Hozir biz,
tarix bilan hisoblashgan holda, ipak y o ii tinch-
lik va muloqot yo‘li sifatida xizmat qilishini davom ettirishga
ko‘maklashmog‘imiz lozim.
Men Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro institutini ochish sha-
rafiga muyassar bo‘ldim. Bu institut
ushbu orzu-umidlarni amalga
oshirishda UNESKO tomonidan berilgan yordamning chinakam na-
munasidir.
Sizning UNESKOning barcha vakolatlari doirasidagi faoliyati
bilan chuqur qiziqishingizdan mamnun bo‘lganimni
aytishimga ham
ijozat bergaysiz.
0 ‘zbekiston hukumati bilan UNESKO o‘rtasida bahamjihat
harakatlari to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi yutuqlari-
mizni mustahkamladi va hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi.
Siz bilan biz har tomonlama muhokama qilgan ko'pgina
masa-
lalar yuzasidan hoziming o‘zidayoq tegishli qarorlar qabul qilindi va
kotibiyat bundan buyongi hamkorligimiz masalalari yuzasidan Siz
ning doimiy vakolatxonangiz bilan mustahkam aloqa qilib turadi.
Taklifingiz va mamlakatingizga tashrifim davomida menga
ko‘rsatgan olijanob mehmondo‘stligingiz uchun Sizga va Siz orqali
butun 0 ‘zbekiston Respublikasi xalqiga
yana bir bor minnatdorlik
bildirishga ijozat bergaysiz.
Pirovardida, UNESKOning qarorgohiga tashrif buyurish haqi-
dagi taklifimni yana bir bor takrorlamoqchiman. YuNESKOning
50 yilligini bayram qilish davrida Sizni
taklif etish bizga alohida
sharaf va mamnuniyat baxsh etadi.
Men Sizga tashrifni 1996-yil aprel oyining oxirlarida yoki may
oyining boshlarida, UNESKO Ijroiya Kengashining bahorgi sessiyasi
ishlab turgan paytda amalga oshirishni taklif qilgan bo‘lardim.
Shu munosabat bilan Sizning, ehtimolki,
Ijroiya Kengash huzurida
so‘zga chiqishingiz hamda shu davrda o ‘tkazish rejalashtirilayotgan
temuriylar davri haqidagi 0 ‘zbekiston ko‘rgazmasini ochishingiz biz
uchun sharafli ish b o iu r edi.
Ijroiya Kengashining bahorgi sessiyasini o‘tkazishning tasdiq-
langan muddatlarini mening kotibiyatim UNESKO ishlari bo‘yicha
milliy komissiyangizga qo‘shimcha ravishda ma’lum qiladi.
Janobi oliylari, Sizga zo‘r ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Sizni tezroq ko‘rish umidi bilan
Federiko Mayor,
UNESKO Bosh direktori.
«Xalq so ‘zi». 1995-yil 3-noyabr.
Dostları ilə paylaş: