Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

I. K A R IM O V
4 1 3


0 ‘ZBEKJSTON IQTISODIYOTI Y E Т АКС HI TARMOQLARID AGI
0 ‘SISH SUR’ATLARI
50
45
40
35-
30
15
10
15
10
5
0
45.1
Т Т Г
A h o li b a n d lig i ham da turm ush
darajasini osh irish n in g m uhim
om ili sifatida xizm a t k o ‘rsatish
soh asin i rivojlantirishga katta
e ’tibor qaratilm oqda.
N atijada xizm a t k o'rsatish so -
h asining Y IM d a g i u lush i 2 0 0 2 -
y ild a g i 3 7 ,9 foizd an 2 0 0 8 -y ild a
4 5 ,3 fo izg a yetd i.
2002 
2004
2005 
2008
rini bartaraf etish, mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta’minlash 
va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda aniq maqsadlami ko'zlagan reja- 
lami amalga oshirishga doir dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturda 
quyidagi yo‘nalishlarda aniq, qat’iy va yuksak mas’uliyat bilan fao- 
liyat yuritish belgilangan:
- mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012-yillarda ja- 
hon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish 
bo‘yicha inqirozga qarshi dastumi amalga oshirish, shu asosda iqti­
sodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyot- 
ning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash;
- tarkibiy o ‘zgartirishlami davom ettirish va iqtisodiyotni di- 
versifikatsiyalash, buni birinchi navbatda xalqaro sifat standartlariga 
javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan 
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtiso- 
diyotning eng muhim tarmoqlarini moderinizatsiya qilish, texnik va 
texnologik jihatdan qayta jihozlash yo‘li bilan amalga oshirish;
- qishloq turmush darajasi sifati va qiyofasini tubdan yangi- 
lashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish inffatuzilmasini 
jadal rivojlantirishga, mulkdoming, tadbirkorlik va kichik biznesning 
maqomi, o‘mi va ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga, fer­
mer xo‘jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quwatlashga 
yo‘naltirilgän uzoq muddatli, o ‘zaro chuqur bog‘langan chora- 
tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish;
414


- aholi bandligini ta’minlash, uning turmush darajasini oshi- 
rishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va 
kichik biznesni jadal rivojlantirish;
- mamlakatni modemizatsiya qilish va aholi bandligini oshi- 
rishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infra- 
tuzilmani yanada rivojlantirish;
- banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yuri- 
tuvchi subyektlaming bo‘sh mablagTarini tijorat banklarida depozit- 
larga jalb qilishni rag‘batlantirish.
* * *
« 0 ‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 2010-yil 3-may kuni 
Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 43-yillik majtisi- 
ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Majlisda 0 ‘zbekiston Respubli- 
kasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Xaruxiko Kuroda o‘z chiqishi- 
da Prezident Islom Karimov va 0 ‘zbekiston xalqiga OTBning maz- 
kur forumi - bank Boshqaruvchilar kengashining Markaziy Osiyoda 
ilk bor o‘tkazilayotgan majlisini tashkil etishda ko‘rsatgan katta yor- 
dami uchun minnatdorlik izhor etdi. OTBning asosiy vazifasi Osiyo 
va Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlarga iqtisodiy hamda ijti- 
moiy rivojlanishda ko‘maklashish iqtisodiy o'sishni jadallashtirish, 
aholi turmu$h darajasini oshirish, inson resurslarini rivojlantirish, 
ekologik muammolar, jumladan, iqlim o‘zgarishi bilan bogTiq ma- 
salalami hal etishda yordam berishdan iboratdir.
1966-yilda tashkil etilgan Osiyo taraqqiyot banki bugungi kunda 
katta moliyaviy va texnik imkoniyatlarga ega. 67 davlat, jumladan, 
Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 48, Yevropannig sanoati rivoj- 
langan qator mamlakatlari, shuningdek, Kanada va AQSH mazkur 
hardening a’zolari hisoblanadi. Bank rivojlanish va mintaqaviy ham- 
korlikka oid loyihalami moliyalashtirish hamda ushbu sohalarda tex­
nik ko‘mak berish bilan birga, aholining milliy salohiyati va turmush 
sifatini oshirishga yo‘naltirilgan, puxta o ‘ylangan ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatni amalga oshirayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatishga 
alohida e’tibor qaratmoqda. Bunga OTBning 0 ‘zbekiston bilan uzoq 
muddatli va samarali hamkorligi vorqin misol boTa oladi. Mamlaka- 
timiz 1995-yildan buyon ushbu yirik xalqaro moliya tashkilotining 
teng huquqli a ’zosidir.
Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan meshhur besh 
tamoyilga asoslangan, jahonda rivojlanishning «o‘zbek modeli» deb 
keng e’tirof etilgan islohotlami îzchil va bosqichma-bosqich amal-
4 1 5


ga oshirish samarasida 0 ‘zbekistonda makroiqtisodiy muvozanat va 
barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlanmoqda. Shu bois ushbu nufuz- 
li xalqaro moliya tashkiloti o ‘zining muhim forumini aynan Tosh- 
kentda o‘ykazishga qaror qildi. Chunki mamlakatimizning Prezident 
Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi 
choralar dasturini amalga oshirish borasidagi tajribasi jahonda keng 
o‘rganilmoqda. Darhaqiqat, 2009-yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 
8,1 foizni tashkil etgani 0 ‘zbekistonda o‘z vaqtida qabul qilingan 
inqirozga qarshi kompleks choralar samaradorligining amaliy natija- 
sidir.
0 ‘tgan yilda milliy iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsi- 
yalar umumiy hajmi qariyb 26 foizga, jumladan, xorijiy investi- 
tsiyalar 68 foizga ko‘paydi. Bu esa o‘z navbatida xorijlik ishbilar- 
mon doiralaming mamlakatimizga, bu yerda yaratilgan qulay in- 
vestitsiya muxitiga ishonchi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bi­
lan birga, 2010-yilning birinchi choragida to‘g ‘ridan to‘g ‘ri xorijiy 
investitsiyalar o ‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,6 baravar 
ko‘p o'zlashtirildi. 0 ‘zbekiston moliya siyosatining o‘ziga xos ji- 
hati shundaki, xorijiy kreditlar, jumladan, OTBning kredit liniyalari 
bo‘yicha mablag‘lar uzoq muddatli asosda iqtisodiyot tannoqlarini 
modemizatsiya qilish, tehnik va tehnologik qayta jihozlash dasturi- 
ga kiritilgan strategik investitsiya loyihalarini moliyalash, shuning- 
dek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoTlab- 
quvvatlash yo‘lida jalb etilmoqda.
OTB mamlakatimiz bilan kredit hamkorligi bo‘yicha xalqaro 
moliya institutlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Ushbu hamkor- 
lik ko‘plab yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan, trans­
port infratuzilmasini takomillashtirish, energetika, qishloq xo‘jaligi, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, suv resurslarini boshqarish, 
sogTiqni saqlash, ta Tim va boshqa sohalarda strategik ahamiyatga 
ega qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotir.
0 ‘zbekiston va OTB avtomobil hamda temiryoTlar tarmog‘ini 
kengaytirish, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi transport yoTagi- 
ning bir qismi boTgan 0 ‘zbekiston milliy avtomagistralini rivojlan- 
tirish uchun faol hamkorlik qilmoqda.
Qiymati 300 million dollarlik «Suv ta’minoti va kanalizatsiya 
sohasida multitranshli moliyalash dasturi» 2009-yildan amalga oshi- 
rilayotgan yirik loyihalardan biridir. Ilgari qabul qilingan ana shun- 
day loyihani hayotga tatbiq etish doirasida Qashqadaryo va Navoiy 
viloyatlarining 170 ta aholi punktida quvurlar oTkazilmoqda hamda 
mavjud uskunalar holati yaxshilanmoqda.
4 1 6


0 ‘zbekistonning OTB tomonidan ajratilgan mablagTarini qay- 
tarish bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarayotgani jahon mo- 
liya bozorlarida mamlakatimizga boTgan ishonchni yanada oshir- 
moqda. Ta’kidlash joizki, global inqiroz sharoitida ko‘plab sarmoya- 
dorlar nafaqat ayrim banklar, balki qator mamlakatlaming toTovga 
layoqatsizligiga duch keldi. Shu munosabat bilan 0 ‘zbekistonning 
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida eng barqaror hisoblangan bank- 
moliya tizimi yuqori darajada ishonchliliga alohida ahamiyat kasb 
etadi. Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida ushbu tizimni 
mustahkamlash maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlar keyingi 
ikki yilda respublikamiz tijorat banklari jami kapitalini 2 baravarga 
ko‘paytirish imkonini berdi.
Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining majlisi 
doirasida poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 2010-yil,
1-may kuni 0 ‘zbekiston Respublikasi bilan OTB va Yaponiya xalq­
aro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida kredit bitimlari imzolandi.
Umumiy qiymati 1 milliard AQSH dollaridan ortiq 7 hujjat 
mamlakatimizning muhim soha va tarmoqlaridagi bir necha loyiha- 
ni, xususan, Farg‘ona vodiysining qator shaharlarida suv ta’minoti 
tizimini rekonstruktsiya qilish, mintaqaviy avtomobil yoTlarini ri- 
vojlantirish, kichik biznesni qoTlab-quwatlash va mikrokreditlash, 
tijorat banklarining tijoriy moliyalashtirish dasturida ishtirok etish, 
Tallimaijoi* IESida ikkita bug‘-gaz qurilmasini barpo etishga oid 
loyihalami moliyalashtirishga qaratilgan.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin