Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


lo,  o‘sha davming bosh mafkurachisi - sobiq kommunistik partiya  g'oyalaridan voz kechish, qolaversa, butunlay yangi, zamon talablari  va



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

lo, 
o‘sha davming bosh mafkurachisi - sobiq kommunistik partiya 
g'oyalaridan voz kechish, qolaversa, butunlay yangi, zamon talablari 
va 
ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan 
mafkurani ishga solish lozim edi. Ana shu xulosalardan kelib chi- 
qib, I.A. Karimov 1991-yil 14-sentabrda shunday fikmi bayon qil- 
di: «Biz madaniy inqilobning g‘alabasi haqida gapirmoqdamiz.
Madaniyat va san’at esa hozir og‘ir tanglikka duchor borigan.
Bu mafkuraviy zulmning oqibatidir. Partiya shu yillar mobay-
nida «sotsializmning asoslarini bunyod etish, «keng koriamda
kommunizm», «rivojlangan sotsializm» qurish bilan mashg‘ul
b oiib ketaverdi. Har xil «izm»lar, orzu-havaslar, maqsadlar ha­
qida gapirar ekanmiz, nihoyat shuni uqib olishimiz kerakki, bu
yorug‘ dunyoda insonning hayotidan ko‘ra qadrli boshqa hech
narsa yo‘q. Uning ahvoli yomon edi, hozir ham o‘zgargan emas».
Prezident o‘z fikrini davom ettirib «Kommunistik partiya bosib
origan yorini tahlil etish va unga baho berishdan maqsadimiz
shuki, har bir kishi endi nihoyat ko‘zni katta ochib, turmush-
ga razm solsin. Mafkuraviy aqidalardan voz kechsin, haqiqatga
ro‘yirost qarasin», 
degan edi.
Shu bois, respublikada mafkuraviy aqidalarga va bir qolipdagi 
safsatabozlikka bo‘ysunadigan, inson, xalq, jamiyat manfaatlariga 
putur yetkazayotgan siyosiy, mafkuraviy va davlat tuzilmalaridan 
dadil voz kechila boshlandi. Ijtimoiy adolatni, xavfsizlik, ijtimoiy 
muhofazani, millati, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, fuqarolaming 
huquq va erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni 
ta’minlashga kafolat berish talabi muhim ahamiyat kasb eta bosh- 
ladi. Demokratiyaning asosiy xususiyatiga - adolat va qonunning 
ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan choralar ko'rildi. Mamlakat va 
xalq manfaatlari yo‘lida birlashish, kuchlami uyg‘unlashtirish, bar- 
cha imkoniyatlardan ehtiroslarga berilmay aql-idrok bilan foydala- 
nish yo‘li tutildi.
Shunday bo‘lsa-da joy larda 1991-yil 31-avgustda qo'lga kiri- 
tilgan tarixiy voqea - 0 ‘zbekiston mustaqilligining ahamiyati va 
mohiyatini mafkuraviy vositalar orqali xalq ongiga yetkazishda, 
ulami istiqlolni mustahkamlash uchun fidoyilik bilan mehnat qilish- 
ga safarbar qilishda sustkashlik hollari ko‘rina boshladft Ana shun­
day sharoitda 0 ‘zbekiston mustaqilligining tashabbuskori va tash- 
kilotchisi Prezident I.A. Karimov birinchilardan bo‘lib jamiyatda
4 5 3


ma’naviy poklanishni amalga oshirish, eski aqidalardan xoli bo‘lish 
zarurligini, keyinchalik esa milliy istiqlol mafkurasini yaratish lo- 
zimligini payqadi va kunning dolzarb vazifasi qilib qo‘ydi. Ochig‘ini 
aytish kerak, mazkur muhim masalani to Prezidentning o‘zi dolzarb 
vazifa qilib ko‘tarmaguncha hech kim bu haqda jiddiy qayg‘urmadi. 
Bu o‘rinda 1992-yil 2-iyulda bo‘lgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining 0 ‘ninchi sessiyasi hujjatlarini alohida ta’kidlash lo- 
zim. Unda Prezident respublika hukumati o ‘tkazayotgan ichki va 
tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari, 0 ‘zbekistondagi ijtimoiy- 
iqtisodiy ahvol haqida axborot berdi. Ma’ruzada Prezident bozor 
munosabatlariga o‘tishda muqarrar tarzda hisobga olinadigan ijtimo- 
iy ong, ijtimoiy ruhiyat masalasiga katta e’tibor berdi. Jumladan, u 
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyotining yangi davriga kirgani- 
ga, kishilarda shubhasiz yangi tafakkur va dunyoqarashni shakllanti- 
rishni talab qila boshlaganiga e’tibomi qaratdi. 0 ‘z fikrini rivojlanti- 
rib, Prezident aw algi yakkahukmron mafkura mulkka munosabatda 
egasizlik tushunchalarini kishilar ongiga singdirib kelganini, u tad- 
birkorlikka yo‘l ochmasligini ta’kidladi.
Haqiqatan ham sho‘rolar davri mafkurasi kishilar ongiga ijti­
moiy tenglik, boshqacha qilib aytganda, boqimandalik tushunchasi- 
ni, ya’ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir 
boqadi, degan mafkurani singdirib kelgan edi. Bunday yondashish 
kishilarda tashabbusni bo‘g ‘ib qo‘yardi. Chunki kishi o ‘zining sa- 
marali mehnatidan manfaatdor bo‘lmasa unda halol mehnatga in- 
tilish, ish natijasi uchun mas’uliyatni oshirish tuyg‘usi yo‘qoladi. 
Shuning uchun ham Oliy Kengash X sessiyasida chinakam mustaqil 
0 ‘zbekiston davlatini barpo qilish yo‘lida barchaning birlashishiga 
erishish kunning dolzarb vazifasi qilib qo‘yildi. Bunday vazifani 
esa barcha uchun muqaddas hisoblangan milliy istiqlol mafkurasi, 
mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgan g ‘oyalar orqali uddalash 
mumkin edi. 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin