Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti 
I. KARIMOV
Tashkent shahri,
1996-yil 28-avgust.
4 9 0


* * *
Vatanimiz madhiyasining tantanavor ohanglari ostida Islom Ka­
rimov ramziy lentani qirqib, Sohibqiron haykalini ochdi. Prezident 
haykal poyiga gulchambar qo‘ydi. Maydonda yig‘ilgan jamoat oldida 
Shahrisabz shahri bayrog‘iga «Amir Temur» ordenini qadab qo‘ydi 
va katta nutq so‘zladi. 
«Ulug‘ zotlarning tarix osmoniga yuksala-
digan manzillari bo‘ladi. Butun Sharq olamida «ilmu adab qub-
basi» deya e’tirof etilgan Shahrisabz hazrati Amir Temur uchun
ana shunday parvoz nuqtasidir. Biz Sohibqiron bobomizning
qutlug‘ to‘yini o'tkazayotgan shu kunlarda eng aw alo bu zoti
sharifni dunyoga keltirgan va voyaga yetkazgan el dahosiga va
tabarruk zaminga ta’zim qilamiz», 
- deb ta’kidladi u. Bu so‘zlar 
xalqimizning ezgu tuyg‘ularini o ‘zida mujassam etadi.
1996-yilning 18-oktabri. Muborak juma kuni. Bu kun mustaqil- 
ligimiz tarixiga alohida sana boTib qo‘shiladi. Chunki, xuddi shu 
mo‘tabar kunda bobokalonimizning shon-shavkati, tarixiy adolat bu­
tun mamlakatimiz - mustaqil 0 ‘zbekiston davlatida qayta tiklandi. 
Amir Temuming qadr-u qimmati xalqaro miqyosda joyiga qo‘yildi. 
Xalqimiz boy o ‘tmishi, jahonni lol qoldirgan tarixi, beqiyos mada- 
niyati, ulug‘ ajdodlari merosini yana bir bor jahonga namoyon qildi. 
Bu buyuk kelajak sari sobitlik bilan borayotgan xalqning m a’naviy 
hayotida unutilmas ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
Olti yillik muddat - tarix uchun bir lahza, bamisoli bepoyon 
osmon kengliklarida chaqnagan chaqin kabidir. Biroq, istiqlolning 
murakkab, dolg‘alarga toTa, ziddiyatli bir paytida xalqimiz boy 
ma’naviyatini, mislsiz iqtidorini, beqiyos irodasini yaqqol namoyon 
qildi. Ayni ana shu muddatda mamlakatimizda amalga oshirilgan 
ishlar salmog‘i va koTami bilan bir necha o‘n yilliklarga teng keladi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatda tinchlik va oso- 
yishtalikni ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikka erishish, sobiq ittifoq 
bir-biriga ulab tashlagan moddiy zanjirlar uzilgach, ulaming о ‘mini 
qoplaydigan yangi imkoniyatlami izlab topish lozim edi.
Mustaqillik davri tom ma’noda hazrati Temuming qayta tug‘ilish 
davri boTdi. U bobokalonimiz vasiyatlarining ro‘yobga chiqayotgani 
bilan alohida qimmatlidir. Amir Temurga munosabat, uning tarixiy 
xizmatini munosib baholash va izzatini o ‘miga qo‘yishda shaxsan 
Prezident I. Karimovning o‘zi tashabbuskor boTdi. Barcha tadbirlar- 
ning borishini kuzatib madad berib turdi. Sohibqiron kunlarini dun- 
yoviy voqeaga aylantirishga butun imkoniyatini ishga «eoldi. Endi 
haqli savol tug‘iladi: Xo‘sh, Amir Temur Islom Karimovga nima 
uchun kerak? Buni Prezident quyidagicha izohlaydi:
491



Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin