orqali ifoda etadi. San’atning asosiy ta’sir kuchi insonning ma’naviy dunyosiga,
uning fikr mulohazalariga, his-tuyg‘ulariga qaratilgan bo‘lsa, falsafaning ta’sir
kuchi aql-idrokka, ma’naviy talab – ehtiyojlarni qondirishga, ma’naviy
madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. San’at manzaralar, hodisalarni bir-
biriga biriktirishga intilsa, falsafa o‘sha hodisalar mohiyatini anglashga, ular
qonuniyatlarini ochishga intiladi. San’at badiiy haqiqatga,
falsafa hayotiy
haqiqatga tayanadi. Inson hayoti muammolarini hal qilishda san’at bilan falsafa
yonma-yon va hamohang amal qilib kelmoqda.
Estetika va etika fanlarining umumiyligi shundaki, estetik baholar hamisha
axloqiy
tushuncha va intilishlar bilan bog‘lanib ketadi. Go‘zallik mavj urib turgan narsa
axloqiy jihatdan ham boy bo‘ladi, axloqiy jihatdan puch narsa esa xunuk bo‘ladi.
Har bir katta san’at asari estetik formada hal etiladigan axloqiy muammolarni o‘z
ichiga oladi.
Etika bu – «zarur», «shunday bo‘lishi kerak», «shunday ish qilish kerak»ligini
o‘rganadi. estetika esa – go‘zallikni, jozibadorlikni ko‘rsatadi, kishini
hayajonlantiradi. Lev Tolstoy ta’biri bilan aytganda, «Haqiqiy talantning qo‘sh
qanoti bo‘ladi, bir qanoti – etika bo‘lsa, boshqasi - estetikadir».
Etika – yaxshilik haqidagi ta’limot, bo‘lsa estetika go‘zallik haqidagi ta’limot
bo‘lib, ular bir-birini doimo to‘ldirib turadi. Lekin shunga qaramasdan ular o‘ziga
xos tarzda quyidagicha farqlanadi:
Birinchidan, axloqiy baho berishda fakt, haqiqat, so‘z, nutqning -mazmuni muhim
bo‘lib, ifoda qilish shakliga deyarli ahamiyat berilmaydi. estetik baho mazmun va
shaklning garmonik birligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun u his-tuyg‘u
organlarining real faktlar va hodisalar, odamlar, konkret san’at asarlari bilan
bevosita munosabatida paydo bo‘ladi.
Axloqiy-ma’naviy tasavvurlar hech qanday konkret his-tuyg‘uga ega bo‘lmagan
umumiy mulohazalar, mavhumiy g‘oyalar, abstarkt
tushunchalar shaklida ham
ifoda etilishi mumkin. Holbuki, estetika doirasi ko‘rinib va eshitilib turgan
olamdan iborat.
San’at va axloq munosabatlariga 3 uslub bo‘yicha yondashiladi.
1.«Axloqiy». «Badiiy ijodni axloq - odobga bo‘ysundirish, ezgulikni san’atning
birdan-bir va eng oliy maqsadi sifati targ‘ib ettirishdir. Bunga Aflotun, Russo,
A.Tolstoy qarashlarni misol keltirish mumkin.
2.San’atni axloqdan «ozod qilish» uslubi. Axloqiylik ruhi san’at erkinligini
bug‘adi, natijada nafosatni halokat yoqasiga olib keladi. San’at ezgulikdan ham,
yovuzlikdan ham mustasno bo‘lishi kerak.
3.San’atda axloqiylik bilan «axloqsiz»likni birlashtirish uslubi. Arastu fikricha,
san’at axloqiylikning estetik maktabi bo‘lib xizmat qiladi. San’at asoslarida
badiiylik bo‘lmasa, u axloqiylikda mahrum bo‘ladi. Badiiylik hamma vaqt
axloqiylikni, axloqiylik esa yuksak darajadagi estetik didni taqozo etadi. San’at
voqelikni
aks
ettirish
jarayonida
jamiyatda
amal
qilayotgan
axloqiy
munosabatlarni,
odob qoidalarini, axloqiy g‘oya va qarashlarni, inson ichki
dunyosini, axloqiy qiyofasini ochib beradi. San’at – inson axloqiy odobining
ko‘zgusidir. Axloqiy va estetik qarashlar bog‘liqligi qadim davrlardayoq
aniqlangan bo‘lib, xalq og‘zaki ijodida «nafosat» tushunchasi ezgulik axloqiy
poklik, go‘zallik tarzida ifodalanadi. San’at yaxshi va yomon hodisalarni ibrat qilib
ko‘rsatish orqali axloqiy poklikka, rahm – shafqatga, dardkashlikka, axloqiy
kamolotga da’vat etadi.
Ikkinchidan, estetik baholashda odatda, axloqiylik yoki axloqsizlikning har qanaqa
ko‘rinishi emas, balki eng kuchli va to‘liq ko‘rinishlari ifoda qilinadi.
Uchinchidan, estetika bilan axloqni bir-birlariga shuning uchun ham tenglashtirish
mumkin emaski, axloqiy kategoriyalar va baholarni tabiat hodisalariga nisbatan
ishlatib bo‘lmaydi. Holbuki, jonli va jonsiz tabiatning hammasi – estetika uchun
tabiiy va zaruriy doiradir.
Estetika va sotsiologiya ham bir biri bilan chambarchas bog‘liq.Ijtimoiy voqea va
hodisalar hamda jarayonlarning uslubiy asosi hisoblangan umumsotsiologiya
nazariyasi estetikaning ham ilmiy–nazariy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Sotsiologiya
ijtimoiy voqea hodisalarning xususiy, alohida, nisbiy mustaqil sohalari: ya’ni
siyosat, davlatlar, millatlar, san’at turlari va ko‘rinishlarini qamrab olgan holda
estetika va badiiy ijod jarayonlarining ayrim jabhalari bilan uzviy bog‘liqlikda
namoyon bo‘ladi. Aniq sotsiologik tadqiqotlar orqali olinadigan dastlabki ijtimoiy
axborotlar (ma’lumot, bilimlar) estetik va badiiy faoliyat jarayonlarini ham qamrab
oladi.
Estetika umumsotsiologik nazariyaga tayangan holda o‘zining g‘oyaviy
mafkuraviy,
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlari va maqsadlarini
shakllantiradi. Sotsiologiya san’at bilan jamiyat o‘rtasidagi turli tuman aloqalarni
tadqiq etadi.
Estetika va sotsiologiya o‘rtasidagi farqlar shundaki, birinchidan, estetika nafaqat
go‘zallik va san’at bilan, balki voqelikni estetik o‘zlashtirishning barcha
shakllariga taalluqli bo‘lgan sotsiologik masalalar echimi bilan ham shug‘ullanadi.
Ikkinchidan, estetik mo‘ljal hamisha san’at xususiyatlarini ochishga qaratilgan
bo‘ladi. San’at sotsiologiyasining asosiy vazifasi esa umumsotsiologik
qonunlarning san’at sohasida amal qilishidir. Masalan, san’at sotsiologiyasining
tushunchasi «Jamiyatning badiiy hayoti» tushunchasi sof estetikadan ko‘ra ko‘proq
sotsiologiyaga taalluqlidir.
Estetika va ruhiyatshunoslik. Voqelikka estetik munosabatning barcha tomonlari
estetik did, estetik his-tuyg‘u,
badiiy ijod, estetik idrok qilish jarayonlarining
hammasi ruhiyat mezoni bilan o‘lchanadi. Chunki estetika u yoki bu darajada
insonning ruhiy, his-tuyg‘u holatini ifodalaydi.
Ruhiyatshunoslik estetik munosabatlarning barcha tomonlarini jumladan, badiiy
ijod va idrok jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq etadi. Ayni paytda
estetika fani inson ruhiy hayotining eng murakkab va nozik tomonlarinni, qamrab
oladi. estetikaning tarkibiy qismlarini psixologiya fani erishgan yutuq va
xulosalaridan keng foydalanmasdan turib tasavvur etib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: