PARIJ. 1996-yil 21-24-aprel
Amir Temur hazratlari 660 yillik to‘yining 1996-yil 21-24-aprel
kunlari Fransiya poytaxti jahon madaniyati sarvari boTgan Parij
shahrida UNESKO tashabbusi va rahbarligida nishonlanishi, unda
0 ‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning ishtirok etishi va katta nutq
so‘zlashi ulkan voqeaga aylandi.
Darhaqiqat, buyuk Sohibqiron tavalludining insoniyat ma’naviy
qudrati va tafakkurining mo‘jizasi boTgan Parijda, xalqaro ma-
daniyat va ma’rifat muassasasi UNESKO boshchiligida nishonla
nishi bundan atigi besh yilgina burun mustaqillikka erishgan yosh
0 ‘zbekiston tarixida muhim voqea boTdi.
0 ‘zbekiston rahbariyati, xususan, Prezident Islom Karimov va
UNESKO Bosh direktori F.Mayor janoblarining sa’y-harakatlari tu-
fayli amalga oshirilgan bu tadbirlar mamlakatimizni Amir Temur
siymosida, u homiylik qilgan madaniy, m a’naviy meros orqali yana
bir karra dunyoga tanitdi.
UNESKO qarorgohida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va
maorifning gullab-yashnashi» mavzuida xalqaro konferensiya va
ko‘rgazma uyushtirildi. 0 ‘zbek san’at ustalari Parijdagi «Odson»
teatri va UNESKO qarorgohida katta konsert dasturlarini namoyish
etishdi. Parij va UNESKO doirasida butun dunyo uni beqiyos zavq-u
shavq, olqishlar bilan kutib oldi.
UNESKOning o‘sha paytdagi bosh direktori F.Mayor mazkur
tashkilot Kengashining 149-sessiyasida 0 ‘zbekiston Prezidentiga so‘z
bera turib, o ‘zbek xalqi, uning ko‘p ming yillik madaniyatim astoydil
yaxshi ko‘rib qolganini, shunday mashaqqatli o ‘tish davrida mamla-
katni boshqarayotgan inson irodasiga qoyil qolmay iloji yo‘qligini alo-
hida ta’kidlagan edi. Buni uning I. Karimov nomlariga yuborgan tabrik
xatidan ham bilsa boTadi. Jumladan unda shunday deyiladi:
Dostları ilə paylaş: