortadi,
orom oladi, aksi bo‘lsa og‘ir tortadi, oromi yo‘qoladi, nafrat qo‘zg‘aladi.
Ibn Sino yoqimli va yoqimsiz ovozlarning hayot uchun qanchalik zarurligi haqida
ko‘p fikr yuritadi. Uningcha, hayvonlar o‘zlariga tanish bo‘lgan ovoz bilan bir-
biridan, ya’ni sheriklaridan xabardor bo‘ladilar. Shu ovoz bilan ular bir-birini
topadilar, natijada xavf-xatar tug‘iladi, shu holatda ovoz chiqaradilar buni
eshitganlar darhol o‘sha ovoz chiqqan joyga yig‘ilishga va dushmanga umumiy
hamla qilishga shaylanadi.
Bu holni parrandalar, it va boshqa hayvonlar hayotida
ham ko‘rish mumkin. Tovush inson va hayvonlar hayotida eng zarur narsalardan
biridir. Bordi-yu, tovush ma’lum bir ohangda berilgan bo‘lsa, kishi ruhiga
kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Insonlar qulog‘i ko‘proq nutqlardagi tovushlarni
eshitishga moslashgandir, deydi muallif.
Ibn Sino ta’kidlashicha, «Alloh insonlarga in’om etgan baxtlardan biri inson
nutqidir. Inson o‘zining ana shu nutqidagi tovush ohanglari orqali o‘z hissiyotlarini
izhor etadi». «Kishilar yalinganda boshqacha
ovoz chiqarib gapiradilar, do‘q-
po‘pisa qilganda boshqacha, shoshib gapirganda nutq boshqacha ohangda bo‘ladi».
«Inson qalbi har bir yangi va ko‘ngildagidek nag‘madan orom oladi. qanchalik shu
yoqimli nag‘ma g‘oyib bo‘lsa, qalb hayajonga tushadi. Xuddi shu oldingi
nag‘maga o‘xshash ikkinchi nag‘maning paydo bo‘lishi bilan qalbdagi hayajon
yo‘qola boshlaydi», «Insonlarning ovozlari ham biror ma’noni ifodalab, kishi
ruhiga ta’sir etishi mumkin, shundan rang-barang fe’l – atvorlar sodir bo‘ladi».
«Mana shunda
ovozning baland-pastligi, ayniqsa, musiqiy ovozning darajasi
qanday bo‘lishligi kishi ruhiga ta’sir etishda ahamiyat kasb etadi. Musiqa fani
tovushlarning bir-biriga muvofiq va nomuvofiq joylashgani haqida bahs yuritishi
mumkin».
Dostları ilə paylaş: