Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə315/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

1 9 9 9 - y il 6 -n o ya b r.
T erm iz s h a h r i
Imom Moturidiy tavalludining ИЗО yiUigiga bag‘ishlangan
tantanali marosimda so*zlangan nutq
Bismillohir rahmanir rohim.
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Qadimiy va betakror Samarqand zaminida, mana shu muborak 
kunda siz, aziz yurtdoshlarimni, uzoq-yaqindan kelgan mehmonlami 
yana bir l^or chin qalbimdan samimiy qutlab, barchangizga o ‘z hurma- 
timni bildirib, bag‘oyat mamnun bo’lganimni izhoretmoqchiman.
Qadrli do‘stlar!
Kuni kecha biz ko‘hna Marg'ilonda buyuk bobomiz Burhonid- 
din M argiloniyning tavallud ayyomini o‘tkazib, u! zotning ruhi pok- 
larini shod etgan boisak, bugun yana bir ulug‘ alloma - Imom Abu 
Mansur Moturidiy hazratlarini xotirlab, bu benazir siymo oldidagi 
insoniy burchimizni ado etmoq uchun bu yerga yig'ildik.
Diyorimizda Imom Moturidiy va Burhoniddin Marg‘iloniyning 
tavallud ayyomlari bir paytda o ’tayotganida chuqur ramziy ma’no 
bor.
Bu ma’no, avvalambor, bu aziz insonlaming ibratli taqdirida, 
ulaming ilm-ma’rifat va ezgulikka bag’ishlangan hayotida, muqad- 
das dinimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga qo’shgan ulkan his- 
salarida mujassamdir.
Hayotining mazmuni, olijanob intilishlari mushtarak boigan bu 
ikki ulug‘ zotning mana shu muqaddas makon - Chokardiza qabris- 
tonida mangu orom topgani, xoki poklari yonma-yon yotganini ham 
Yaratganimizning qudrati va marhamati, deb bilamiz.
593


Va nasib etsa, Burhoniddin Marg‘iloniy bobomizga, u zot taval- 
lud va kamol topgan Rishton va Marg‘ilonda barpo qilingan muh- 
tasham majmui singari, shu muqaddas joyda ham yodgorlik bunyod 
etamiz.
Qadrli do‘stlar, aziz mehmonlar!
Bugungi marosimdan foydalanib, Alloh taoloning nazari tush- 
gan shu tabarruk zaminda yashab o ‘tgan, islom falsafasi, islom aqi- 
dalarini ilmiy asoslash, muqaddas dinimizni sof va pok saqlash, uni 
ulug‘lash va targ‘ib-u tashviq etishga beqiyos hissa qo‘shgan vatan- 
doshlarimizni, shu tuproqda unib-o‘sgan aziz avliyolami yana bir 
bor yod etsak, ulaming xotirasiga yana bir bor ta’zim qilsak, o'rinli 
bo‘ladi, deb o ‘ylayman.
Islom dunyosining ustunlari bo‘lgan Imom Zamahshariy, 
Imom Termiziy, Imom Nasafiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdu- 
xoliq G‘ijduvoniy, Shayx Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqsh- 
band, Xoja Ahrori valiy kabi ko‘plab mumtoz zotlaming hayoti 
va faoliyati bizning yurtimizni nafaqat musulmon olamida, balki 
Mag‘rib-u Mashriq dunyosida mashhur etganidan haqli ravishda 
g‘ururlanamiz.
Bu ulug‘ zotlar qatorida buyuk ajdodlarimiz bo'lmish hadis 
ilmining sultoni Imom Buxoriy, kalom ilmining sultoni Imom Motu- 
ridiy, o‘lmas «Hidoya» asarining muallifi shayxulislom Burhoniddin 
Marg'iloniy bobolarimiz alohida o‘rin tutadi.
Muhtaram birodarlar!
Imom Moturidiyning faoliyati va ta’limoti haqida gapirar ekan- 
miz, aw alo, bir masalani aniqlab olish lozim: uning merosini nima 
uchun ulug‘laymiz, nima uchun qadrlaymiz, nima uchun bugun ham 
bu merosning hayotiy ta’sirini sezamiz?
Shuni alohida ta’kidlash joizki, agar biz islom tarixiga na- 
zar tashlasak, bu ilohiy dinni anglash, uni tushunish, tushuntirish, 
targ‘ib qilish va pokligini saqlash borasida asrlar mobaynida ko‘p- 
ko‘p bahs-munozara va tortishuvlar, hatto jang-u jadallar ham bo‘lib 
o ‘tganini ko‘ramiz.
Uzoq tariximiz davomida ba’zi bir razil kuchlar mo‘min- 
musulmonlami chalg‘itib, o ‘zlarining g ‘arazli maqsad va manfaat- 
lariga erishmoq uchun ulami tanlagan yo‘lidan qaytarishga ne-ne 
harakatlar va zo‘ravonliklar qilib kelganiga ham guvoh bo‘lamiz.
Shuning uchun ham musulmon jamiyati islom dinimizni asrab- 
avaylab, uning m a’no-mazmunini odamlarga to ‘g ‘ri va xolis yetka- 
zib beradigan, ulami hidoyat yo‘liga boshlaydigan fozil shaxslarga 
doimo katta ehtiyoj sezib kelgan.
5 9 4


Aytish mumkinki, Imom Moturidiy hazratlari ana shunday tari- 
xiy zarurat natijasida maydonga chiqqan mumtoz siymo, ulug‘ al- 
lomadir. Buyuk bobomiz yashagan davrda har turli diniy firqa va 
oqimlar o‘rtasida g ‘oyaviy qarama-qarshiliklar, ziddiyat va nizolar 
kuchayib, qonli mojarolar avj oigan edi.
Mo‘min-musulmonlar uchun bag‘oyat xatarli va tahlikali ana 
shunday bir vaziyatda hazrati Moturidiy zo‘r matonat, avlodlarga 
ibrat bo‘ladigan fidoyilik namunasini ko‘rsatdi.
U1 zot Alloh taolo o ‘ziga ato etgan beqiyos aql-zakovat va ilm 
bilan to‘g‘ri yo‘ldan adashgan oqimlarga qarshi kurash olib bordi.
Lekin bu kurashda u g ‘animlarga qarshi kuch ishlatib, qilich 
yalang‘ochlab jang qilgani yo‘q.
Alloma bugungi kunda ham o ‘z ahamiyati va ta’sirini 
yo‘qotmagan hayotbaxsh kuch, ya’ni g‘oyaga qarshi g ‘oya, jaho- 
latga qarshi ma’rifat yo‘lini tanladi va umrining oxiriga qadar shu 
yo‘Ida sobit qoldi.
U johil kuchlaming tahdid va tajovuzlaridan qo‘rqmay, hidoyat 
y o iin i yo‘qotgan firqalarga qarshi keskin raddiyalar bitdi. Hazrat 
Moturidiyning asarlaridagi ilmiy asos va mantiq qudrati shu qadar 
kuchli ediki, uni hatto allomaning muxoliflari ham oxir-oqibatda tan 
olishga majbur bo‘ldilar.
Shuning uchun ham Moturidiy bobomiz islom olamida «Musul- 
monlaming ^ ’tiqodini tuzatuvchi» degan yuksak sharafga sazovor 
bo‘ldi.
Mana shu ma’noda, bu mo‘tabar zot o‘zining teran ilmi, pok 
e’tiqodi, sabot va matonati bilan islom dinining sofligi uchun kura- 
shar ekan, kelajak avlodlar manfaatini, siz-u bizni ham himoya qil- 
gan, deb ishonch bilan aytishga haqlimiz.
Buyuk bobomizning butun islom olami, o ‘z xalqi, o ‘z Vatani ol- 
didagi yana bir ulkan xizmati shundan iboratki, ulug‘ vatandoshimiz 
e’tiqod ilmi - muqaddas dinimizni qanday tushunish va unga qanday 
amal qilish ta’limotini yanada rivojlantirdi. Islom dinining insonpar- 
varlik mohiyatini xalqning milliy urf-odatlari, asriy an’analari bilan 
uyg‘unlashtirdi.
Hazrati Moturidiyning o ‘ninchi asrdayoq diniy g‘oyalari g ‘arazli 
maqsadlar yo‘lida qurolga aylantirish, mutaassiblik va johillik 
botqog‘iga botib qolish qanchalik xatarli ekanini asoslab bergani biz 
uchun ayniqsa muhimdir.
Alloma bobomiz: «Din yoiidagi barcha adashu>daming bosh 
sababi - riyokor kimsalarga ko‘r-ko‘rona ergashishdadir», degan edi.
Bu so‘zlaming naqadar haqqoniy ekanini, hanuz o‘z ahamiyati-
595


ni yo‘qotmaganini bugun dunyoda ro‘y berayotgan yuzlab voqealar 
misolida yaqqol ko‘rib turibmiz.
0 ‘zingiz o‘ylang, aziz do‘stlar, birodarlar, jahonning tur- 
li burchaklarida diniy nizolar asosida sodir etilayotgan qonli 
to‘qnashuvlaming aksariyati aqidaparastlik, soxta g'oyalarga ko‘r- 
ko‘rona ergashish, nodonlik va johillik oqibati emasmi?
Muhtaram vatandoshlar!
Imom Abu Mansur Moturidiy qoldirgan merosning yana bir ib- 
ratli tomoni shundaki, u diniy e’tiqod borasida ashaddiylik, toqat- 
sizlikni rad etadi, mo‘tadillik va bag‘rikenglikni yoqlab chiqib, bu 
muhim tamoyilni jamiyat hayotining mezoniga aylantirishga intiladi.
Alloma, har bir insonning hayoti Yaratgan tomonidan belgilana- 
di, lekin odamzodga yo‘l tanlash ixtiyori ham berilgan, binobarin, u 
o ‘z xatti-harakatlari va qilmishlari uchun avvalo Parvardigor oldida, 
xalq va jamiyat oldida mas’uldir, degan fikmi qat’iy turib himoya 
qiladi.
Imom Moturidiy ta’limoti ana shu insonparvarlik mohiyatiga 
ko‘ra, insoniyat hayoti va taraqqiyotini yaxshilik va poklik sari, ado- 
lat sari yo‘naltirishga, odamlami millati, tili, dinidan qat’i nazar, 
o ‘zaro ahil, bahamjihat, mehr-oqibatli bo‘lib yashashga da’vat etadi.
Bu mo‘tabar siymo o‘zining «Kitob ut-tavhid», «Kitob ul- 
ta’vilot» kabi o ‘lmas asarlarida xalqimizga mansub bag‘rikenglik, 
olijanoblik va taraqqiyparvarlik kabi ulug‘ fazilatlami yorqin namo- 
yon etgani bilan ham bizga ayniqsa qadrlidir.
U1 zot asos solgan diniy ta’limot - Moturidiyya maktabi Sharq 
mamlakatlarida katta shuhrat topishiga bo‘lgan sabab shuki, unda 
ilgari surilgan g ‘oyalar islom dinimizning mohiyatini to‘g ‘rilik, ez- 
gulik, insoniylik, deb biladigan jamiki mo‘min-musulmonlaming 
qarashlari va intilishlari bilan hamohang edi.
Shu bois Moturidiyya maktabida ta’lim oigan turli millat va- 
killari bo‘lmish olimlar, Hazrat Moturidiyning minglab izdoshlari
ma’naviy shogirdlari uning ta’limoti va merosini dunyoning ko‘p- 
ko‘p mamlakatlarida targ‘ib-u tashviq etib, yanada rivojlantirdilar.
Hunnatli birodarlar!
Bugungi kunda, yigirma birinchi asr bo‘sag‘asida, bashariyat 
murakkab taraqqiyot jarayonini boshdan kechirayotgan bir paytda 
diniy bag‘rikenglik, turli dinlarga mansub xalqlar o‘rtasida mulo- 
qot va amaliy hamkorlikni kuchaytirish nihoyatda dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda.
Shu m a’noda, Imom Moturidiy bobomizning: «Agar odamlar 
yaxshilik yo‘lida birlashsa, Yaratganimiz ulardan o‘z marhamatini
5 9 6


darig‘ tutmaydi», degan hikmatli so‘zlarida bizning zamonamiz uc- 
hun ham ibratli saboqlar bor, desak, xato boMmaydi.
Bugun bobomiz Imom Moturidiyning faoliyati va qoldirgan be- 
nazir merosi haqida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda bu merosni 
yanada chuqurroq o‘rganish, bu zotga katta ehtirom bilan qarab, 
tadqiqotlar olib borayotgan xorijiy olimlaming, birodarlarimizning 
ko‘mak va yordami bilan allomaning hozircha topilmagan bebaho 
asarlarini nafaqat 0 ‘zbekiston, balki barcha musulmon mamlakat- 
larida izlash, ulami tahlil etish, zamondoshlarimiz va yosh avlodlar- 
ga yetkazish barchamiz uchun ham farz, ham qarz ekanini alohida 
ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Shu fursatdan foydalanib, Imom Moturidiy bobomizni ziyo- 
rat qilmoq niyatida o‘z qimmatli vaqtlarini ayamasdan uzoq-yaqin 
o ‘lkalardan yurtimizga tashrif buyurgan, ushbu marosimda ishtirok 
etayotgan aziz mehmonlarimizga butun xalqimiz nomidan, Imom 
Moturidiyning bugungi avlodlari nomidan beqiyos hurmat va ehtiro- 
mimizni izhor etishdan baxtiyorman.
Muhtaram yurtdoshlar!
Aziz mehmonlar!
Buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini tiklash, qadr-qim- 
matini joyiga qo‘yish, ulaming qadamjo va ziyoratgohlarini obod 
qilishdek baxt siz bilan bizga nasib etganidan har birimiz haqli ra- 
vishde faxrlanamiz.
Qadimiy zaminimizdan o‘tgan bu ulug‘ zotlaming yana bir xo- 
siyati shundaki, ulaming sharofati bilan tabarruk maqbaralar, tarixiy 
obidalargina emas, balki milliy tafakkurimiz, ma’naviyatimiz, milliy 
g ‘ururimiz, eng muhimi, xalqimizning tarixiy xotirasi qayta tiklan- 
moqda.
Muhtaram do‘stlar! Birodarlar!
Samarqand ahli o‘z qadimiy tarixiga ixlos qo‘ygan, o‘zidan 
o ‘lmas meros qoldirgan ulug‘ mutafakkirlari, alloma va aziz- 
avliyolarining muborak nomlarini e’zozlab, ulaming xotirasini tik­
lash yo iid a savob ishlari bilan o‘mak bo‘lib kelayotgan saxovatli 
xalqdir.
Samarqand tuprogini aziz bilib, uni sevib-ardoqlab, bir umr shu 
yerda muqim yashagan, o‘zining mislsiz faoliyati bilan shu muqad- 
das zaminni butun dunyoga mashhur etgan, ezgu duolari bugun ham 
bizga kuch-quwat bag‘ishlab turgan Abu Mansur Moturidiy bobo- 
mizga ko‘rsatayotgan hurmat-ehtiromimiz ana shu buyuk ixlosning 
yana bir dalolatidir.
Mana shu muhtasham yodgorlik majmuining g ‘oyat qisqa fur-
5 9 7


satda - to‘rt oy davomida bunyod etilgani ham ul tabarruk zotga 
bo‘lgan xalqimiz mehr-oqibatining ifodasi, deb bilamiz.
Fursatdan foydalanib, Imom Moturidiy bobomizning muborak 
maqbarasini qaytadan tiklab, bu joyni qutlug1 ziyoratgohga aylan- 
tirish yo‘lida sidqidildan mehnat qilgan me’mor va muhandislari- 
mizga, qo‘li gui usta va quruvchilarimizga samimiy minnatdorchilik 
bildiraman.
Aziz zotlaming nomlarini ulug‘lab, maqbaralari va qadamjolari- 
ni tiklab, asrab-avaylab obod etaversak, Samarqand nafaqat sayyoh- 
lar makoniga, balki butun dunyodan ziyoratchilar intilib keladigan 
qutlug‘ bir maskanga aylanishi muqarrar.
Hamisha oliyjanob ishlaming bunyodkori bo‘lgan, o ‘zining 
mehnati, qalb saxovati bilan mana shunday savob ishlarga munosib 
hissa qo‘shib kelayotgan Samarqand ahli bilan, siz qadrli hamsha- 
harlarim bilan har qancha g ‘ururlansam arziydi.
Aziz vatandoshlarim!
Bugungi shukuhli daqiqalarda Imom Moturidiy bobomizni xo- 
tirlab, yana bir bor farzandlik hurmatimizni izhor etar ekanmiz, ul 
zotning ruhi poklari shod bo‘lsin, yurtimiz doimo tinch, xalqimiz 
doimo omon bo‘lsin, deya tilak qilamiz.
Bu tabarruk zamindan qut-baraka, mehr-oqibat arimasin!
Barchamizni Parvardigorimiz o‘z panohida asrasin!

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin