lakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur
choralar ko‘rdi.
0 ‘zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo‘yganidan buyon
o‘tgan yillar davomida ma’naviy sohada yuz bergan o‘zgarishlaming
eng muhimi, xalqning uzoq yillar mobaynida to‘plagan boy tarixiy-
madaniy merosiga e ’tiboming kuchayishi bo‘ldi.
M a’lumki, 80-yillaming oxiri 90-yillaming
boshlarida SSSR
va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik tuzum davlatlarining ijtimoiy-
siyosiy hayotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar tabiiy ravishda
0 ‘zbekistonda demokratiya va oshkoralikning qaror topishiga,
tari-
xiy haqiqatning tiklanishiga olib keldi. Biroq, 0 ‘zbekiston va uning
xalqi bu jarayonga yetib kelguniga qadar og‘ir sinovlami boshdan
kechirishiga to‘g ‘ri keldi. Buyuk imperiyachilik g‘oyalari negizi-
da zo‘ravonlik bilan tashkil topgan totalitär
tuzum siyosiy-iqtisodiy
inqirozdan jon talvasasida so‘nggi bor 0 ‘zbekistonga hamla qildi.
Xalqning azaliy, milliy qadriyatlariga qarshi kurashni har qachongi-
dan ham kuchaytirdi. Bunday harakatlar bizningcha, quyidagi holat-
lar bilan izohlanadi.
Birinchidan, 0 ‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi-
ning XVI Plenumidan so‘ng respublikada ijtimoiy-ma’naviy ahvolni
tartibga solish niqobida SSSRning boshqa mintaqalaridan jo ‘natilgan
kadrlaming ko‘plari 0 ‘zbekistonda rahbar
lavozimlarga tayinla-
nishlarini o ‘zboshimchalik qilish uchun berilgan yorliq deb bildilar.
Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini bilishni istamagan bunday
kadrlar jumhuriyat ma’naviy hayotini barbod etishga harakat qildi-
lar. Shu tariqa xalqning ko‘p asrlik an’analarini, madaniyati va urf-
odatlarini mensimaslik elni ranjitdi.
Dostları ilə paylaş: