Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Dunyodagi barcha qishloq-
570


lar jamlanib, Xorazmning birgina Zamahshar qishlog'iga fldo
bo‘lsa arziydi. Chunki bu qishloq ming yillarda bir marta kelishi
mumkín bo‘lgan buyuk Mahmud az-Zamahshariydek allomani
dunyoga keltirdi», 
deb tasanno aytgan edi.
Bundan ming yil muqaddam odamzod tarixidagi ilk Akademiya- 
lardan bo‘lmish -
Ma’mun Akademiyasi 
Xorazm zaminida tashkil 
topgani bilan har qancha faxrlansak arziydi, albatta. 0 ‘ylaymanki, 
biz M a’mun akademiyasini Xorazm zaminida qaytadan tashkil et- 
sak, ko‘p ulug‘ ish bo‘lur edi.
Xorazm va Xiva zaminida yashagan 
Pahlavon Mahmud, Sul-
ton Vays, Nosiriddin Rabg‘uziy, Sulaymon Bog‘irg‘oniy, Baho-
uddin Valad va uning buyuk farzandi Jaloliddin Rumiy, Abulqo-
sim Ali Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis,
Ogahiy, Bayoniy, Safo Mug‘anniy, Chokar, Sheroziy, Hojixon,
Bola baxshi 
kabi o ‘nlab va yuzlab allomalar, shoirlar va san’atkorlar 
nomini biz - bugungi avlod vakillari cheksiz ehtirom bilan tilga ola- 
miz va boshimizga ko‘taramiz.
Biz bugun Xivaning 2500 yillik tarixiga nazar solar ekan- 
miz, tarixning eng suronli davrlarida ham ajdodlarimiz ozodlikka, 
m a’rifatga, yaratuvchilikka intilib yashaganlariga guvoh bo‘lamiz. 
Bugun salobat bilan ko‘kka bo‘y cho‘zib turgan tarixiy yodgorliklar, 
nodir obidalar va osori-atiqalar shundan dalolatdir.
Zero,¿jadim zamonlarda Sharq va G ‘arbni tutashtiruvchi Buyuk 
Ipak yo‘li mana shu makondan o ‘tgan. Bu yo‘l nafaqat savdo 
ko'prigi vazifasini bajargan, balki uzoq asrlar davomida turli millat 
va mazhablarga mansub kishilami o ‘zaro yaqinlashtirgan, turli xalq- 
laming ilm-u fanini, madaniyatlarini o‘zaro boyitgan.
Har qanday millat ham Xivaday maskanni yaratgan va asrlar 
mobaynida e’zozlab saqlagani uchun g ‘ururlanishga haqlidir. Chun­
ki Xiva yurtimizni ziynati b o iib qolmay, umumbashariy sivilizat- 
siya uchun ham xizmat qilgan, bundan buyon ham xizmat qiladi. 
Ichanqal’a va Dishanqal’a majmui, xususan, Sherg‘ozixon, Muham­
mad Rahimxon, Isfandiyorxon madrasalari xalqimizning asrlar da­
vomida avloddan-avlodga o ‘tib kelayotgan yuksak salohiyati, nafis 
mahoratiga, milliy madaniyatimizga qo‘yilgan bebaho yodgorlikdir.
Aziz vatandoshlar!
Fursatdan foydalanib, yana bir masalaga diqqatingizni qaratish- 
ni istardim. Mustamlakachilik yillarida xalqimizning siyosiy tarixi 
har tomonlama yerga urib kelindi, ta’qib ostiga olindr- Butun jahon- 
ga nomi ketgan allomalami va mutafakkirlami savodsiz, johil, ilm-u 
m a’rifat dushmani deb tahqir etishga urindilar.
571


Barchamizga yaxshi ma’lum: Xivaning madrasalarida ilm- 
fan cho‘qqilarini zabt etgan, mana shu ziyo va bilim maskanlarida 
ta’lim olgan olim-mutafakkirlar, din peshvolari nafaqat 0 ‘zbekiston 
va 0 ‘rta Osiyo tarixida, dunyoning uzoq-uzoq yurtlarida ham o‘z 
mo‘tabar nomlarini, o‘chmas izlarini qoldirgandir. Buni hech kim 
inkor qila olmaydi, deb o ‘ylayman.
Ming bora shukronalar bo‘lsinkim, adolat yana qaror topdi. Bu- 
yuk ajdodlarimizning nomlari yana tiklandi.
Vatanimiz tarixida siyosiy jihatdan qudratli, iqtisodiy faro von 
saltanatlar boiganiga va ularda ilm, madaniyat-ma’rifat keng rivoj 
topganiga bugun hech kim shak keltirolmaydi.
Shu ma’noda, xorazmshohlardan Otsiz, Tekish, El Arslon, Sul- 
ton Muhammad, Xiva xonlaridan Abulg‘oziy Bahodirxon, Muham­
mad Rahimxon (Feruz) va boshqalaming fozil insonlar, ma’rifatli va 
yetuk siymolar bo‘lganlarini eslab o‘tishimiz joizdir.
Muhtaram do‘stlar!
Bugungi tantanalar - qadimiy Xivaning 2500 yillik to‘yini 
nishonlashimiz ma’naviy islohotlarimizning uzviy bir qismidir.
Xivaning to‘yi yosh avlod qalbida o ‘zligini anglash, bebaho 
merosimizga vorislik, xalq yaratuvchilik dahosiga hurmat, bunyod- 
korlik ishlariga rag‘bat tuyg'ularini uyg‘otishiga ishonaman. Xiva­
ning to‘yi xalqimizning o‘z o‘tmishiga, milliy qadriyatlarga samimiy 
izzat-ehtiromini yanada kuchaytirmog‘i muqarrar.
Biz bugun har bir intilish - tashabbusimizda, oldinga qo‘yilgan 
har bir qadamimizda ajdodlarimizning uyg‘oq va madadkor ruhini 
sezib turibmiz.
Shu nuqtayi nazardan, Xivaning to‘yi faqatgina tariximiz- 
ning bebaho sahifalarini tiklash, madaniyatimizni boyitish yo‘lida 
xizmat qilib qolmay, balki bevosita oliy maqsadimiz - kelajagi 
buyuk davlatimiz poydevorini shakllantirib, o‘zimizning milliy 
an’analarimizga suyangan dasturlar asosida taraqqiy topgan de- 
mokratik davlatlar qatorida jahon hamjamiyatiga kirib borishiga 
xizmat qilajak.
Men shuni alohida g‘urur va mamnuniyat bilan aytamanki, 
asriy va betakror obidalar, ming yillik an’analar bilan bir qator- 
da, Xorazmning yana bir ulug‘ va ulkan boyligi bor. Bu boylik -
shu muqaddas zaminda yashab kelayotgan oq ko‘ngil, bag‘rikeng, 
mehmondo‘st, lafzi halol insonlardir. Xorazmni Xorazm qilib, 
uning shuhratiga shuhrat qo‘shib, dovrug‘ini dunyoga taratayot- 
gan shu elning aql-zakovati, omilkorligi, bilim va tajribasi, sabot- 
matonatidir.
572



Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin