da ularga qo‘shimcha moddiy ne’matlar - kvartira haqi va kommu
nal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi, yakka tartibda uy-joy qurib
olish uchun yer uchastkalari birinchi navbatda ajratiladigan bo‘ldi.
Masalan, o‘qituvchilaming davlat va tashkilotlar tomonidan be-
rilgan uylari bepul xususiylashtirildi. 35 ming 841
kishiga shaxsiy
qurilish uchun yer uchastkasi berildi.
Yana shuni aytish o ‘rinliki, Mustaqillik yillarida o ‘quvchi
yoshlami ijtimoiy himoyalashga, ularga ishlab chiqarishdan ajral-
gan holda o‘qib, bilim olish uchun zarur
sharoit yaratishga ham
doimo e’tibor berildi. Oliy o ‘quv yurtlari talabalarining, texnikumlar
va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining, aspirantlaming sti-
pendiyalari shu yillar mobaynida bir necha marta oshirildi. Bundan
tashqari yoshlami ijtimoiy himoyalashning boshqa shakllari -
ovqat
narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab osh-
xonalari va tamaddi xonalari qo‘shimcha xarajatlarining bir qismini
budjet mablag‘lari hisobidan qoplash, jamoat transportida arzón haq
to‘lash va boshqa yengilliklar joriy etildi. Milliy an’analami nazarda
tutib, birinchi bor nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel
va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi belgilandi.
Biroq, ayrim joylarda haqiqiy ijtimoiy himoyaga muhtoj oi-
lalar
chetda qolib, muhtoj bo‘lmagan oilalar ham moddiy yordam
ola boshladi. Shunday sharoitda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish-
da, yangicha yo‘l tutish zarur bo‘lib qoldi.
Shu munosabat bilan
ommaviy-ijtimoiy himoyalash tartibidan ishonchli ijtimoiy kafolat-
lar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quwatlash tizimiga o‘tish maqsadga
muvofiq, deb topildi. Bunday yangi tartib
aw alo adolat tamoyiliga
rioya qilishni talab qilardi. Bu qoidaning mohiyati shundan iborat-
ki, davlat tomonidan qo‘llab-quwatlanishiga haqiqatan ham muhtoj
b o ig an kishilami aniqlash, ularga yordam uyushtirish lozim edi.
Buni aniqlash albatta adolat bilan ish tutishni taqozo qiladi. Bu hora
da hokimlar, mahalla qo‘mitalarining mas’uliyati oshirildi. Ular aho-
lining moddiy yordamga muhtoj qismini aniqlashda bunday yordam-
ni uyushtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlarini joriy
etishga haqli
bo‘ldilar. Chunki vazifa g‘oyat murakkab va mas’uliyatli edi.
Dostları ilə paylaş: