Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


(M a k tu b q isqartirib b erilm o q d a )



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

(M a k tu b q isqartirib b erilm o q d a ).
483


* * *
Bosh direktor janoblari shunday ulug‘ madaniyat va So‘g ‘d, Xo- 
razm, Baqtriya, Parfiya, Kushon kabi, qolaversa, Amir Temur bar- 
po etgan buyuk davlatchilikning haqiqiy vorislarigina bunday og‘ir 
sinovlarga chidashi mumkinligini nazarda tutgan edi. Bu bilan u 
Prezident orqali butun o ‘zbek xalqining qudratiga, yaratuvchilik qo- 
biliyatiga baho bergan edi.
Madaniyat hamisha milliy o‘zlikni anglashgagina xizmat qil- 
maydi. Uning faoliyat maydoni keng va rang-barangdir. Bir xalq ha­
misha ikkinchi bir xalqni o‘sha madaniyat orqali taniydi, tushunadi. 
Shu ma’noda mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalar ravnaqi iqti- 
sodiy birligiga, o‘zaro hamkorligiga, taraqqiyotning yangidan yangi 
imkoniyatlarining ochilishiga muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishi 
mumkin. Garchi xalqlar o‘rtasidagi totuvlikni ta’minlashda, muro- 
saga erishishda o‘zaro iqtisodiy bogTiqlik muhim ahamiyat kasb 
etadi, deb hisoblashsa-da, bu borada madaniyatning roli ham undan 
kam emas. Zotan, m a’naviyat, madaniyat yuksak qadriyat, yengil- 
mas kuch, beqiyos qudratdir.
UNESKO amalga oshirayotgan «Ipak yoTi - muloqot yoTi» 
nomli xalqaro dastur ham aslida ana shu ezgu maqsadlarga xiz­
mat qiladi. Shuning uchun ham 0 ‘zbekiston Prezidenti UNESKO 
Kengashi 149-sessiyasining yalpi majlisida so‘zlagan nutqida 
0 ‘zbekiston bu dastumi toTa qoTlab-quwatlashini ma’lum qilgan 
edi. Barcha xalqlar madaniyati, o‘tmishi, o‘ziga xos yashash tarzini 
birday ardoqlab kelayotgan mazkur tashkilot faoliyatiga yuqori baho 
berdi. Bugungi taraqqiyot sur’ati ko‘p jihatdan xilma-xil madani- 
yatlar va aql-zakovat integratsiyasiga bevosita bogTiq ekanini qayd 
etdi. Bu 0 ‘zbekistonning jahon taraqqiyotiga o‘ziga xos munosaba- 
tini, chuqur ma’naviy qadriyatini ko‘rsatadi.
0 ‘z faoliyatida nafaqat fikrlar, qolaversa, madaniyatlar xilma- 
xilligi tamoyiliga tayanadigan UNESKO bu ishni amalga oshirish- 
da dunyo xalqlarining boshini qovushtirishday mashaqqatli vazifani 
bajarmoqda. Shuning uchun ham «murosa» bu qarorgohda eng ko‘p 
tilga olinadigan so‘zlardan biri boTdi.
«Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yash- 
nashi» mavzuidagi ko‘rgazmaga qo‘yilgan eksponatlar Marka- 
ziy Osiyo xalqlari tarixiga tegishli bir necha ming yillik davmi o‘z 
ichiga qamrab oladi. Ko‘rgazmaga kelgan kishilar o‘zbek xalqi ijodi, 
madaniy va ma’naviy merosi, tasviriy san’ati namunalari bilan tani- 
shish imkoniga ega boTishgan edi.
Temur o ‘sha vaqtdayoq Yevropa va Osiyo davlatlarini yagona
484


iqtisodiy makonga birlashtirishga harakat qilgani barchaga ma’lum. 
U barpo etgan buyuk saltanat o‘sha vaqtdagi integratsiya, Buyuk 
ipak yo‘li bo‘yida joylashgan madaniyatlar muloqoti ehtiyojidan ke- 
lib chiqqan edi.
Islom Karimov ko‘rgazmaning ochilishi marosimida so‘zlagan 
nutqida Yevropa va Osiyo davlatlari o‘rta asrlardayoq o‘zini yago- 
na ju g ‘rofiy-siyosiy makonga taalluqli ekanligini anglaganini Amir 
Temuming tarixiy xizmati sifatida baholaydi. «Ushbu madaniyat 
haftaligining ochilishi Amir Temuming o‘sha xizmatlariga dunyo 
xalqlari ehtiromi», deb bemalol aytish mumkin, deydi u.
Oradan olti asrdan ko‘p vaqt o‘tganiga qaramay, Amir Temur 
g ‘oyalari hamon dolzarbligicha, hayotiyligicha qolmoqda. Qolaversa, 
bu g‘oyalar bugungi dunyo mamlakatlari yalpi integratsiyaga ehtiyoj 
sezayotgan bir paytda UNESKOning ham eng olijanob maqsadlari- 
dan biridir. Temur va temuriylar davrida gullab-yashnagan madani­
yat, m a’rifat, qaror topgan ma’naviy qadriyatlar haligacha dunyoni 
bir butun holda tasaw ur etish, gumanizm va inson o‘rtasidagi teng- 
lik, birodarlikka xizmat qilib kelmoqda.
Bu ko‘rgazma ochilishiga dasturda belgilanmagan holda shaxsiy 
qiziqishi va o‘zbek madaniyatiga hurmat-ehtiromi tufayli Fransiya- 
ning o ‘sha paytdagi Prezidenti Jak Shirakning rafiqasi bilan tashrif 
buyurishi ham muhim voqea bo‘lgan edi.
0 ‘zbekiston* Respublikasi 
Prezidenti 
mazkur marosimda 
0 ‘zbekiston va UNESKO o‘rtasidagi aloqalami rivojlantirish, Mar- 
kaziy Osiyo xalqlari madaniyatini qayta tiklash va targ‘ib qilish- 
dagi buyuk xizmatlari uchun UNESKO bosh direktori F.Mayorga 
«Do‘stlik» ordenini topshirdi. Fransiyalik mashhur olim, Temur va te­
muriylar hukmronligi yillari tarixining zukko bilimdoni, 0 ‘zbekiston 
va Fransiya madaniyatlarini o‘zaro yaqinlashtirish ishining jonkuyari 
L.Keren janoblari «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.
UNESKO bilan 0 ‘zbekiston o ‘rtasidagi hamkorlikni yanada ri­
vojlantirish borasida o ‘sha kuni yana bir muhim qadam qo‘yildi. 
0 ‘sha kuni 0 ‘zbekiston hukumati va UNESKO o‘rtasida imzolan- 
gan bitim faqat madaniyat, ilm-fan va maorif sohalari muammolari 
bilan cheklanib qolmaydi. U mavjud ekologik, xususan, Orol dengi- 
zi qurishi bilan bogTiq muammolami hal etishning ilmiy yechimini 
topishni ham nazarda tutishi bilan qimmatlidir. Bitimga ko‘ra, ko‘p 
o‘tmay Toshkentda UNESKOning vakolatxonasi ochildi. Qolaversa, 
mazkur xalqaro tashkilotning 1997-yili Buxoro va Xiva sH&harlari- 
ning 2500 yilligini nishonlash to‘g‘risida qabul qilgan qarori ham 
mintaqa xalqlari madaniy hayotida yana bir tarixiy voqea bo‘ldi.
485


0 ‘zbekiston Prezidentining Fransiya Prezidenti bilan Yelitsey 
saroyidagi dastlabki uchrashuvi rejada ko‘zda tutilganidan deyarli 
ikki barobar ko‘p davom etgani qalblar yaqinligini, tuyg‘ular mush- 
tarakligini ko‘rsatadi.
0 ‘zbek-Fransuz aloqalari uzoq tarixga ega. Fransiya Respubli- 
kasi Prezidenti 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashga- 
nida Amir Temuming 1402-yili Fransuz qiroli Shari VI ga yo‘ Hagan 
maktubini sovg‘a qilishida ham teran ramziy ma’no bor.
Sohibqiron o‘sha maktubida fransuz qirolini Turon zaminiga 
o‘z savdogarlarini yuborishga chorlagan, ulaming xavfsizligiga kafil 
bo‘lishini bayon qilgan b o isa, 0 ‘zbekiston Prezidenti bugun Fran­
suz ishbilarmonlarini o‘zaro foydali hamkorlikka da’vat etadi, ular- 
ning manfaatli ish birligi uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g ‘risida 
hikoya qilishdan charchamaydi. Zero, 0 ‘zbekiston va Fransiya 
o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik miqyosi nihoyatda 
keng.
0 ‘zbekistonning dunyo siyosatida ham, iqtisodiyotida ham 
yetakchi o ‘rinlardan birini egallab turgan Fransiya Respublikasi bi­
lan xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Yevropa tuzilmalari doirasida 
hamkorlikni kengaytirishi va chuqurlashtirishi alohida ahamiyatga 
ega.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin