Jumladan, fermer xo‘jaliklari tomonidan
meva-sabzavot mah-
sulotlari va uzum yetishtirishga hamda ulami qayta ishlashga ixti-
soslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi. Qishloq xo‘jaligi
sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, transport xizmati,
mahsulotlami qadoqlash, joylash va eksport
qilish hamda shu kabi
boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqarish va bozor infra-
tuzilmasi shakllanmoqda.
2008-yilga kelib fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik mahsulot-
lari ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarali shakli ekanini
hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda. Yurtimizda fermer xo‘jaliklarini
moddiy-texnik ta’minlash va moliyalash bo‘yicha bozor iqtisodiyoti
tamoyillariga to‘la javob beradigan ishonchli
tizim va mexanizmlar
shakllantirildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Har yili fer
mer xo'jaliklarini qoilab-quvvatlash uchun katta miqdorda moddiy
resurs va mablag‘lar ajratilmoqda. Faqat o‘tgan 2008-yilning o‘zida
qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirish
uchun 1 trillion so‘m, jumladan, paxta tayyorlashga - 800 milliard
so‘m, g‘alla yetishtirishga 200 milliard so‘m mablag1 avans tariqasi-
da berildi. 2009-yilda ushbu maqsadlar uchun 1 trillion 200 milliard
so‘m yo‘naltiriladi. Qishloq xo‘jalik texnikasini
lizing asosida sotib
olish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan Fond hisobidan ushbu maqsad
lar uchun o ‘tgan yili 43 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan
bo‘lsa, joriy yilda 58 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish
rejalashtirilmoqda.
Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday e’tibor
va amaliy yordam tufayli 2008-yilda fermer xo‘jaliklarining paxta
yetishtirishdagi ulushi 99,1 foizni, g‘alla tayyorlashda esa 79,2 foizni
tashkil qildi.
451