Y e t t i n c h i b o b 0 ‘ZBEKISTONDA MA’NAVIY-RUHIY POKLANISH VA MILLIY QADRIYATLARNING TIKLANISHI 1-§. Milliy g‘oya 1991-yil oxiriga kelib, Ittifoq tarqalib ketganligi, respublika-
mizning mustaqil suveren davlat maqomiga ega boiganligi tufay-
li jamiyatda yuz bergan demokratik jarayonlarga va hurfikrlilikka
intilish xalqning milliy ongi muttasil oshib borishiga zamin yarat-
di. Shu bilan birga mavjud hodisalarga yangicha tafakkur bilan qa-
rashni taqozo qildi. Jumladan, butunlay yangi tarixiy sharoitlarda
butunlay yangicha qarashlami, munosabatlami qaror toptirish zarur
edi. Chunki 0 ‘zbekiston, o‘z kelajagini «yangilangan» federatsiya
tarkibida emas, balki mustaqil milliy davlatchilik qaror topganda-
gina o‘zining to‘la siyosiy suvereniteti va iqtisodiy mustaqilligiga
erishgandagina belgilashi mumkinligini ancha oldin tushungan va bu
borada o ‘zining qat’iy qaroriga kelgan edi. Binobarin, xalqni yangi
yoidan boshlab borish, uning qarashlari va orzu-maqsadlarini bir
yo‘nalishga burib, kuchlami uyg‘unlashtirish uchun yagona g ‘oyaviy
qurol zarur edi. 0 ‘zbekiston boshqa ittifoqdosh respublikalar ichida
birinchilardan bo‘lib o‘zini mustaqil respublika deb e ’lon qilgan edi.
Bu, albatta, 0 ‘zbekiston uchun buyuk tarixiy voqea, milliy mafkura
shakllanishida yangi davming boshlanishi edi. Bu hoi tabiiy ravish-
da kishilaming siyosiy ongi oshishiga olib keldi. Odamlar jamiyatda
yuz berayotgan o'zgarishlar shiddati oldida birmuncha gangib qo-
lishdi. Turli safsatalar, xatti-harakatlar, «g‘oyaviy» kurashlar, «xona-
ki» va ajnabiy siyosatdonlar ko‘payib ketdi. Bir maromdagi turmush
va bir qolipdagi fikrlash tarzi buzilib, sarosimalik, to‘qnashuvlar
va parokandalik kayfiyatlari kuchaya bordi. Ana shunday paytda
umumxalq va umumdavlat manfaatiga mos keladigan eng maqbul
yo‘lni tanlash, buning uchun esa mafkuraviy yakkahokimlikka bar-
ham bergan holda aholining barcha tabaqalari qatlamlarini, talab-
ehtiyojlarini m a’naviy-ruhiy chanqoqligini qondira oladigan yetuk
va barkamol g ‘oyani yaratish zarur edi.
Masalaning yana boshqa bir tomoni ham bor edi. Bu bevosita
uzoq yillar mobaynida hukmron bo‘lgan g ‘oya va aqidalardan xalos
4 5 2
bo'lish, uning bir yoqlama, havoyi, balandparvoz da’vatlaridan voz
kcchish kabi og‘ir, vaqt talab etadigan jarayon bilan bog‘liq. Endi
lufakkur tarzi va qarashlami tubdan o‘zgartirish uchun eng avva-