landi. A walo buyuk shoir asarlarini keng xalq ommasiga yetkazish
uchun muhim ishlar amalga oshirildi. Uning yigirma jildlik mukam-
mal asarlar to‘plami nashr etila boshlandi. Bundan tashqari «Lison-
ut tayr», «Sab’ai sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun»,
«Hayrat-ul Abror» singari shoh asarían alohida-alohida holda bir
necha ming nusxada bosmadan chiqarildi. Bir necha ilmiy-ommabop
asarlar sovg‘a kitoblar sifatida nashr qilindi.
Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk siymosi ifoda etilgan
sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat
mukofoti ta’sis etildi. Pushkin nomidagi Adabiyot institutiga Alisher
Navoiy nomi berildi. Shoir nomi berilgan Davlat adabiyot muze-
yi yangi eksponatlar bilan boyitildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda
ulug‘ bobomizning muhtasham va purviqor haykali qo‘yildiki, bu
joy xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi.
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy qoldirgan ma’naviy me
ros bugungi kunda yangilanayotgan jamiyatimizni m a’naviy yuksal-
tirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug‘bek yili, deb e’ion
qilinishi, uning 600 yilligini 0 ‘zbekistonda va jahon miqyosida, xu-
susan, YuNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk
allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi
nishonasidir.
Dostları ilə paylaş: