Vatanimiz mustaqilligiga qadar ofitserlar safida mahalliy kadr-
lar juda ozchilikni tashkil etardi. Unutib bo‘lmaydigan bir jihat bor:
posbon har qancha professional bo‘lmasin, o‘zga yurtni o ‘z Vatani-
dek sevib qo‘riqlamaydi. Bu professional ofitserlar safini mahalliy
milliy kadrlar hisobiga to‘ldirish dolzarb masala ekanini anglatadi.
Harbiy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar o‘z samarasi-
ni berdi. Harbiy bilim yurtlari, ulardagi fakultet va kafedralar soni
oshdi. Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etildi. Bu maskanlami
bitirgan ofitserlarimiz yurtimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga
qodir.
Vatan o ‘z xaloskorlari qadrini hamisha baland qo‘yadi. Vazir-
lar Mahkamasining 1994-yil 3-oktabrdagi qaroriga ko‘ra, muddatli
harbiy xizmatchilaming bir oylik xizmati ikki oylik mehnat staji-
ga tenglashtirilgan. Qurolli Kuchlarimizning ichki xizmat nizomida
«davlat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy va huquqiy muhofazasini
kafolatlaydi, ularga yetarli va munosib turmush darajasini yaratish,
xizmat va maishiy sharoitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlami
amalga oshiradi» deya ta’kidlagan.
Hukumatimiz muddatli harbiy xizmatchilaming oila a ’zolari
uchun ham qator qulayliklar yaratdi. Masalan, farzandi muddatli
harbiy xizmatni o‘tayotgan xonadon sohibi yer solig‘idan ozod etila-
di. Mamlakatimiz aholisining aksariyati qishloq joylarida istiqomat
qilishini, asoSiy daromadlari shaxsiy tomorqadan ekanini nazarda
tutsak, bu - askar o ‘g‘il tarbiyalagan oilalar uchun juda katta imko-
niyat.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-mayda qabul qilingan qa
roriga ko‘ra, harbiy xizmatchilaming oylik maoshlari ikki barobar-
ga, xizmatdan zaxiraga bo‘shatilganda beriladigan nafaqa miqdori
esa eng kam ish haqining sakkiz baravariga oshirilgan.
Shu o ‘rinda davlatimiz rahbarining 2005-yil 3 1-oktabrdagi qaro-
ri ahamiyatini alohida ta’kidlamoq joiz. Unga ko‘ra harbiy qism tav-
siyanomasiga ega b o igan yigitlarimizga mamlakatimiz oliy o ‘quv
yurtlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lsalar, test sinovlarida to‘plagan
ballarining 25 foizi miqdorida ball qo‘shib beriladi.
Harbiy xizmatdan so‘ng kontrakt asosida o ‘qishga qabul qilin
gan talabalar agar o‘qish davrida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy haraka-
tining boshlang‘ich tashkilotlari faol a’zosi sifatida o‘zlarini namo-
yon etishsa, ularga kontrakt to‘lovining 35 foizi miqdorida moddiy
yordam ko‘rsatiladi.
Prezident I. Karimov aytganlaridek:
Dostları ilə paylaş: