«Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning ham zoye bo‘Iishini ravo ko‘rmasdi». Tarix bu ko‘hna dunyoda o ‘tgan ko‘p jahongirlami biladi. Ular-
ning aksariyati faqat buzgan. Amir Temuming ulardan farqi shunda-
ki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Uning
«Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektir- dim», degan so‘zlari fikrimizning dalilidir.
Eng muhimi, mazkur qurilishlar geografiyasi birgina Turkiston
bilan chegaralanib qolgan emas. Buning isboti sifatida Sohibqiron
qadami yetgan joylardagi tarixiy obidalami eslashning o‘zi kifoya.
Amir Temur Movarounnahr va Xurosonning shahar va qishloq-
larida, hatto Janubiy Ozarbayjon va Kobul kabi uzoq yerlarda ham
obodonlik ishlarini olib borgan, sug‘orish inshootlarini qurdirgan.
Shu ma’noda men buyuk bobomizdan qolgan har bir tarixiy
yodgorlikni, u qayerda joylashgan bo‘lmasin, xalqlami bir-biriga
bogTab turuvchi beqiyos vosita, deb bilaman.
Bir o ‘ylab ko‘raylik. Ahmad Yassaviy maqbarasi qurilganiga
olti asr boTdi. Shu vaqt ichida bu maskan dunyoning turli burchak-
laridan kelgan minglab-millionlab ziyoratchilami ma’naviy jihatdan
birlashtirib, ezgulikka da’vat etib kelmoqda.
«Agar bizning qudratimizni bilmoqchi boisangiz, qurgan binolarimizga boqing», deganda Amir Temur, eng avvalo, o ‘z xal-
qiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yangilishmagan
boTamiz.
To‘rtinchidan, har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma’rifatsiz
tasavvur qilib boTmaydi. Buni teran anglagan Sohibqiron hokimi-
yatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar bar-
po etish, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan bogTagan. Qaysi
bir shaharga tashrif buyurmasin, Amir Temur eng avvalo o ‘sha yer-
lik olim-u fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mav-
zularda bahslashar edi.
Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik so-
halarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hoi
edi. Mazkur fazilat Sohibqironning avlodlari - a^niqsa, Mirzo
Ulug‘bekka o‘tgani - shubhasiz. Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi
boTish bilan bir qatorda buyuk olim darajasiga yetishishida bobo-
561
si Amir Temuming ta’siri benihoya katta bo‘lgan. U Ulug‘bekdagi
noyob iste’dodni boshdanoq payqab, safarlarda ham yonida olib yu-
rib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan.