O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining F A R M O N I Samarqand shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida Temuriylar davlatining poytaxti sifatida jahon ilm-u fani, mada-
niyati va me’morchilik san’atining rivojlanishiga hamda davlatlararo
hamkorlikni, tinchlikni, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash
ishiga katta hissa qo‘shganligi va shahar ahlining o ‘zbek xalqi tari-
xiy va m a’naviy merosini ko‘p asrlar mobaynida avaylab-asrab, ja-
honga mashhur etishdagi g ‘oyatda katta xizmatlarini e ’tiborga olib,
mustaqil mamlakatimizda tub islohotlami amalga oshirish, uning iq-
tisodiy taraqqiyotini jadallashtirishdagi faol ishtiroki uchun hamda
sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan
Samarqand shahri «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlansin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV Toshkent shahri, 1996-yil 28-avgust. •»
* * *
Tantanalar paytida davlatimiz rahbari Samarqand shahriga
«Amir Temur» ordenini topshirdi. U shahar ahlini mukofot bilan
qutlab, Sohibqiron tavalludi bayrami kunlarida shaharga birinchi ra-
qamli orden topshirilishi ramziy ma’noga ega tarixiy voqea ekanli-
gini ta’kidlab ushbu unutilmas kun - 18-oktabmi «Samarqand kuni»
deb e’lon etishni taklif qildi. Yig‘ilganlar bu taklifni mamnuniyat
bilan qarshi oldilar.
Samarqand va Sohibqiron... Bu ikki mo‘tabar tushuncha xusu-
sida gapirar ekan, Prezident katta faxr-u ifitixor bilan
«Qachon- ki, biz Amir Temur hazratlarini yod etar ekanmiz, Sohibqiron saltanatining poytaxtini ham ehtirom bilan tilga olamiz. Chun- ki, Amir Temur va Samarqand tushunchalarini bir-biridan ayri holda tasaw ur etib bo‘lmaydi. ... Samarqandning moviy gumbazlari, osmono‘par minora-