turi boshqa pul o ‘tkazish tizimlaridan o‘zining arzonligi, ishonchlili-
gi va samaradorligi bilan ajralib turadi.
Ta’bir joiz bo‘lsa, 0 ‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida bankla-
raro aloqalaming mustahkamlanishi ikki mamlakat banklariga bi-
timlami amalga oshirish jarayonini jadallashtirish, taklif etilayotgan
xizmatlar turini ko‘paytirish imkonini beradi. Buning natijasida tash-
qi savdo operatsiyalari ko‘paydi.
Keyingi uch yil mobaynida Rossiya Federatsiyasi rezidentla-
ri bilan, ayniqsa, savdoni moliyalash yo‘nalishlari bo‘yicha amalga
oshirilayotgan operatsiyalar hajmi ancha ko‘paydi. Banklar qish-
loq xo‘jaligi texnikasi, sanoat va tog‘-kon uskunalari, paxta tolasi
va to‘qimachilik mahsulotlari, aviatsiya uchun ehtiyot qismlari va
xizmatlar, kabel va misdan tayyorlangan buyumlar hamda boshqa
mahsulotlami yetkazib berilishini moliyalashda ishtirok etishmoq-
da. Shuni ham ta’kidlash zarurki, bu yo‘nalishda Rossiya Federat
siyasi Jamg‘arma bank, «Внешторгбанк», «Внешэкономбанк» va
«Промсвязбанк» kabi banklar Milliy bankning Rossiyadagi asosiy
sheriklari sanaladi.
Ayni paytda neft-gaz, metallurgiya va to‘qimachilik tarmoqlari
singari Statistik yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bilan birga, hozirgi
vaqtda iqtisodiyotning xususiy sho‘basida ham hamkorlik faol rivoj-
lanmoqda. Fto‘l meva va sabzavotni qayta ishlovchi, akkumulator
batareyalari, xalq iste’moli mollari va boshqa mahsulotlami ishlab
chiqaruvchi qo‘shma korxonalaming tashkil etilishi buning yaqqol
misolidir.
2007-yilda, shuningdek, xorijiy banklar va xalqaro moliya mu-
assasalari bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan bank
siyosati amalga oshirildi. Xususan, Xitoy, Janubiy Koreya banklari
va Osiyo hamda Tinch Okeani mintaqasidagi boshqa mamlakatlar
banklari bilan munosabatlami yanada integratsiyalash ishlari davom
ettirildi.
Dostları ilə paylaş: