Amir Temur o‘zbek xalqining ko‘p ming yillik tarixiy ravnaqi-
da tasodifiy shaxs, umuman Temuriylar davridagi yuksalish esa
shunchaki bexosdan yuz berib kelgan hodisa emas! U bir necha
4 7 7
ming yillik tarixiy tajriba, buyuk an’ana, tom ma’noda shakl-
langan madaniy-ma’naviy jarayon mahsulidir.
Chingiziylar hukmronlik qilgan yillari ko‘plab nodir hunar,
san’at va iste’dod egalari jon saqlash niyatida chekka mamlakatlarga
qochib ketdilar. Iqtisod izdan chiqqan, savdo susaygan, boshqaruv
tizimi yo‘q hisobida edi. Xullas, Amir Temur oldida bir yarim asrlik
mustamlakachilikdan so‘ng ko‘p asrlik milliy davlatchilik va milliy
madaniyatni qaytadan tiklash kabi og‘ir vazifa turardi.
Amir Temur siyosatshunoslik va davlatchilik falsafasi tarixida
yangi dunyoqarashga asos soldi, uni amalda tatbiq etdi. U ilgarigi
davrlardan farqli holda jamiyat barcha tabaqalarining haq-huquqlari
va manfaatlarini inobatga olib, ulaming hayoti uchun zarur ijtimoiy
zaminni vujudga keltirdi. Har bir toifaning haq-huquqlari, burch va
majburiyatlari o‘ziga xos qonun bilan kafolatlab qo‘yildi.
Sohibqironning ulkan xizmatlaridan yana biri uning davlat bosh-
qaruvini tashkil qilishi bilan bogTiq. MaTumki, somoniylar davri-
dan boshlaboq o ‘zbek davlatchiligida hokimiyatning ikkiga -
dar-
goh timsolidagi qonun chiqaruvchi hamda devonlar - vazirliklar
timsolidagi ijroiya tizimlariga
boTinishi yaqqol ko‘zga tashlana
boshlagan. 0 ‘z davri uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etgan
bu holat keyingi asrlarda ham, to Chingizxon bosqiniga qadar da-
vom etgan. Chingiziylar hukmronligi yillarida esa bu an’ana yo‘qqa
chiqarildi. Amir Temur ana shu tizimni qaytadan tiklashga muvaffaq
boTgan va uni boyitgan buyuk islohotchidir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hokimiyat boTinishiga asos-
langan mazkur tizimni joriy etishda Sohibqiron ko‘r-ko‘rona emas,
balki o‘zi yashab turgan voqelikni nazarda tutgan holda ish yuritdi.
Amir Temur eng oliy davlat idorasi maqomida qurultoyni bel-
gilagan edi. Bugungi tushunchadagi kongress, assambleya, majlis,
syezd kabilarga to‘g ‘ri keladigan ushbu siyosiy institut boshqaruv
mahkamasi va davlat ahamiyatiga molik boTgan eng asosiy masala-
lami hal etib, unda saltanatdagi barcha yirik siyosiy, iqtisodiy, harbiy
va madaniy soha namoyandalari ishtirok etganlar.
Davlatni mustahkamlash, jamiyatni rivojlantirish borasida ijroi
ya tizim - vazirliklaming o‘mi muhim boTgan. Amir Temur davrida
siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy munosabatlami to‘g ‘ri
yoTga qo‘yib, ulardan jamiyat manfaati yoTida foydalanish uchun
qat’iy intizomga asoslangan, talabchan ijroiya mexanizmi zarur edi.
Sohibqiron ana shunday tizimni yarata oldi.
Amir Temur saltanatining ijroiya tizimidagi sakkiz vazirlik va
yana bir necha muassasalar moliya, soliqlar, daromad va xarajat-
478
lar, mulkchilik, yetishtiriladigan hosil, chorva, yaylovlar ahvoli,
obodonchilik, xabar va pochta, harbiy va adliya sohalarini bosh-
qargan. Masalan, harbiy ishlar vazirligi harbiylarga maosh berish,
ularga tegishli mulklarni boshqarish, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy
mashqlami uyushtirish va tashkil etish kabi vazifalar bilan bir qator-
da iste’foga chiqqan, urushlarda yarador bo‘lib, mehnat qobiliyatini
yo‘qotganlarga nafaqa belgilash kabi yumushlami ham bajargan.
Huquqiy demokratik davlat qurayotgan bir paytimizda Sohib-
qironning sud va qonunchilikka munosabati ham alohida o ‘mak
vazifasini o ‘taydi. Bundan olti asr burun Movarounnahrda sud ti-
zimida o ‘ziga xos tartib va qoidalar mavjud edi. Chunonchi, fuqa-
rolik ishlari bilan ijroiya tizimida faoliyat ko'rsatgan adliya vazir
ligi shug‘ullangan bo‘lsa, jamiyat hayotidagi ma’naviy, tarbiyaviy
ahamiyatga doir muammolar bilan islom qozisi, harbiylar orasidagi
huquqiy masalalar bilan esa askar qozisi, ya’ni bugungi til bilan ayt-
ganda harbiy tribunal shug‘ullangan.
Amir Temur jamiyat va davlat boshqaruvida hokimiyat
boTinishi haqida fikr yuritar ekan, tadqiqotchilar uni XVIII asr muta-
fakkiri Monteskening hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi
va sudlov idoralariga boTinishi haqidagi ta’limotiga mos kelishini
ta’kidlaydilar.
«Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning shariatiga
dunyoda rivoj herdim». Sohibqironning birgina ana shu so‘zi uning
butun saltanatining ezgulik va yuksak ma’naviyatga asoslangan
g‘oyasini, siyosiy va ijtimoiy mazmunini belgilaydi. Uning islom
diniga munosabati xalq manfaatlariga mos keladigan, uning taqdirini
belgilaydigan ulkan hodisadir.
Dunyo m e’morchilik san’atining gultoji boTgan osori atiqa-
lar - Go‘ri Amir, Bibixonim, Zangi Ota, Xoja Ahmad Yassaviy maq-
baralari Oq saroy va Shohi Zinda majmualari kabi ko‘plab ziyorat-
gohlar hamda Amir Temuming shariat va tariqat peshvolariga nis-
batan izzat-hurmati uning shaxsiyatining naqadar ulug‘vorligini va
daholik qudratini ko‘rsatadi.
Sohibqiron «Har yerda va har vaqt islom dinini quwatladim» -
deydi. MaTumki, shu davrda yassaviya, naqshbandiya, kubraviya
kabi so‘fiylik tariqatlari paydo boTdi va rivojlandi. U hukmronlik
qilgan yillarda islom dini axloqiy kategoriyalari yanada yuqori dara-
jaga ko‘tarildi.
Sohibqironning betakror harbiy iste’dodi va qobiliyatt zabar-
dast harbiy islohotchi hamda atoqli sarkarda sifatida yaqqol ko‘zga
tashlandi. U eng qudratli va intizomli armiyani barpo etishga, har-
4 7 9
biy qismlarini yurish va jang vaqtida oqilona boshqarishga, paydo
bo‘lgan har qanday g ‘ov va to‘siqlami tadbirkorlik bilan yengishga,
qo‘shindagi jangovar ruh, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini
doimo yuksaltirib borishga muvafFaq bo'lgan.
Sohibqiron qo‘shinining tuzilishi va tizimi ba’zi bir muhim ji-
hatlari bilan boshqa davlatlar qurolli kuchlaridan farq qilar edi. Jum-
ladan, armiyaning zarbdor qismlarini tashkil etuvchi otliq askarlar
bilan bir qatorda qal’a va qo‘rg‘onlami egallashda qo‘l keladigan
piyoda askarlar ham yetarli darajada edi.
Harbiy sohada sharq va g'arb davlatlarida yuz berayotgan
o ‘zgarishlardan yaxshi xabardor bo‘lgan Sohibqiron o ‘z armiyasida
to‘p ishlatishni joriy etdi va Sharqda artilleriyaning tarkib topishiga
hamda rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Sohibqironning harbiy ta’limoti, sarkardalik mahorati, jahon
harbiy san’atidagi novatorligi bugungi kun uchun ham o‘z ahamiya-
tini yo‘qotmagan.
Amir Temur yubileyi bizning hozirgi dunyo ijtimoiy-siyosiy ja-
rayonlari urush va tinchlik muammolariga, inson hayotining daxl-
sizligiga yana ham jiddiyroq mas’uliyat bilan qarashimizni taqozo
etmoqda.
Amir Temur shaxsiyati jahon davlatchiligi an’analarini yanada
boyitish, bu boradagi sharq tajribalaridan unumli foydalangan holda
yosh mustaqil davlatimiz tizimini tobora takomillashtirish sabog‘ini
bermoqda. Zotan, biz huquqiy demokratik adolatli davlat va inson-
parvar fuqarolik jamiyatini qurish yoTidan bormoqdamiz. Demak,
ulug‘ bobokalonimizning davlatchilik borasidagi sabog‘i - adolat va
haqiqat tantanasiga, yuksak ma’naviyat ravnaqiga erishish hamda
ma’naviy barkamol jamiyat bunyod etish tamoyillari biz uchun ibrat
va namunadir. Ayni paytda u barpo etgan siyosiy tizim, tinchlik va
barqarorlikni ta’minlash, milliy xavfsizlik borasidagi strategik qa-
rashlar ham ulkan maktab vazifasini o ‘taydi. Shuning uchun ham
Prezidentimiz 1999-yil 5-noyabrda Xorazmda Jaloliddin Manguber-
di tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
nutqida sohibqironning milliy davlatchiligimiz tarixida tutgan o‘mi
haqida to‘xtalib shunday degan edilar: «Oradan bir asr o ‘tib, sohib
qiron Amir Temur Jaloliddin Manguberdi boshlagan ozodlik kura-
shini yangi sharoit va ulkan miqyoslarda davom ettirdi. Ona yurti-
mizni bosqinchilardan xalos qilib. markazlashgan qudratli davlat
barpo etdi» («Fidokor» gazetasi, 1999-yil 9-noyabr).
Amir Temuming san’at va madaniyatga homiyligi, mamlakat
obodonchiligi uchun g ‘amxo‘rligi, insonni tabiatning gultoji sifatida
480
e’zozlashga intilish singari xususiyatlari bugun ham katta qiymatga
ega.
Hurfikrlik, fuqarolar ongi va tafakkurida bunyodkorlik, ijodkor-
lik, istiqbol uchun kurashish tuyg'usini shakllantirish insonparvar
j jamiyatning oliy fazilatidir. Bu borada ham Sohibqironning sa’yi
harakatlari va tadbirlari biz uchun o‘makdir.
Bugun 0 ‘zbekiston o'z kelajagini aniq va ravshan ko‘rib turibdi.
Chunki, azaldan ozod bo‘lgan, ozodlik va hurriyat gashtini sur-
gan, jahon taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatib kelgan buyuk xalqning
irodasi ham, daholik qudrati ham, yaratuvchilik va bunyodkorlik
kuchi ham buyuk boiadi. Sohibqiron sabog‘i bizni ana shu haqiqatni
chuqur idrok etishga o‘rgatadi. Prezident Islom Karimov sohibqiron
yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda bu
xususda shunday degan edi:
Dostları ilə paylaş: |