Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Beshinchi fikr. 
Ming afsuski, biz boshimizdan o‘tkazgan mus- 
tabid tuzum tufayli shunday bir ahvolga tushib qolgan edikki, ulug‘ 
ajdodimizning tarixi va faoliyatini, bashariyat rivojiga qo‘shgan his- 
sasini bugungi kunda xorijda - AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk 
Britaniyada, Hindiston, Turkiya, Eron, Pokiston va boshqa mamla- 
katlarda bizning o ‘zimizdan ko‘ra ko‘proq bilishadi. Bizlar - ya’ni 
Amir Temuming Vatani boTmish shu zaminda o‘sgan odamlar uning 
faoliyatini juda oz bilamiz. Aytinglar, aziz do‘stlar, bundan ham or- 
tiqroq adolatsizlik, noinsoflik boTishi mumkinmi?!
Bu holat bizning mustamlaka zulmida yashaganimizning isboti, 
bizni buyuk tarpdmizdan butunlay judo qilishga boTgan intilishlar- 
ning oqibati emasmi?
Bugun dunyoning qariyb 50 mamlakatida temurshunos olimlar 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Temur va temuriylar davri haqida ko‘plab 
kitoblar nashr etilmoqda.
Dunyo ilmiy jamoatchiligining Amir Temur shaxsiga boTgan 
yuksak e’tiborini hisobga olib, YuNESKO tashkilotining bugungi 
mo‘tabar sanaga bevosita homiylik qilayotgani ham, bizning fikri- 
mizcha, g‘oyat adolatli bir ish boTdi.
0 ‘tgan olti yuz yil mobaynida Amir Temurga bag‘ishlab yaratil­
gan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillari- 
da esa 900 ga yaqinni tashkil etadi.
Buyuk bobomizga boTgan bu qadar yuksak e’tiqod va ehtiro- 
mingiz uchun men mana shu minbardan turib sizlarga va sizlar orqa- 
li Amir Temurga izzat-ikrom ko‘rsatgan barcha insonlarga, sizlardan 
oldin yillar davomida, asrlar mobaynida bizning ulug‘ ajdodimizning 
merosini xolisona o‘rgangan va uning nomini abadiylashtirgan fidoyi 
olimlarga, ilmiy dargohlarga yana bir bor tashakkur bildiraman.
Bu olijanob ishga xorijdagi tarixchilami hech kim da’vat etgan 
emas. Bu ishlar ular uchun katta boylik va nufuz orttirish manbayi 
ham boTmagan. Ammo bu olimlaming ilmiy vijdoni, kerak boTsa,
558


insoniy vijdoni shuni taqozo qilgan. Biz bunday odamlarga, mana 
shu zalda o‘tirgan uzoq va yaqin qo‘shni davlatlaming vakillariga 
har qancha tasannolar aytsak arziydi.
Bizning bugungi asosiy vazifamiz shundan iboratki, asrlar da- 
vomida dunyoning turli mamlakatlarida Amir Temur merosiga 
bag‘ishlab yirik ilmiy markazlarda haqiqatgo‘y olimlar tomonidan 
yaratilgan tadqiqotlami chuqur o ‘rganishimiz, sizlaming kitoblarin- 
gizni taijima qilishimiz, xalqimizga, kelgusi avlodimizga tarixni xo- 
lis va haqqoniy o‘rgatuvchi darsliklar sifatida, bizning faxr-u iftixo- 
rimiz sifatida taqdim qilishimiz kerak.
Ishonchim komilki, sizlar va sizlardan oldin o‘tgan temurshu- 
nos do‘stlarimizning ilmiy jasorati, mashaqqatli mehnati bugun biz 
uchun eng katta boylikdir.
Muhtaram konferensiya ishtirokchilari!
Yana 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin