Q a d i m d a n d e h q o n c h i l i k m a d a n iy a t in i g u r k ir a b r iv o j l a n t ir g a n
X o r a z m n i n g m ir i s h k o r d e h q o n la r i s a l o h i y a t i t o ‘g ‘r i s id a a lo h id a
t o ‘x t a s h n i is t a r d im .
0 ‘zingiz o ‘ylang, miloddan aw algi VIII-VII asrlardayoq uzun-
ligi 6 0 -7 0 kilometr, eni 3 5 ^ 0 metr bo‘lgan kanallardan iborat mu-
rakkab v a ulkan sun’iy sug‘orish tizimlarini yaratib, dehqonchilik
qilgan k o ‘hna Xorazm ahli zakovati va matonatiga qoyil qolmay
bo‘ladimi!
Qush uchsa qanoti kuyadigan Qoraqum sahrosi bilan yil o‘n
ikki oy mardona olishib, har bir tomchi suvni gavhardek avaylab
mo‘l hosil yetishtirish har qanday dehqonning ham qoiidan kela-
vermaydi. Bunga faqatgina dehqonchilik ilmining piri bo‘lib ketgan
xorazmlik mirishkorlargina qodir.
Agar mendan haqiqiy qahramonlik namunasi nima deb so‘-
rashsa, xorazmlik oddiy dehqonning har kunlik mehnati qahramon-
likdir, deb javob bergan bo‘lardim.
Mana, bu yil ham Xorazm ahli paxta tayyorlash bo‘yicha yillik
rejani mamlakatimizda birinchi bo‘lib ado etdi. Bu g‘alaba haqiqatan
ham Vatanimiz nishoni bo‘lmish go‘zal Xivaning 2500 yillik to‘yiga
munosib tuhfa bo‘ldi.
Bugungi fursatdan foydalanib, siz - aziz Xorazm dehqonlarini,
barcha Xorazm ahlini mana shu to‘yona bilan yana bir karra mubo-
rakbod etishga ruxsat bergaysiz.
Buyuk ajdodlar xotirasiga cheksiz hurmat-ehtirom xorazmlik-
lar tabiatining o‘ziga xos jihatidir. Voha ahli mustaqillik yillarida
yana bir ezgu va savob ish bilan mamlakatga namuna bo‘ldi: vi-
loyatda xalqimizning atoqli namoyandalari sharafiga 20 dan ziyod
bog‘lar bunyod etildi. Navoiy bog‘i, Qodiriy bog‘i kabi jozibador
go‘shalar ijod va yaratuvchilik tuyg‘usiga oshno bo‘lgan har bir in-
sonni bag‘riga chorlamoqda.
Iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham xorazmliklar shaxdam
qadamlar qo‘ymoqda. Mamlakatimizdagi eng yirik qand zavodi qu-
rilishi jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda, qancha-qancha yangi
korxonalar ishga tushmoqda. Urganch aeroporti qayta ta’mirlandi.
Urganchdan to Xivaga qadar 34 kilometrli trolleybus yo‘li ishga
tushdi.
Xiva shahri ta’mirlanib, yangi chiroy va sayqal kasb etdi. Bu
xayrli ishlari uchun Xorazmning saxovatli quruvchi va me’morlariga,
barcha mehnatkashlariga samimiy tashakkur biTdirib, ularga sihat-
salomatlik, ezgu ishlarida omad tilamoqchiman.
573
Muhtaram do‘stlar!
Aziz mehmonlar!
Biz, 0 ‘zbekiston ahli, shuni yaxshi anglaymizki, dunyodagi
barcha xalqlaming kelajagi bashariyat o‘zining butun tarixi davomi-
da yaratgan buyuk umuminsoniy qadriyatlami chuqur anglash, avay-
lab asrash va yanada rivojlantirishga bog‘liqdir.
Yangi ming yillikka qadam qo‘yar ekan, ulug‘ madaniy va
ma’naviy an’analaming vorisi bo‘lmish bizning xalqimiz o‘z istiq-
bolini dunyo hamjamiyatiga kirish, butun sayyoramizda tinchlik va
barqarorlikni mustahkamlash bilan chambarchas bog‘langan holda
ko‘radi.
Bugun o ‘tkazilayotgan tantanalar ham, bu tantanalarda jahon-
ning turli mintaqalaridan kelgan buyuk olimlar, tarixchilar, davlat va
jamoat tashkilotlari arboblari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yu-
NESKO rahbariyatidan vakolatli mehmonlar qatnashayotgani ham
buning yaqqol dalolati va isboti, deb bilaman.
Xivadagi mangulikka daxldor obidalar o‘zbek xalqining nasl-
nasabi qadimiy va mo‘tabar ekanligini dunyoga ko‘z-ko‘z qilib tu-
ribdi. Biz bundan g ‘ururlanish bilan bir qatorda, zimmamizda chuqur
ma’naviy mas’uliyat yukini ham his etmog‘imiz darkor.
Bu mas’uliyat - otameros yurtimizni jon-dildan sevish, asrab-
avaylash, kelajak avlodlarga yanada go‘zal, yanada obod qiyofada
yetkazish burchidir.
Shunday muqaddas va mo’tabar diyorda tug‘ilishning o‘zi katta
baxt.
Komil ishonch bilan ayta olamanki, bizning ozodligimiz, hurri-
yatimiz qudrati bilan butun mamlakatimiz, jumladan, Xorazm vohasi
ham hademay o ‘z taraqqiyotining yangi va yuksak davriga kiradi.
Bu tabarruk zamindan yetishib chiqadigan yuzlab xorazmiylar,
beruniylar, zamahshariylar o ‘zlarining tengsiz salohiyati bilan jumlai
jahonni hayratga soladi. 0 ‘zlariga qanot bergan Xorazm diyori shon-
shuhratiga munosib hissalarini qo‘shadilar.
Bizning bugungi bunyodkorlik ishlarimiz, hayotning barcha so-
halarida amalga oshirayotgan islohotlarimiz, buyuk tariximiz, beqi-
yos ma’naviy merosimiz ana shu ishonchga mustahkam poydevor
bo‘lib xizmat qiladi.
Aziz vatandoshlarim, do’stlarim!
Xivaning qutlug1 to‘yi bilan har biringizni yana bir karra chin
dildan qutlab, barchangizga eng ezgu tilaklarimni izhor etaman!
Ona 0 ‘zbekistonimiz, muqaddas Xorazm zamini gullab-
yashnasin, fayz-u barakaga to’lsin!
5 7 4
0 ‘tmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahar - mil-
latimizning faxr-u iftixori bo‘lmish go‘zal Xivamiz dunyo turguncha
tursin!
Xalqimizning, millatimizning shon-shuhrati yanada ziyoda
bo‘lsin!
Baxt, omad - yorimiz, Alloh - madadkorimiz bo‘lsin!
Dostları ilə paylaş: |