va bu mushkul vazifani ado etishga qat’iyat va shijoat bilan kirishdi.
Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy
ma’naviy va madaniy qadriyat sifatidagi imkoniyatlarini kengayti-
rish choralari ko‘rildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
F A R M O N I
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi
huzurida din ishlari bo‘yicha komitet
tashkil qilish to‘g‘risida
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» 0 ‘zbekiston
Respublikasining Qonuniga asoslanib, fuqarolaming din erkinligi va
diniy ehtiyojlarini hurmat qilib, shuningdek diniy tashkilotlar bilan
aloqalami mustahkamlash va uzviy hamkorlikni ta’minlash maqsa-
dida:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
din ishlari bo‘yicha komitet tashkil qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, komitet o ‘z faoliyatini «Vijdon erkinligi
va diniy tashkilotlar to‘g ‘risida»gi Qonun, shuningdek 0 ‘zbekiston
Respublikasining boshqa tegishli qonun hujjatlari talablariga qat’iy
amal qilgan holda olib boradi.
3. 0 ‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
din ishlari bo‘yicha komitet zimmasiga quyidagi asosiy vazifalami
hal qilish yuklansin:
- davlat organlarining respublika hududida joylashgan diniy
tashkilotlar bilan bahamjihat harakati va hamkorligini o'matish;
- diniy masalalami hal qilishda viloyatlar, shaharlar va rayonlar-
ning hokimlari bilan birgalikda yagona siyosatni o‘tkazish;
- qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan respublikadagi
diniy tashkilotlaming manfaatlarini davlat siyosatida ifoda etish.
4. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mah
kamasi ushbu Farmonga asoslanib bir hafta muddat ichida diniy ish-
lar bo‘yicha komitet to‘g‘risidagi tegishli qaromi qabul qilsin va
uning nizomini tasdiqlasin.
Dostları ilə paylaş: