Ana shu el ardoqlagan, avloddan-avlodga o ‘tib kelgan azaliy an’ana
yana hayotdan mustahkam joy ola boshladi.
Navro‘zni xalqning sevimli bayramiga aylanib ketishi ma’lum.
Ushbu shodiyona - Navro'z kunlarida qadimda, hatto, urushlar ham
to‘xtatilgan, el-yurt osoyishta hayot kechirgan. Navro‘z go‘zallik
va yaxshilik, mehr-oqibat, m uruw at bayrami sifatida qadrlangan.
Bu qadimiy bayramni xalqimiz nihoyatda orziqib kutishining yana
bir boisi shundaki, Navro‘z rizq-ro‘zimiz
boim ish dehqon yilining
boshlanishi hamdir.
0 ‘zbekistonning hamma joylarida har yili «Navro‘z» tantana-
larini har qachongidan ham shod-u xurramlik bilan kutib oladilar.
Paxtakorlar-u chorvador, bog‘bon-u sohibkorlar, sanoat, transport
xodimlari, quruvchilar va ziyolilar Navro‘z kayfiyati bilan astoy-
dil mehnat qiladilar. Qadimiy xalq bayrami - Navro’zning tiklani-
shini respublikamizning butun aholisi mamnuniyat bilan ma’qullab,
ko‘tarinki ruhda kutib oldi va hozir ham ardoqli bayram sifatida
nishonlamoqda.
«Navro‘zning bayram qilinishi teran xalq an’analari, yerga va
tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, dehqon mehnatini
hurmat qilish, yaxshi qo'shnichilikka,
mehr-muruwatga va boshqa-
laming dardiga malham bo‘lishga intilishlari tiklanishning qudratli
omili bo‘lmoqda. Navro‘z xalq bayramining insoniy va baynalmilal
mohiyati ham ana shundadir», - deyiladi 0 ‘zbekiston Prezidentining
«Navro‘z xalq bayramini o‘tkazish yakunlari to‘g ‘risida»gi Farmo-
nida.
Har bir jamoa, muassasada nishonlanadigan bunday bayram-
lar, kishilarda xalqimizning qadimiy an’analariga hurmat, mehnatga
muhabbat hissini tarbiyalaydi. Bundan tashqari m a’naviy hayotdagi
yana bir talay, aniqrog'i diniy bayramlar,
hayit kunlarining respub-
likada umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi uchun keng yo‘l
ochilgani ham ma’naviy poklanishning muhim ko’rinishidir. Sir
emas, sho’ro tuzumi sharoitida «din-aiyundir» degan kommunistik
shior hukm surib keldi. Shu darajaga borildiki, dindoming ma’naviy
huquqi cheklandi. Bunday bir tomonlamalik ijtimoiy hayotimizning
barcha sohalarida o ‘z ta’sirini ko’rsatdi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka
erishgandan so‘nggi tarixiy o’zgarishlar bunday qarashlar asossiz
ekanligini ko‘rsatdi. Shu yillar mobaynida butun musulmon olami
0 ‘zbekistonda vijdon erkinligi, diniy ibodat uchun keng imkoniyat
ochilganini tan oldilar.
Yevropatik allomalardan biri «Nur - Sharqdandir», degan ekan.
Buni har xil talqin etish mumkin. Birov uni quyoshning Sharqdan
4 9 4
chiqishiga yo‘ysa, boshqa birov majoziy ma’noda ezguliklar,
olam-
ning yangilanishi, hayot taraqqiyoti, insoniyat tafakkuri Sharqdan,
deb tushunadi.
Bizning tasawurimizcha, har ikki holatda ham Nur - Sharqdan-
dir.
Sharqdan taralgan ilm-ma’rifat dunyoni munavvar etgani, in
soniyat tarixida, odamzod taqdirida buyuk o‘zgarishlarga sabab
bo‘lgani sir emas. Sharqning ajralmas qismi bo‘lmish go‘zal di-
yorimiz xalqlari hayotida, ulaming ong va tafakkuri shakllanishi-
da dunyoviy ilmlar qatorida islom dinining alohida o‘mi bor. Bu
ilohiy ta’limot
olamni anglash, dunyoviy tafakkur, tabiat va inson
o‘rtasidagi munosabatlami idrok etish borasida beqiyos ahamiyatga
ega. Butun jahon ahli diqqatini tortgan boy va rang-barang madaniy-
ma’naviy merosimiz ikki qudratli to‘lqin - dunyoviy ilmlar va diniy-
falsafiy tafakkuming o ‘zaro uyg‘unlashib, yagona, barkamol qadri-
yat peshvosining ma’naviy qiyofasi, siyosatdagi adolat mezoni, so‘z
va fikr erkinligi kabi murakkab ijtimoiy masalalar xususida ham
benihoya hayotiy tajriba va saboqlar beradi. Shu bois ham bu o ‘lmas
qadriyatlar bugungi yangi davlatchiligimiz qurilishida muhim aha-
miyat kasb etmoqda.
Agar biz bosib o‘tilgan istiqlol yo‘limizga bir nazar tashlaydigan
bo‘lsak, ozodlikning ilk onlaridan boshlaboq dinga munosabat, dav-
lat va diniy Jpshkilotlar o ‘rtasidagi aloqalami to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga
alohida e’tibor qaratildi. Konstitutsiyaga ko‘ra, 0 ‘zbekiston dun
yoviy davlat,
binobarin, mamlakatimizda din davlatdan ajratilgan.
Ammo respublikamiz rahbariyati bu masalaga oqilona yondashib,
din davlatdan ajratilgan boisa-da, jamiyatdan ajratilmaganini, xu-
susan, 0 ‘zbekiston singari qadimiy va barqaror diniy an’analarga
ega mamlakatda bu borada g ‘oyat noziklik va ehtiyotkorlik bilan ish
yuritish lozimligini o‘z vaqtida to‘g‘ri anglab yetdi.
Shuning uchun ham bugun ko‘p millatli mamlakatimizda hech
qaysi din vakillarining diniy nafsoniyatlarini kamsitmagan holda,
ayni vaqtda diniy hissiyotlami avj ham oldirmasdan, og‘ir-vazmin,
uzoqni ko'zlangan siyosat amalga oshirilmoqda.
Bu siyosat mohiyati ilk marta Prezidentning quyidagi fikrlarida
aniq-ravshan belgilab berilgan edi:
Dostları ilə paylaş: