o‘g‘it va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash,
turli zararkunanda
hasharotlarga qarshi biologik usullami qo’llash kabi ishlami to‘g‘ri
tashkil etilganligi va o ‘z vaqtida amalga oshirilgani evaziga bo‘ldi.
Shular qatorida paxta hosilini qayta ishlash, zamonaviy texno-
logiyalardan foydalanish, eksport talablariga javob
beradigan shart-
lami qo‘yish, shu tariqa dehqonlarimizning daromadini ko‘paytirish
asosiy mezonga aylangani tufayli dunyoda o‘zbek paxtasiga bo‘lgan
qiziqish tobora kuchayib bormoqda.
Mamlakatimizda paxtachilik sohasini rivojlantirish strategiyasi-
ga muvofiq keyingi yillarda ikki yuzga yaqin to‘qimachilik korxona-
si zamonaviy asosda modemizatsiya qilindi va yangidan barpo etil-
di. Ana shunday o ‘zgarishlar natijasida yurtimizda yetishtirilayotgan
paxta hosilining 27 foizi hozirgi paytda 0 ‘zbekiston korxonalarida
qayta ishlanib, tayyor mahsulot sifatida chiqarilayotgan bo‘lsa, yaqin
kelajakda bu raqamni 55 foizga yetkazish
maqsadida yengil sanoat
tarmog’ida aniq dastur bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.
Hech
shubhasiz, iqtisodiyotimizning baquw at b o iib borayotga-
ni qishloq ahlining turmush farovonligini yuksaltirish, barcha vilo-
yatlar, turnan va qishloqlarimizda
yangi-yangi korxonalar, ko‘rkam
uy-joylar, ravon yo‘llar, yuzlab maktab, litsey va kollejlar, zamona
viy tibbiyot muassasalari barpo etilishi peshona teri bilan qilgan ana
shunday mashaqqatli mehnatning mevasi va amaliy namoyonidir.
Buni uz»qqa bormasdan, hozirgi kunda aholini ichimlik suvi bi
lan ta’minlash darajasi 84 foizga, tabiiy gaz bilan ta’minlash darajasi
esa 81,5 foizga yetgani, faqatgina joriy yilning to ’qqiz
oyi mobay-
nida respublikamiz bo‘yicha 1350 tadan ortiq umumta’lim maktabi
butunlay yangicha qiyofa kasb etgani, jumladan 65 ta yangi maktab
bunyod etilgani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Hech shubhasiz, ishlab chiqarish tarmoqlari iqtisodiyotimizning
hal qiluvchi sohasi bo‘lmish qishloq xo’jaligida ish unumi va sa-
marasini oshirish asosida birinchi navbatda qishloq hayotini yangi
bosqichga ko‘tarish, shu zaminda yashayotgan odamlaming og’irini
yengil qilish vazifalari hundan buyon ham davlatimiz, hukumatimiz-
ning doimiy e ’tibor markazida bo’lmoqda.
Odamlarda mulkka boigan munosabatni o‘zgartirish, dehqonla-
rimizda yerga egalik hissini shakllantirishga qaratilgan iqtisodiy islo-
hotlaming izchil amalga oshirilishi natijasida qishloq xo’jaligi
soha-
sida chuqur o ’zgarishlar ro‘y bermoqda. Qishloq mehnatkashlarining
dunyoqarashi o’zgarmoqda, ularda tashabbuskorlik, tadjbirkorlik, yer
hamda suv resurslariga mas’uliyat va tejamkorlik bilan munosabatda
bo’lish kabi fazilatlar yanada yaqqol namoyon bo’lmoqda.
15 - O 'z b e k is to n tarix i, 3.
4 4 9