Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

latning o‘zi», 
dedi. Bu moddiy jihatdan birmuncha qiyinchilik sezi- 
layotgan bir davrda ma’naviy hayotimizga davlat g‘amxo‘rligining 
yorqin ko‘rinishidir. Zotan, har yili ma’naviy va m a’rifiy ravnaq 
uchun davlat jam g‘armasidan katta miqdorda mablag‘ ajratilayot- 
gani, mazkur tarmoq tashkiliy-ijodiy ishlarini takomillashtirishda 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Birgina misol sifatida shuni aytish 
mumkinki, sobiq Ittifoq doirasidagi mamlakatlaming hech biri- 
da 0 ‘zbekistondagichalik ko‘p miqdorda darsliklar, o‘quv-uslubiy 
qo‘llanmalar, dasturlar nashr etilmagan va ommaviy tarzdagi tadbir- 
lar amalga oshirilmagan.
Bulaming hammasi 0 ‘zbekistonda milliy madaniyat va 
ma’naviyat ravnaqining keng miqyosli dasturi mavjudligini, unga 
bevosita davlatning o‘zi, hukumatning rahnamolik qilayotganini 
ko'rsatadi.
Mustaqillik yillarida ma’naviy poklanish haqida gap ketganda 
0 ‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi va uning ahamiyatiga ham 
kitobxon e’tiborini tortish lozim.
1989 yil 21-oktabrda qabul qilingan « 0 ‘zbekiston Respublika- 
sining davlat tili haqida»gi Qonun xalqimiz milliy ongining rivoj- 
lanishida, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy 
merosning tiklanishi va jamiyatning ma’naviy yangilanishida muhim 
rol o ’ynadi.
Qonunning o‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to‘g‘ri- 
sidagi qoidalari keyinroq, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan 
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, 
bu ko‘pchilik aholining, respublikada yashovchi barcha millat va 
elatlaming namoyandalari tomonidan m a’qullandi va qoilab- 
quwatlandi.
Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mo- 
baynida respublikada katta ish qilindi. 0 ‘zbek tilini davlat hokimi- 
yati va boshqaruv organlarida, sudlarda, davlat notarial idoralarida 
qoilash to‘g ‘risidagi moddalar ro‘yobga chiqarildi. Xalq ta’limi, fan 
sohalarida, ommaviy axborot vositalarida tub o ‘zgarishlar amalga
4 7 2


oshirildi. Ko‘plab tarixiy noralar tiklandi, atamalar milliy til asosla- 
riga muvofiq yangilana boshlandi.
Davlat tili respublika ijtimoiy hayotiga chuqurroq kirib bordi. 
Ayni paytda boshqa milliy tillami o‘rganish va ulardan foydalanish 
uchun sharoitlar yaratildi. Til muammosiga jiddiy ilmiy-amaliy 
tarzda yondashuv ta’minlandi. Bu esa, qonun qabul qilish arafasida 
ayrim kishilarda paydo boTgan til muammolari atrofida, xususan, 
Davlat tili bilan bir qatorda rasmiy til ham e’lon qilinarmish, degan 
uydirmalar, soxtakorliklar va siyosiy o ‘yinlami bartaraf etdi.
Respublikada yashaydigan boshqa xalqlaming tillarini o‘rganish 
va qoTlash erkinligi ta’minlanishi bilan birga 0 ‘zbekistonda aholi- 
ning mutlaq ko‘pchiligi foydalanadigan bitta davlat tili boTishi ke- 
rak, degan nuqtayi nazarga amal qilindi.
Bu sobitqadam yo‘1 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Lo­
tin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g ‘risida»gi 
Qonunda va 1995-yil may oyida Oliy Majlisning ikkinchi sessiya- 
sida qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuvi­
ga asoslangan o ‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuniga 
o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Qonunda yanada mustahkamlandi va 
rivojlantirildi.
Mazkur qommlar o‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomi- 
ning mustahkamlanishi, mamlakatning har taraflama kamol topishi 
va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishi uchun ancha qulay shart- 
sharoit yaratib berdi.
Mazkur qonunlami ishlab chiqish jarayonida to‘plangan tajriba 
har taraflama umumlashtirildi va tahlil etildi, Davlat tiliga o‘tish 
bo‘yicha qilingan ishlar xolis baholandi. Puxta o‘ylab, real jarayon- 
lar va imkoniyatlami hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan o ‘zbek 
alifbosini uzil-kesil joriy etishni 2005 yilgacha bosqichma-bosqich 
amalga oshirib borishga qaror qilindi.
Mutlaqo ravshanki, til islohoti bilan bogTiq barcha sanalar yangi 
Qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirilishi kerak. Negaki, davlat 
tilini eski alifboda joriy etib, so‘ngra yangi yozuvga o‘tish maqsadga 
muvofiq emas.
Ana shu holatlaming hammasini hisobga olib, « 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonunga zarur o ‘zgarishlar 
kiritish ehtiyoji tug‘ildi. Bu qonun respublika hali SSSR tarkibida 
boTgan va madaniy-ma’naviy sohada o ‘ziga xoslikni mustahkam- 
lashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan edi. Shundan beri vaziyat 
tubdan o‘zgardi.
Qonunning ko‘pgina moddalari va qoidalari jiddiy o‘zgartirishlar
473


hamda qo‘shimchalar kiritishni taqozo eta boshladi, ayrimlari esa 
eskirdi.
Davlat va ijtimoiy sohaning barcha tomonlarini isloh qilishning 
respublikada qabul qilingan va hayot tasdig‘idan o ‘tgan konsepsiya- 
si o‘zgartirishlaming izchilligi, bosqichma-bosqichligi tamoyilidan 
kelib chiqadi. Bu til muammosiga to‘la taalluqlidir.
0 ‘z kuchi va kelajagiga ishongan xalqning bag‘ri keng bo‘ladi. 
0 ‘zbekistonning mustaqilligi va taraqqiyoti puxta ta’minlangan, xal- 
qimiz o ‘zining buyuk kelajagini dadil bunyod etayotgan bugungi 
kunda mustahkam zamin yaratmasdan turib, shoshmashosharlik qi­
lishning zarurati yo‘q.
Ko'rilayotgan choralarga qaramay, respublikada istiqomat qila- 
yotgan turli millatga mansub fuqarolaming barchasi o ‘zbek tilini 
tez va erkin o‘zlashtirib olishni ta’minlaydigan zamonaviy uslubi- 
yotlar, darsliklar va o‘quv-ko‘rgazmali qoilanm alar sekinlik bilan 
yaratilayotgan edi. Rusiyzabon maktablarda va auditoriyalarda ish- 
lash uchun maxsus tayyorlangan malakali mutaxassislar - o ‘zbek tili 
o‘qituvchilari ham yetarli emas edi.
Qonunning ayrim qoidalari qayta ko‘rib chiqishni, tahrir qilishni 
talab qilardi. Xususan, 4-modda davlat hokimiyati va boshqaruvning 
barcha xodimlaridan o ‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun yetarli 
darajada davlat tilini bilishni taqozo etadi. Bu borada yoshiga yoki 
ish stajiga ko‘ra hech qanaqa istisno nazarda tutilmagan. Amaliyot 
shuni ko‘rsatdiki, bu talabni rus tilida o‘qigan va uzoq yillar shu 
tilda kasb-kor bilan shug‘ullangan yuzlab va minglab keksaygan 
malakali mutaxassislar bajarishga qodir emas edi. Ularga jamiyat 
ravnaqi yo‘lida xotirjam ishlash va o‘z imkoniyatlaridan loaqal pen- 
siya yoshiga yetgunga qadar samarali foydalanishlari uchun imko- 
niyat berish maqsadga muvofiq bo‘lib qoldi. Davlat tilini o ‘rganish 
bo‘yicha barcha harakatlami 5-10 yilda davr talabiga mos yangi mu­
taxassislar tayyorlaydigan maktablar, texnikumlar, oliy o'quv yurtla- 
riga qaratish lozim bo‘lib qoldi.
Hamma joyda Davlat tili va yangi alifboga o ‘tish asosli o‘quv- 
uslubiy negizni yaratishni taqozo etardi. Pedagogika oliy o‘quv yurt- 
lari va universitetlarida o ‘zga tilda so‘zlashuvchilar o ‘qiydigan mak­
tablar uchun o‘zbek tili o‘qituvchilari tayyorlash bo‘yicha maxsus 
fakultetlar va bo‘limlar ochish, ilmiy-uslubiy tadqiqotlami kengay- 
tirish va chuqurlashtirish, yangi darsliklar va qo‘llanmalami nashr 
etish lozim edi.
Ushbu bayon qilingan takliflami ro‘yobga chiqarish til isloho- 
ti uchun mustahkam, o‘zaro uyg'unlikdagi qonuniy asosni vujudga
4 7 4


keltiradi. Taklif etilayotgan tadbirlar hamma yerda ancha uyushqoq- 
lik bilan, ortiqcha xarajatlarsiz davlat tiliga o‘tish imkonini beradi. 
0 ‘zbekistonda ba’zi mamlakatlardagidan farqli o‘laroq, tilga yoki 
boshqa belgilariga doir biron bir cheklash yoki senzlar belgilani- 
shi istisno etiladi. Bu xalqimiz ko‘z qorachig‘idek ardoqlayotgan 
barqarorlikni, fiiqarolar tinchligini va millatlararo totuvlikni yana- 
da mustahkamlashga ko‘maklashishini hisobga olib 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida 
« 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun yangi 
tahrirda qabul qilindi.
Bu ham mamlakatimizda aholining ma’naviy barkamolligi 
uchun xizmat qiluvchi bir omil sifatida ahamiyatga ega bo‘ldi.
Prezident I. Karimovning 2008-yili nashr etilgan «Yuksak 
ma’naviyat - yengilmas kuch» nomli kitobi esa mustaqillik yillarida 
shakllangan milliy g‘oya asosida yuksak ma’naviyatni, barkamol ja- 
miyatni barpo etish borasidagi tarixiy tajribalaming yakuni, bu soha- 
dagi strategik maqsadlarimizning o‘ziga xos konsepsiyasi vazifasini 
bajarmoqda.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin