0 ‘sha muborak kun Qashqadaryo vohasida, xususan Shahri-
sabz - qadimiy Kesh shahrida tarixiy kun b o id i, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Bu mo‘tabar tuproq bobokalonimizga beshik bo‘lgan, uni
voyaga yetkazgan ota makon. Bu zaminning yurtboshimiz o‘z qutlov
so‘zida aytib o‘tganidek, millatimiz tarixida, shu zaminda yashayot-
gan el-ulusning boshini qovushtirishda o ‘mi beqiyosdir. Bobokalo-
nimizning Turkiston diyorini bosqinchilardan ozod qilish yo‘lidagi
jasur harakatlari aynan shu yurtdan boshlangan... Hazrati Temur o‘z
oldiga ulug‘vor maqsadlami qo‘yganida, avvalo, o ‘z eliga, o ‘z ona
yurti - Keshga ishongan va unga tayangan.
0 ‘zbekiston Prezidenti shu kuni Shahrisabzga ham tashrif bu-
yurdi. Qadimiy Oqsaroy hovlisiga ulanib ketgan ulkan may don bay-
ramona bezatilgan. Uning markazida Amir Temuming ulug‘vor hay-
kali o ‘matilgan. Shahar ahlining milliy madaniyatimiz an’analarini
tiklash borasidagi xizmatlari munosib baholandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
F A R M O N I
Shahrisabz shahrini «Amir Temur» ordeni
bilan mukofotlash to‘g‘risida
Shahrisabz shahri ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va
ma’naviy merosini, noyob tarixiy yodgorliklarini asrab-avaylash,
yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tar-
biyalash va ulami ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga
qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qo‘shgan alohida xiz-
matlami e’tiborga olib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining
660 yilligi munosabati bilan Shahrisabz shahri «Amir Temur» ordeni
bilan mukofotlansin.
Dostları ilə paylaş: