Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Birinchidan, 
Amir Temur qadriyati mustamlakachilik yillarida 
ong-u shuurimizdan o ‘chirib tashlangan milliy tuyg‘ularimizni qayta 
tiklash, millatni millat, davlatni davlat qilish kerak. Endi tafakkur 
va tushunchalarimizdagi parokandalikkka barham berib, milliy za- 
min va milliy ruh haqqi-hurmati uchun birlashishimiz kerak. Uning: 
«Bizkim mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim millatlaming 
eng qadimi va eng ulug‘i - turkning bosh bo‘g‘inimiz», degan gap- 
lari qadimiy xalqimizning milliy tuyg‘usini, buyuk va jahonshumul 
an’analarga voris ekanligini chuqur anglashga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, 
xalqimizning milliy g‘ururini, milliy ongini yuk- 
saltirish uchun qariyb unutilgan tariximizni qayta tiklash lozim. 
Amir Temur esa ana shu ko‘hna tarixning buyuk cho‘qqisidir.
Uchinchidan, 
farzandlarimizni, kelgusi avlodni ulug‘ ajdodlari- 
mizning nomi va merosi bilan faxrlanishga o‘rgatish, ulami ana shu 
buyuk an’analaming munosib davomchilari qilib tarbiyalash, mil­
liy g‘ururini yuksaltirish uchun kerak. Shu ma’noda sohibqironning: 
«Aziz-avliyolar, sahobalar maqbaralarini, qutlug‘ qadamjolami ziyo- 
rat etmoqni ham farz, ham qarz deb bilur edim», degan gaplari bu- 
gungi kunda yurtimizda ulug‘ ajdodlarga, olim-u fozil bobolarimizga 
munosabatimizning tarixiy uyg‘unligini ko‘rsatib turibdi.
To‘rtinchidan, 
Amir Temur qadriyati bizga demokratik, huqu- 
qiy, qudratli 0 ‘zbekiston davlatini barpo etish uchun, « 0 ‘zbekiston 
- kelajagi buyuk davlat» degan g ‘oyani ro‘yobga chiqarish uchun 
kerak. Yangi jamiyat, yangi hayot, yangi tafakkur, qolaversa, bu- 
tun davlatchilik asoslarini qayta tiklayotgan bir paytda Amir Temur 
o‘zbek xalqiga tog‘day tayanch bo Tib xizmat qiladi, uning olijanob 
ishlariga beqiyos safarbarlik ruhini baxsh etadi.
Beshinchidan, 
bu benazir qadriyat mamlakatimizning jahon 
hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashi, kelgusi avlodlarga ozod va 
obod Vatan qoldirish uchun kerak.
2000-2004-yillar mobaynida Shahrisabz va Termiz shaharlari- 
ning 2700 yilligini yubileylari keng nishonlandi. 2006-yili Qarshi 
shahrining 2700 yillik to‘yi nafaqat milliy tariximiz, balki umum- 
bashariy taraqqiyot tarixida beqiyos o ‘rin egallaydigan ulug‘ ajdo- 
dimiz, buyuk davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temur bo- 
bomizning 670 yillik tavallud ayyomi bilan birga nishonlandi. Bu 
ham bevosita Sohibqiron Amir Temur nomi bilan bogTiq boTgan 
milliy madaniyatimiz va umuminsoniy qadriyatlaming o‘ziga xos 
ko‘rinishidir.
4 9 2



Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin