Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Birinchidan, 
xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki m a’lum 
mafkura manfaati uchun xizmat qilmasligi lozim. Chunki xususiy­
lashtirish eng aw alo, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan 
islohotlar mantig‘iga mos bo‘lmog‘i kerak edi. 0 ‘zbekistonda dav­
lat «bosh islohotchi» vazifasini amalga oshirar ekan, uning xusu- 
siylashtirishni o ‘zi boshqarib borishi ko‘zda tutildi. Shuning uchun 
0 ‘zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g ‘oyasidan voz 
kechildi. Bu boradagi muhim xulosa shundan iborat bo‘ldiki, davlat 
mol-mulki faqat yangi mulkdorga sotish yo‘li bilangina mulkchilik- 
ning boshqa shakliga aylantirila boshlandi.
Ikkinchi 
tamoyil shundan iborat boidiki, xususiylashtirishga 
dasturiy yondashuvni ta’minlash va uni bosqichma-bosqich amalga 
oshirish lozim edi.
Shuning uchun 1991-yil 18-noyabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chi- 
qarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga 
ko‘ra mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika 
hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va 
tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat’iy 
belgilab qo‘yildi.
Albatta,' bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor 
yo‘nalishlami belgilash imkonini beradi.
418


Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy 
uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonala- 
i ini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas 
«kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. Fikrimiz isboti 
uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-1993-yillarda 28 
ining 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo‘ldi. 
Bu jarayon vaqt o‘tgani sayin ko‘paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995- 
yilda 8584 ta, 1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs 
xususiy obyektlar egasi bo‘ldi.
Yuqorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir mil­
lion kvartira xususiylashtirildi yoki 0 ‘zbekiston shaharlaridagi har 
bir oilada o‘rtacha 4,7 kishi bo‘lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi 
birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi.
1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlami chu- 
qurlashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida»gi va 1994-yil 16-martda 
qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy­
lashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari 
to‘g‘risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana 
ham yangi pog‘onaga ko‘tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imko- 
nini berdi.
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalar- 
ni ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayon- 
ga aholini va chet ellik investorlami kengroq jalb qilish jarayonini 
avj oldirish vazifasi qo‘yildi.
Qimmatli qog'ozlar va ko‘chmas mulk bozorini tashkil etish 
uchun asos yaratildi. Davlat mulkini sotish bo‘yicha kimoshdi sav- 
dolari va tanlovlari o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam 
olib borila boshlandi. Hozirgacha mulkni davlat tasarrufidan chi­
qarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul 
qilindi.
Aniqrog‘i, bu dasturlarga muvofiq xalq xo‘jaligidagi barcha 
soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, 
bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Masalan, O ‘zbekiston Res- 
publikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 29-martda tasdiqlagan Dav­
lat Dasturiga muvofiq o‘sha yilning o‘zida 5 ming 127 obyekt xusu­
siylashtirildi. Bundan tashqari qo‘shimcha tarzda dasturga kirmagan 
4 ming 617 obyekt ham haqiqiy egasini topdi. Xususiy tadbirkorlar 
57 ta konserva sexini, 120 ta g‘isht zavodini, 92 ta to'qlîvchilik sexi- 
ni sotib olishdi. Qishloq xo‘jaligida esa butun bog‘laming yarmidan 
ortig‘i, uzumzorlaming 40 foizi xususiy foydalanish uchun berildi.
419


Dehqon xo‘jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 
ming dehqon xo‘jaligi paydo bo‘ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 
14, 2 mingtaga yetdi.
1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri 
bo‘ldi. Endi yirik korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila bosh- 
landi. 0 ‘sha yili mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 
81 ta yoqilg’i-energetika, 55 ta qurilish industriyasiga qarashli, 114 ta 
taransport, 68 ta uy-joy-kommunal xo'jaligi, 229 ta qayta ishlash kor- 
xonasi va 291 ta qurilish bilan bog‘liq obyektlar xususiylashtirildi.
Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq tur- 
dagi hissadorlik jamiyatlari, 6000 ta xususiy va oilaviy korxona­
lar vujudga keldi. Xususiylashtirish borasida 0 ‘zbekistonda amalga 
oshirilgan ishlaming yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy 
kafolat choralari ko‘rildi.
Bular nimalardan iborat? Aholining ijtimoiy himoyasi aw alo 
shunda ko‘rinadiki, xususiylashtirish chog‘ida bir butun imtiyozli ti- 
zim yaratildi. Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona xodimlariga 
imtiyozli aksiyalar berildi. Shuningdek, davlat xo‘jaliklarining mol- 
mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlarda xususiy- 
lashtirila boshlandi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25- 
iyul kuni bo‘lib o ‘tgan yig‘ilishida xususiylashtirish jarayonlarini 
yanada takomillashtirishga e ’tibor berilar ekan «Xususiylashtirish 
jarayoni chuqurlashdi va kengaydi. U sifat jihatidan yangicha aha- 
miyat kasb etganini ham qayd etish lozim», - deb ta’kidlandi. Dar- 
haqiqat, mustaqillikning dastlabki yillarida asosiy e’tibor masala- 
ning miqdor ko‘rsatkichlariga, ya’ni qancha korxona mulk shaklini 
o‘zgartirganiga qaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda xususiylashtirish- 
ning sifat ko‘rsatkichlari asosiy mezon b o iib qoldi.
Mustaqillikning o‘tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 
mingtadan 19 ming 300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o‘zida ki- 
chik va xususiy korxonalar soni 19 ming 100 taga ko‘paydi. 1997- 
yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi.
1997-yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiylashti­
rildi. Agar 1993-yilda jami korxonalaming 39,4 foizdan ortig‘i dav- 
latga tegishli bo‘lmagan korxona bo‘lsa, 1994-yilda bu ko‘rsatkich 
57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi.
Agar 1993-yilda xalq xo‘jaligida band boigan aholining 48 foi- 
zi nodavlat sektorida ishlagan bo‘lsa, ayni paytda ulaming 70 foizi 
mazkur sektorda faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat mah-
420


suloti hajmining yarmidan ko‘pi, qishloq xo‘jalik mahsulotining 97 
foizi, chakana tovar oborotining 94 foizi, pudrat ishlarining 61 foizi 
nodavlat sektori hissasiga to‘g ‘ri keladi.
2007-yilga kelib respublikada nodavlat mulkning har xil shaklla- 
rini rivojlantirish uchun barcha zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratil- 
di. Bu xususda anchagina ishlar ham qilindi. Ayni paytda yetishtiri- 
layotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining 98 foizdan ortig‘i, chakana 
tovar aylanishining 96 foizi, sanoat mahsulotining 60 foizdan ortig'i 
nodavlat sektoriga to‘g ‘ri keladi. Mehnatga layoqatli barcha aholi- 
ning 71 foizdan ortig‘i nodavlat sektorida band. Aholining aksariyat 
qismi turarjoy sohibi hisoblanadi, ulaming ko‘plari korxonalar aksi- 
yalarini sotib olib, ular mulkiga egalik qilmoqda.
Kichik va xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Ro‘yxatdan 
o‘tgan kichik va xususiy korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib 
160,1 ming birlikka yetdi, bu esa respublika hududidagi yuridik 
shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 260 mingdan 
ortiq respublika fuqarosi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati hi­
lan shug‘ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni - 1,4 ba- 
robar, fermer xo‘jaliklari soni - uchdan bir hisobida ko‘paydi. Bu 
borada izchil siyosat olib borilishi tufayli 2007-yilning 1-yanvar 
holatiga ko‘ra, respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biz­
nes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni qariyb 350 mingtaga 
yetdi. Bugungi kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi 
ulushi 42,1 foizni tashkil etmoqda. 2006-yilning o ‘zida ushbu so­
hada qo‘shimcha ravishda 290 mingta yangi ish o ‘mi yaratildiki, bu 
ko‘rsatkich mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foiz­
dan ortig‘ini tashkil etadi.
Xususiy sektor, kichik biznes iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish- 
ning faol harakatlantiruvchi kuchiga aylanganicha yo‘q. Shuning 
uchun yaqin yillar ichida mulkchilik munosabatlarini yanada chu- 
qurlashtirish, mulkdor huquqlarini amalga oshirish va himoyalash 
uchun yanada kuchliroq kafolatlami yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli 
dastumi amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Bir so‘z bilan aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
bugungi kunda aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy da- 
romad manbayi bo‘lgan muhim bo‘g‘inga aylanmoqda.
Ayni paytda u iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng mu­
him omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorliginfhg kafolati, 
mamlakatimizni taraqqiyot yo‘lidan olg‘a yetaklaydigan faol hara­
katlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda.
421


So‘nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ri- 
vojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish yo‘lida ko‘p ish qi- 
lindi.
Jumladan, davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi keskin chek- 
landi, kichik biznes subyektlarini ro‘yxatga olish jarayoni sezilarli 
darajada soddalashtirildi va ulaming oshkoraligi ta’minlandi, soliq 
stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi, mahsulotlami stan- 
dartlash va sertifikatsiyalash tizimi takomillashtirildi, biija savdo- 
larini rivojlantirish orqali tadbirkorlaming moddiy-texnik resursla- 
ridan erkin foydalanishi bilan bog‘liq ko‘p masalalar hal qilindi
mikrokreditlash va mikrolizmning yo‘li bilan tadbirkorlarga kredit 
berishning yangi shakllari joriy etildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bulaming barchasi o ‘zining ijobiy na- 
tijasini berdi. Faqat 2006-yilning o‘zida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sohasida qo‘shimcha ravishda 290 ming yangi ish o ‘mi 
yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 
foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Ayniqsa, 2006-yilda yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsi- 
yalashish negizida kasanachilik faol rivojlanib, buning natijasida 60 
mingdan ziyod ish о ‘mi tashkil etildi.
Il
10
8

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin