fazilatlami takomillashtirish uchun zarur sharoit yaratishni asosiy
vazifa qilib qo'yadi. Bu bir tomondan mustaqillik sharoitida endigi-
na shakllanayotgan davlat siyosatining nechog‘li insonparvarligini
ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan davlat rahbarining siyosiy-madaniy sa-
lohiyatining nechog‘li yuksakligini, xalq m a’naviy-ruhiy ehtiyojlari-
ni naqadar chuqur o ’rganganligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga esa, bu
xalq va hokimiyat intilishlarining mushtarakligidan dalolat beradi.
Prezident I. Karimov 0 ‘zbekistonning ma’naviy rivoji negizlarini
belgilab
berar ekan, vatanparvarlik g‘oyasiga alohida urg‘u berdi.
Binobarin, Vatanni sevish xalqimizga xos azaliy qadriyat hisoblan-
gan.
Oradan ma’lum muddat o ‘tgandan so‘ng, 1992-yili dastlabki taj-
ribalami umumlashtirib Prezident I. Karimov o‘zining ikkinchi kito-
bini « 0 ‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat» nomli asarini yaratdiki,
kitobda keyingi yillarga xos bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlar, qadri-
yatlar haqida fikr yuritiladi. Jumladan, xalq ongida keskin o‘zgarish
yuz bergani,
istiqlol tufayli ona-zaminga, Vatanga mehr-muhabbatli
munosabat shakllana boshlanganligi qoniqish bilan qayd qilinadi.
« 0 ‘zbekiston mustaqillik sari yo‘l olar ekan, dastlabki kunlardanoq
o‘tmish madaniyati va qadriyatlarini tiklash, nohaq jabrlangan in-
sonlaming
nomlarini yuzaga chiqarish, milliy ongni o ‘stirish kabi
vazifalami o ‘z oldimizga oliy maqsad qilib qo‘ydik», - deyiladi ush-
bu kitobda.
Darhaqiqat, mafkurasizlik - e’tiqodsizlikka olib keladi. E ’tiqod-
sizlik esa har kimning o ‘zicha yashashiga, ko’ngil tusaganicha kun
ko‘rishiga, xayoliga kelgan ish bilan shug‘ullanishiga olib keladi. Bu
yakka-yakka shaxslaming xatti-harakatidan butun jamiyat ma’naviy-
ruhiy qiyofasining qay tarzda shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Mafkurasizlik oxir-oqibatda odamlar ongida manqurtlik, qalbi-
da, fe’l-atvorida andishasizlik va nihoyat o‘zligini
anglamaslik nuq-
sonlarini chuqurlashtiradi. Jamiyatda esa parokandalikni, beqarorlik-
ni keltirib chiqaradi. Shunday qilib odamlar hayotida fayz-u tarovat
qolmaydi.
Umumiy g ‘oya atrofida birlashish, umummanfaat yo’lida bir-
lashib kurashish maqsadlar yaxlitligini, intilishlar uyg‘unligini
ko’rsatadi. Bu o‘zbek xalqi uchun azaliy fazilat, an’anaga
aylangan
muqaddas odat.
Mustaqillikning dastlabki yillarida vujudga kelgan iqtisodiy, si-
yosiy va ijtimoiy qiyinchiliklar bir muddat odamlar ruhiyatiga salbiy
ta’sir qildi. Ulami sarosimaga solib qo‘ydi. Natijada vaziyat ancha-
muncha chigallashib, fuqarolar turmushiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
4 5 6
Endi ana shunday o‘pirilish va bo‘hronlardan chiqib olish muam-
mosi hukumat oldida ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Vaziyatning naqadar
og'irligi va murakkabligini o ‘z vaqtida
anglagan mamlakat rahbari
1993-yilning 23-aprelida bir guruh adiblar bilan uchrashdi. Oradan
ko‘p o ‘tmay u 1993-yil 6-mayda mamlakat Oliy Kengashining XII
sessiyasida mafkurasiz, aniq yo‘nalishga ega boigan g‘oyalarsiz ta-
raqqiyot bo‘lmasligini, oldimizda turgan eng muhim masalalardan
biri milliy istiqlol mafkurasini yaratish ekanligini ko‘rsatib berdi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining bir yilligiga bag‘ishlangan
tantanali yig‘ilish (1993-yil 7-dekabr) davlat mustaqilligi va inson
haq-huquqlarining kafolatini yana bir bor ko‘rsatish
bilan birga uni
m a’naviy jihatdan mustahkamlashning asosini belgilab berdi. Unda
mamlakat Prezidenti I. Karimov katta nutq so‘zlab, milliy mafkurani
milliy ehtiyoj darajasiga ko‘tardi. Barchaning diqqat-e’tiborini ana
shu muhim masalaning hal etilishiga qaratdi va
Dostları ilə paylaş: