Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

0 ‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti 
I. KARIMOV
Toshkent shahri,
1992-yil 7-mart.
498


Musulmon hayotidagi qutlug1 sanalar - Qurbon va Ramazon 
hayitlari kunlarini bundan buyon doimiy ravishda bayram qilish va 
ulami dam olish kunlari, deb e’lon qilinishi ham aynan xalqimiz 
ko‘nglidagi ish bo‘ldi.
1992-yil 27-martda 0 ‘zbekiston Prezidentining «Ro‘za hayitini 
dam olish kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida» quyidagi Farmoni e ’lon 
qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
F A R M O N I
Ro‘za hayitini dam olish kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida
Mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasi musulmonlarining istak va 
xohishlarini inobatga olib hamda fuqarolar o‘rtasida mehr-oqibatni 
barqarorlashtirish maqsadida diniy bayram - Ro‘za hayitining bi- 
rinchi kuni dam olish kuni, deb tayinlansin.
0 ‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti 
I. KARIMOV
Toshkent shahri,
1992-yil 27-mart.
*
Bu 0 ‘zbekiston xalqi o‘zining yangi yetakchisi amalga oshira- 
yotgan xalqparvar siyosatni qo‘llab-quwatlay boshladi. Bu borada 
islom olamining zabardast allomalari - vatandoshlarimiz imom Abu 
Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 
yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandning 
675 yilligi va Xoja Ahrori Valiyning 600 yilligi, Imom al-Buxoriy 
tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligi, keng 
koMamda nishonlanishi yurtimizda iymon, din-u diyonat qaytadan 
yuksalayotganiga yorqin dalil boidi. Bu aziz va mukarram zotlar- 
ning bebaho asarlari qayta chop etildi, nomlari abadiylashtirildi.
Jamiyat a ’zolarining vijdon erkinligini ta’minlash, ulaming o‘z 
diniy marosim va urf-odatlarini ado etishlari uchun barcha zarur 
shart-sharoitlar vujudga keltirildi. Yangidan-yangi masjid va madra- 
salar qurish, eskilarini tiklash - ta’mirlash bo‘yicha amaliy tadbirlar 
amalga oshirildi.
Ayni chog’da bu borada bir holatni alohida ta’kidl!!sh joizdir. 
M a’lumki, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha fuqa­
rolar uchun vijdon erkinligini kafolatlaydi. Har kim xohlagan din-
4 99


ga e ’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga 
ega. Ayni chog’da 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida diniy 
qarashlarai majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi, deb yozilgan. 
Biroq, keyingi yillarda bu talablar hamma joyda ham birday bajaril- 
magan hollar yuz berdi. Qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar, oila 
a’zolari atrofdagilarga va o‘z yaqinlariga tazyiq ko‘rsatib, masjidga 
borishga, diniy rasm-rusumlami bajarishga majbur qilayotgan misol- 
lar uchray boshladi.
Bunday harakatlaming tashabbuskorlari «vahhobiychilik», deb 
atalmish diniy oqim vakillari edi. Bunday oqimga mansub kishi- 
lar ko‘pincha o ‘zlarining qonunga xilof xatti-harakatlari bilan ja- 
miyatdagi ishlaming ahvoliga ta’sir ko‘rsatishga intildilar. 0 ‘z mo- 
hiyatiga ko‘ra «vahhobiychilik» islom aqidaparastligining oshkora 
ifodasi bo ‘ lib, unda diniy fanatizm va ekstremizmning barcha unsur- 
lari mavjuddir. Bunday unsurlar esa turli diniy e’tiqoddagi fuqarolar 
o ‘rtasidagi va umuman jamiyatdagi munosabatlami keskinlashtirish- 
ga qaratilgandir.
Mamlakatimizda «vahhobiychilar» o ‘z g ‘arazli maqsadlarini 
ko‘zlab hokimiyatning qonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan organlari 
va mansabdor shaxslarga zug‘um o‘tkazgan, sal boim asa davlatga 
qarshi yashirin faoliyatni tashkil etishga uringan hollar ham m a’lum 
bo‘lib qoldi. Albatta, ular o ‘z jinoiy xatti-harakatlari uchun qonun 
oldida javob berdilar.
Shu munosabat bilan jamiyatimizda har bir kishining vijdon 
erkinligini va dinga e ’tiqod qilish huquqini ta’minlash, dinga muno- 
sabatidan qat’i nazar har bir fuqaroning tengligini ta’minlash ishida 
hanuzgacha ba’zi bir kamchiliklar mavjudligini hisobga oigan holda 
0 ‘zbekiston Oliy Majlisi XI sessiyada (1998, aprel) «Vijdon erkinli- 
gi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunni yangi tahrirda qabul 
qildi.
Mustaqillik sharofati bilan «Islom nuri» haftanomasi dunyoga 
keldi, ko’plab diniy-axloqiy adabiyotlar chop etila boshlandi. Jumla- 
dan, imom Buxoriyning to‘rt jilddan iborat, imom Termiziyning bir 
jildli hadis kitoblari, boshqa allomalaming qator asarlari yuz ming- 
lab nusxalarda chop etildi. Qur’oni Karim sakkiz marta, jami bir 
million nusxada nashr etildi. Bu muqaddas kitob yurtimizda ilk bor 
Alouddin Mansur tomonidan o ‘zbek tiliga tarjima qilindi va uch 
marta, jami 300 ming nusxada bosmadan chiqarildi. Bundan tash- 
qari, hadis va shar’iy ilmlarga doir ko‘pgina asarlar ona tilimizga 
o‘girildi va ming-minglab nusxalarda chop etildi.
2004-yili esa Toshkent Islom Universitetida Qur’oni Karimning
5 0 0


shayx Abdulaziz Mansur tarjimasida izohli va maxabatli nashri tay- 
yorlandi hamda chop etildi.
Ayni paytda mamlakatimizning har bir viloyatida kamida bitta- 
dan diniy Madrasa, Toshkent shahrida esa Toshkent Islom Univer- 
siteti, Xalqaro Islom tadqiqotlar markazi, Imom Buxoriy nomidagi 
Islom m a’hadi, Eshon Boboxon nomidagi ayollar madrasasi, Abul- 
qosim va Ko‘kaldosh madrasalari ishlab turibdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19- 
may dagi qarori bilan Toshkent shahrida islom taTimoti va falsafa- 
sini, o ‘zbek xalqining diniy, tarixiy va madaniy merosini chuqur 
o ‘rganish maqsadida Xalqaro islom tadqiqot markazi tashkil etildi. 
Mazkur markazning asosiy vazifasi diyorimiz musulmonlariga mil- 
liy qadriyatlarimizni va haqiqiy islom ta’limotini yetkazish, mavjud 
islomiy osori-atiqalar tarixini o ‘rganish, nodir qoTyozma asarlami 
tadqiq etish, ular bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, darslik va 
qoTlanmalar, lug‘atlar tayyorlash va nashr qilishdan iboratdir. Mam- 
lakat televideniyesi orqali berilayotgan «Ma’rifatnoma» ko‘rsatuvi 
xalqning ma’naviyatini yuksaltirishda, diniy ma’rifatini o‘stirishda 
katta ahamiyat kasb etib bormoqda.
0 ‘zbekiston musulmonlari erkinlik va imkoniyatlarga ega 
boTmoqdalar. Ular bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas 
Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatiga erishdilar. 1991—
2007-yillarde 50 mingdan ziyod hamyurtlarimiz ana shu muqaddas 
qadamjolami tavof qilib qaytish sharafiga muyassar boTdilar. Bir- 
gina 2006-yilning o‘zida 5 mingga yaqin musulmonlar Makkai mu- 
naw ara va Madinai mukarramaga safar qildilar.
Prezident Islom Karimov 1992-yili Saudiya Arabistoni podshohi 
Fahd ibn Abdul Aziz as-Saud taklifiga binoan ushbu mamlakatda 
boTdi. Podshoh oliy martabali mehmonni katta obro1 va izzat-ikrom 
bilan kutib oldi hamda kisvo - muborak Ka’ba uzra yopilgan yopin- 
chiqni hadya etdi. Albatta, bu qutlug1 hadya diyorimiz musulmonla- 
rining islom taraqqiyotiga qo‘shgan olamshumul hissalari, ayni vaqt- 
da Prezidentimizning yurtimizda islomiy arkonlami tiklash borasida 
amalga oshirayotgan ulkan xizmatlari uchun o‘ziga xos bir ehtirom 
ramzi edi. Bunday tabarruk sovg‘a qabul qilingan qoidaga ko‘ra 
juda kamdan kam odamlarga - eng mo‘tabar shaxslarga nasib etadi. 
0 ‘z navbatida davlatimiz rahbari bu muqaddas ka’bapo‘shni mam- 
lakatimizdagina emas, balki, butun musulmon dunyosida mashhur 
qadamjo-ziyoratgoh hisoblanuvchi Muhammad Ismoil ‘Buxoriyning 
Samarqand viloyatidagi masjid-maqbarasiga tortiq qildi. Buning, al­
batta, teran tarixiy-ramziy m a’nosi bor.
501


Prezident Islom Karimovning m a’naviy va ruhiy poklanish, 
yuksak insoniy barkamollik sohasida amalga oshirayotgan ishlar- 
ning miqyosi faqat shular bilan cheklanmaydi. U mustaqillikning 
dastlabki kunlaridanoq mamlakat aholisi ma’naviy ehtiyojlaridan 
kelib chiqib, islom dini ravnaqiga qanchalik keng yo‘l ochib ber­
gan bo‘lsa, sovetlar tuzumi davrida yurtimizning xorijiy islom mam- 
lakatlari bilan butunlay uzilib qolgan aloqalarini yangitdan yo‘lga 
qo‘ydi. Bu aloqalar o‘zaro iqtisodiy va madaniy munosabatlami 
chuqurlashtirish asosida mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash, dini va 
dili bir-biriga yaqin bo‘lgan xalqlar o’rtasida manfaatli hamkorlikni 
ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz. Islom Karimovning Turkiya, 
Eron, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Misr singari mamlakatlar- 
da bo‘lishi 0 ‘zbekiston musulmonlari hayotida o ‘chmas iz qoldirdi. 
Albatta, bular bugungi kun o‘lchovi bilan qaraganda, tabiiy bir ja- 
rayonga o‘xshaydi. Biroq, har bir hodisani o ‘z vaqtida baholasak, u 
ro‘y bergan yo amalga oshirilgan vaziyat va sharoitni chuqur tahlil 
etsak, mazkur safarlaming naqadar katta tarixiy, siyosiy, ijtimoiy va 
ma’naviy voqea bo‘lganini anglash mumkin.
Mamlakat rahbarining diniy masalalarga munosabatining in- 
sonparvarlik mazmuni shundaki, u dinni yuksak madaniyat va 
m a’naviyat quroli, beqiyos axloq maktabi sifatida baholaydi:

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin