Yuqoridagilar, shubhasiz mustaqillik g ‘oyalariga sodiqlik, ozod,
erkin yashashga intilish o‘zbek xalqiga xos azaliy tuyg‘u ekanligi-
ni, ayni chog‘da bunday g‘oyaga xalq har qanday sharoitda - ichki
va tashqi kuchlar tazyiqiga qaramasdan sodiqliklarini yana bir bor
namoyon qildi. Demak, istiqlol tafakkuri, mustaqillik g ‘oyasi bilan
qurollangan bunday xalqni o ‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lidan qayta-
rib bo‘lmaydi.
Davlatimiz rahbari 2007-yil 30-avgustda
Prezident devonidagi
qo‘shma majlisda « 0 ‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot
y o ii» mavzuida ma’ruza qilar ekan, shunday degan edi: «Biz bu-
gun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alo-
hida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni, kommunistik mafkura va ax-
loq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan
mafkuraviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot
bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga oigan
«ommaviy madaniyat» yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamiz-
ga ayon bo‘lishi kerak.
Bunday uzoqni ko‘zlaydigan, aniq maqsadlarga ega bo‘lgan turli
xuruj va g ‘arazli
intilishlar, xorijiy markazlar tomonidan katta kuch
va mablag‘ sarflanayotgan harakatlar va bu kabi xavf-xatarlar bizga
qanday zararli oqibatlar olib kelishidan ogoh bo‘lishimiz darkor.
Bunday balo-qazolarga qarshi kurashda, farzandlarimizning
ma’naviy dunyosini himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur?
A walo to ‘g ‘ri tarbiya, sog‘lom turmush g‘oyasi, faqatgina qattiq
iroda va iymon-e’tiqod hisobidan bunga erishishimiz mumkin.
Aynan ana shunday o ‘z kuchiga va irodasiga ishongan, keng
fikrlaydigan bilimli va madaniyatli yoshlarimiz har qanday
buzg‘unchi oqimlarga berilmasdan, hayotda o‘z yo’lini topib olishi
muqarrar».
Shu nuqtayi nazardan mamlakatimizni
mustaqillik yillari davo-
mida isloh qilish va yangilash borasida qo‘lga kiritilgan natijalar-
ni sarhisob qilinar ekan bu davrda milliy davlatchilikni shakllanti-
rish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda ham siyosiy, ham
ijtimoiy-iqtisodiy zamin yaratadi, deb aytish mumkin.
Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma’muriy-
buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakl-
lantirishning huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qo-
nun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati
tarmoqlari tashkil
etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, iq-
tisodiyotni -erkin bozor munosabatlariga o ’tkazish jarayoni amalga
oshirildi.
4 6 2
Eng muhimi, aholining ong-u tafakkurida tub o ‘zgarishlar
ro‘y berdi, ulaming uzoq yillar mobaynida kommunistik mafku-
ra va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash
tarzi va dunyoqarashi, bir so‘z bilan aytganda, odamlaming o‘zi
o‘zgardi.
Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda demok-
ratik qadriyatlami mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kela
jagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq
holda
ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda.
Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iq-
tisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o ‘zgarishlami ortga qaytarib bo‘lmasligi,
islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir.
Xullas, Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o ‘rin tutgan ush-
bu davrda tom ma’noda tub o ‘zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro
munosabatlaming teng huquqli subyektiga aylangan, jahon hamja-
miyatida o ‘zining munosib va mustahkam o ‘miga ega bo‘lgan -
0 ‘zbekiston deb atalgan yangi demokratik davlat barpo etildi. Bugun
ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh
etish va modemizatsiya qilishning yangi davri - milliy taraqqiyoti-
mizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda.
Dostları ilə paylaş: