Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-yiIi Buxoroda Mirzo Ulug‘bek qurdirgan madrasa



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

1417-yiIi Buxoroda Mirzo Ulug‘bek qurdirgan madrasa
darvozasiga «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima
uchun qarz-u farzdir», 
degan so‘zlar o‘yib yozilganida judda katta 
ma’no mujassam. Xuddi shuningdek, 1433-yili Ulug‘bek tomonidan 
G‘ijduvonda barpo etilgan madrasa ne-ne avlodlarga ilm-u ma’rifat 
ziyosini tarqatgan.
Bugun ham zamin uzra savlat ko‘tarib turgan me’morchilik obi- 
dalari, masjid-u madrasalar, savdo va hunarmandlar timlari, shifoxo- 
nalar va xonaqohlar, hovuzlar, maydonlar Buxoro boshdan kechirgan 
buyuk tarixning guvohlaridir.
Buxoro nafaqat yurtimiz, balki butun Sharqning ilm markazi 
b o iib kelgan. Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn 
Sino, Mir Kulol, Boboi Samosiy, Faqnaviy, Ahmad Donish, Abdu- 
rauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev va boshqa shu kabi buyuk zotlar ye- 
tishib chiqqan, tahsil oigan bu makon bundan buyon ham ilm-u fan, 
ma’rifat va ijod beshigi bo‘lib qolaveradi.
Xalqimiz buyuk ajdodlarimiz mo‘tabar nomlarini, umuminsoniy 
ma’naviyatga va umuman bashariyat rivojiga katta hissa qo‘shgan, 
go‘zal Buxoroni bezab, unga betakror nafosat, shakl va salobat 
baxsh etib turgan imorat-u inshootlami, masjid-u maqbaralami, mad- 
rasalami, islom dinining, Sharq falsafasining o‘chmas qadriyatlarini 
bugungi avlodlarga meros qilib qoldirgan buyuk ajdodlar nomini 
abadul-abad saqlaydi.
Muhtaram do‘stlar!
Aziz mehmonlar!
Bu yil Buxoro va Xiva shaharlari 2500 yillik muborak sanalari- 
ning Parijda keng nishonlanishi, xalqaro anjuman va ko'rgazmalar 
o ‘tkazilishi, bugungi bayram tantanalarida ko‘plab xorijlik aziz meh- 
monlarimiz - olimlar, faylasuflar, tarixchilar va din peshvolarining 
ishtirok etishi o ‘lkamizning ilmiy, me’moriy va madaniy merosiga 
xalqaro jamoatchilikning tobora oshib borayotgan katta qiziqishidan 
dalolat beradi.
Tarixini bilmaganning kelajagi yo‘q, deydilar. Buxoroning bu­
gungi qutlug‘ ayyomi, eng aw alo, o‘tmishga ehtirom va buyuk 
ajdodlarimiz xotirasiga hurmatimiz namoyishidir.
566


Elim deb, yurtim deb, kelajagini o‘ylab zahmat chekkan, Vata- 
nimiz ozodligi y o iid a kurashgan, millatimiz ravnaqi uchun umrini 
bag‘ishlagan, o ‘zidan obod shahar-u vohalar, betakror go‘zal yod- 
gorliklar qoldirgan ajdodlarimiz mehnatini yuzaga chiqarish, ulami 
qadrlash, ruhi poklarini shod qilish, ezgu ishlarini davom ettirish biz 
uchun, bugungi avlod uchun ham farz, ham qarzdir.
Buxoroning 2500 yilligi shu yurtda yashayotgan har bir fuqa- 
roni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlash- 
ga, uni ko‘z qorachig‘idek avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor 
qilishga o‘rgatadi. 0 ‘zimizning boy o ‘tmish merosimizdan madad 
va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini 
uyg‘otib, bugungi avlod kimlaming avlodi, kimlaming zoti va voris- 
lari ekanini anglashga undaydi.
Bu tantanalar biz bugun mustaqillikka erishgan yagona bir xalq 
sifatida buyuk kelajak sari intilayotganimiz shunchaki orzu-havas 
bo‘lmay, balki xalqimizning tarixiy salohiyati, asrlar davomidagi 
davlatchiligi, madaniyati va qudratidan kelib chiqib qo‘yilgan aniq 
maqsad ekanini tasdiqlaydi.
Bu masalaning yana bir tomoni borki, uni aytib o ‘tmasdan 
boim aydi deb o'ylayman. Biz bugun istiqlol yo‘lida, ozod va obod 
Vatanimizni qurish yo‘lida dadil qadam qo‘yayotgan damlarda, 
bizning shu intilishlarimizni ko'rolmay digan, yo‘limizni to‘sib ol- 
moqchi hpigan yovuz kuchlar tariximizni chalg‘itib ko‘rsatishga, 
yolg‘on gaplami ko‘tarishga, shu saxovatli yerda yashayotgan millat 
va elatlar orasiga adovat urug‘ini sepishga harakat qilayotganlaming 
to‘g‘ri bahosini bermog‘imiz darkor. Shuning uchun ham tarixiy ha- 
qiqatni bilish, uni muhrlash, yosh avlodga xolisona yetkazish chuqur 
ma’noga ega.
Bu shunday haqiqatkim, ba’zi ashaddiy millatchilik yo‘liga o ‘tib 
oigan, o‘zgalami ko‘rolmaydigan, hasad bilan yashaydiganlaming 
kuchini qirqadi, boshqalaming tinchligini buzish niyatida osoyishta 
taraqqiyot yo‘liga g ‘ov bo‘ladiganlaming tomirini qirqadi. Farzand- 
larimizning ko‘zini haqiqatga ochib beradi. Haqiqiy tarix 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin