2 0 0 0 - y i l 1 6 - n o y a b r
Jayhun sohilidagi boqiy shahar
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va j anoblar!
Bugun siz azizlar bilan xalqimiz hayotidagi yana bir unutilmas
voqea - qadimiy Termiz shahrining 2500 yillik to‘yi munosabati
bilan shu qutlug1 zaminda diydor ko‘rishib turganimdan behad bax-
tiyorman.
Go‘zal yurtimizda bahor nafasi kezib yurgan mana shunday
yorug‘ va fayzli kunlarda ushbu tantanali marosimga uzoq-yaqindan
tashrif buyurgan yurtdoshlarimizni, muhtaram mehmonlarimizni,
bag‘rikeng £urxon ahlini, barcha-barchangizni shu tarixiy sana bilan
chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bugungi tantanada ishtirok etayotgan UNESKO xalqaro tashki-
loti hamda diplomatik korpus namoyandalariga, xorijiy mamlakat-
laming olimlari va ommaviy axborot vositalarining vakillariga o‘z
nomimdan, butun xalqimiz nomidan minnatdorlik bildirishga ijozat
bergaysizlar.
Aziz do‘stlar!
Bugun biz yashayotgan 0 ‘zbekiston tuprog‘i dunyodagi eng
ko‘hna va betakror maskanlardan biridir. Bu haqiqatni ko‘p-ko‘p mi-
sollar, tarixiy va ilmiy dalillar asosida isbotlab berish mumkin.
0 ‘zbekiston zaminining qaysi hududiga murojaat qilmaylik,
ming-ming yillar qa’ridagi ilk hayot nishonalarini, eng qadimiy ma-
daniyat va san’at namunalarini har qadamda topish, shu orqali bu
yerlarda qanday buyuk sivilizatsiya mavjud boiganini ko‘rishimiz
muqarrar.
Bu haqda gapirganda, biz Farg‘ona vodiysidagi S&lungur, Tosh-
kent vohasidagi Koibuloq, Qashqadaryodagi Uzunqir kabi dastlabki
odamzod manzilgohlarini, Samarqanddagi Afrosiyob, Xorazm zami-
603
nida yaratilgan nodir «Avesto» kitobi, Buxorodagi zardushtiylik ibo-
datxonalari singari ko‘plab yodgorliklami nazarda tutamiz.
Muxtasar qilib aytganda, mana shu mo‘tabar yurtimizdagi yer
osti xazinalaridan, asrlar davomida sukutga cho‘mib yotgan shah-
ristonlardan topilgan arxeologik ashyolar, noyob tasvirlar va hali
ochilmagan, o ‘z sirlarini pinhon saqlab kelayotgan ch o i-u biyobon-
lar, hech shubhasiz, bugun biz yashayotgan tuproqda qadim-qadim
zamonlardan boshlab buyuk madaniyat va san’at rivojlanganini tas-
diqlaydi.
Shu m a’noda, ulug‘ ajdodlarimizning umumjahon va umumba-
shariyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini hozirgi kunda dunyo-
da hech kim inkor qilolmaydi. Bunday xulosani yuzlab bebaho topil-
malar, osori atiqalar va buyumlar isbotlab beradi.
Lekin, afsuski, insoniyat boshidan kechgan davr to‘fonlari,
urush-qirg‘inlar, tabiiy ofatlar oqibatida bu beqiyos tarixiy mada
niyat tasvirlarining mingdan bir qismigina bizga qadar yetib kelgan,
desak, asió mubolag‘a boimaydi.
Agar o‘sha - eng qadimiy davrlarga mansub yodgorliklarimizni,
so‘nggi ikki asr mobaynida olib borilgan arxeologik qazishmalar
natijasida topilgan noyob oltin va kumush buyumlar, bebaho oso
ri atiqalarimizni - barcha nodir boyliklarimizni boshqa davlatlar
kabi misqollab, asrab-avaylab saqlab kelib, bu eksponatlar bir joyga
yig’ilsa, hech ikkilanmay aytish mumkinki, dunyoda tengi yo‘q mu-
zey vujudga kelgan bo‘lur edi.
Bugun biz UNESKO xalqaro tashkiloti qaroriga binoan Ter-
miz shahrining 2500 yillik to‘yini o‘tkazar ekanmiz, Vatanimizning
janubiy sarhadlaridan topilgan mana shunday dalillar asosida Sur-
xon vohasida yashagan odamlaming qanday buyuk, ulug‘ tarixni
boshidan kechirgani, kerak bo‘lsa, qanday betakror madaniyatga ega
bo‘lganini katta g ‘urur va iftixor bilan ta’kidlaymiz.
Haqiqatan ham, bu ko‘hna o‘lkadagi Teshiktosh va Zarautsoy,
Jarqo‘ton va Sopollitepa, Xolchayon va Dalvarzintepa kabi o‘nlab
manzillardan topilgan ibtidoiy odam makonlari, qadimiy yodgorlik-
lar, antik san’at asarlari shundan dalolat beradi.
Haqiqatan ham, mana shu bepoyon hududlarda, azim Jayhun
bo‘ylarida miloddan aw al va uning ilk davrlaridayoq Baqtriya va
Kushon kabi ulkan davlatlaming mavjud bo’lganini o’zimiz tasaw ur
etganda bunga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.
Haqiqatan ham, azaldan Mag‘rib-u Mashriqni o‘zaro bog’lab
kelgan, qadim savdo karvonlari o ‘tadigan Buyuk ipak yo‘li chorra-
hasida joylashgan bu tuproqda necha ming yillar mobaynida turli din
6 0 4
va madaniyatlar - zardushtiylik va buddaviylik, nasroniylik va mu-
sulmonlik an’analari yonma-yon yashab kelganini hisobga olsak, bu
zaminning tarixi naqadar ko‘hna ekaniga iqror bo‘lamiz.
Hatto, bir zamonlar Termiz shahri buddaviylik markazlaridan
biri bo‘lgani, bu ta’limot Xitoy va Yaponiyaga ayni shu yerdan tar-
qalgani haqida ilmiy qarashlaming mavjudligi ham bejiz emas.
Bugungi qutlug‘ sana munosabati bilan bunyod etilgan, sobiq
ittifoq hududida yagona boig an muhtasham Arxeologiya muzeyi-
dagi ko‘plab tarixiy ashyolar, me’morlik va haykaltaroshlik san’ati
namunalari, devoriy rasmlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, turli-tuman ta-
qinchoqlar ham ana shu haqiqatning tarixiy tasdig‘i bo‘la oladi.
Aziz do‘stlar, birodarlar, shu o ‘rinda e’tiboringizni bir masalaga
qaratmoqchiman.
Ya’ni, bu qadimiy vohaning, Termiz shahrining ko‘hna va beqi-
yos kechmishini isbotlab, tasvir qilib beradigan dalillami ko‘rganda,
odamda beixtiyor shunday savol tug‘iladi: nega shunchalik uzoq ta-
rixga ega boTgan bu shahaming yubileyi sho‘ro zamonida biron
marta ham nishonlanmagan?
Buning sababi bitta: u ham boTsa, mustabid tuzum davrida
hukm surgan, bizning boy tariximizni tan olmaslik, mensimaslik, uni
shu tarixning haqiqiy egalaridan yashirishga boTgan urinishlardir.
Bir so‘z bilan aytganda, bu holni tarixiy adolatsizlik, asrlar da-
vomida biziyng xalqimiz, milliy madaniyatimizga nisbatan olib bo-
rilgan g ‘arazli siyosatning natijasi, deb baholash lozim.
Bunga yana bir sabab shuki, janubiy chegaralarda joylashgan
Termiz shahriga, avvallari Rossiya, keyinchalik esa SSSR imperi-
yasining olis va chekka bir hududi deb, bu yerda qanday madaniyat,
qanday taraqqiyot izlari boTishi mumkin, deb bepisand qarab kelin-
di.
Faqat biz ozodlik va erkinlikka erishgandan keyingina Surxon-
ning haqiqiy tarixini ochib berish, tiklash va o ‘rganish masalasiga
tom m a’noda katta e’tibor qaratildi.
Har qarich tuprog‘i qancha sir-sinoatga, betimsol boyliklarga
ega boTgan bu zaminning nafaqat yurtimiz tarixiga, balki dunyo
sivilizatsiyasiga qo‘shgan munosib hissasini yoritib berish maqsa-
dida olib borilayotgan ulkan ishlami endilikda butun jahon ahli tan
olmoqda.
Bugungi imkoniyatdan foydalanib, asrlar qa’rida ko‘milib yot-
gan ana shu haqiqatni yuzaga chiqargan, Termiz shahti, butun Sur-
xon vohasining tarixini aks ettiradigan osori atiqalar va yodgorlik-
lami izlab topish, ulami har tomonlama o ‘rganish, jahon bo‘ylab
605
targ‘ib etish borasida sidqidildan mehnat qilgan zahmatkash olim-
larimizga, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Rossiya kabi mamlakat-
lardan kelib, bu yerda tadqiqot ishlari olib borayotgan arxeologlarga,
ulami qo‘llab-quwatlagan tashkilotlarga, aw alo, YuNESKO xalqaro
tashkilotiga o‘zimizning chuqur minnatdorligimizni bildiramiz.
Hurmatli yurtdoshlar!
Termiz deganda, aw alo, uning shonli voqealarga boy kechmi-
shi, qahramonlik tarixi ko‘z o‘ngimizga keladi.
Necha asrlar mobaynida Termiz harbiy-mudofaa qal’asi bo Tib,
g‘oyatda mas’uliyatli bir vazifani o ‘tab kelgani barchamizga ayon.
Yurtimizga janub tomondan kimki bostirib kelmasin - Doro yoki
Makedonskiy boTadimi, Chingizxon yoki arab istilochilari boTadimi
- Termiz qal’asi hamisha yov yoTiga qalqon boTgan, dushmanga
qarshi mardona kurashgan.
«Avesto»da «bayrogT - tug‘i baland erlar yurti» deb ta’riflangan
Surxon vohasi, bu qal’a shahar o‘zining ko‘p ming yillik tarixi da-
vomida kimlami ko‘rmagan, qanday sinov va to‘fonlami boshdan
kechirmagan?
Uning bosqin-u istilolar tufayli necha bor vayronaga aylanib,
kultepalar uzra necha bor qayta tiklangani tarixdan ma’lum.
Lekin, qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, shu yemi muqaddas
makon deb, ona yurt deb bilgan mard va jasur ajdodlarimiz yovlarga
hech qachon bo‘yin egmagan.
Shu ma’noda, «Alpomish»dek qahramonlik dostonining aynan
shu yerda yaratilgani ham aslo tasodif emas.
Ana shu kurashlar, jang-u jadallar natijasida bu shahaming nomi
necha bor o ‘zgargani, hatto bir zamonlar u bosqinchi hukmdorlar
nomi bilan atalganini ham yaxshi bilamiz.
Afsuski, «Termiz» so'zining lug‘aviy ma’nosi va kelib chiqishi
hali-hanuzgacha noma Turn boTib kelmoqda. Lekin, bu xususda turli
fikr va qarashlar mavjudligini ham aytib o‘tishimiz kerak.
Qadimiy yodgorligimiz «Avesto»da u «Tarmida» deb atal-
sa, arab manbalarida «Tarmiz», ya’ni «daryo bo‘yidagi shahar»
m a’nosini anglatadi.
Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy esa o ‘ninchi asrda shahami
uning bugungi nomiga yaqin shaklda - «Tirmiz» deb tilga oladi.
Ammo, bizning faxr-u g‘ururimiz boisi shundaki, qanday nom
bilan atalgan boTmasin, qanday bosqin va ofatlarga duch kelmasin,
Termiz elining, Surxon xalqining o‘zligi, iymon-e’tiqodi, iroda va
matonati, eng muhimi, o ‘z yurtiga sadoqati aslo o‘zgarmadi.
Buyuk muarrix Sharafiddin Ali Yazdiy o ‘zining mashhur «Za-
6 0 6
famoma» asarida Termiz aholisining mo‘g ‘ul bosqinchilariga qarshi
fidokorona kurashini tasvirlar ekan, bu shahami «Madinat ur-rijol»,
ya’ni «Mardlar shahri» deb ataganida ham teran ma’no mujassam.
Takror aytaman, tarixning o‘zi Termiz shahri, uning qahramon
xalqi zimmasiga asrlar davomida yurtimiz tinchligi va ozodligi
yoTida metin qal’a-qo‘rg‘on bo‘lishdek og‘ir va mas’uliyatli vazifa-
ni yuklagan.
Bugun biz iftixor bilan e’tirof etamizki, Termiz shahri bu mu-
qaddas vazifani hamisha va hozirgi murakkab, tahlikali davrda ham
sharaf bilan ado etib kelmoqda.
Muhtaram do‘stlar!
Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri boTgan bu shavkatli
shahami yetti iqlimga ma’lum-u mashhur etgan uning shonli tari-
xi, qadim-qadimdan shakllanib kelayotgan boy madaniyati, beqiyos
obidalari, desak, xato boim aydi, albatta.
Lekin Termizni Termiz qilgan, uning shuhratini olam uzra zi-
yoda etgan, bu vohaning har qarich tuprog‘ini oltinga aylantirgan -
mana shu yurtning mard va tanti, olijanob odamlaridir.
Bu qadimiy diyorda yashab o‘tgan benazir alloma Hakim Termi-
ziy, islom dunyosida olti buyuk muhaddisdan biri sifatida tan olingan
Imom Iso Termiziy, mumtoz shoir Sobir Termiziy, muarrix Saman-
dar Termiziy kabi o‘nlab ulug‘ ajdodlarimiz, aziz-avliyolarimizning
mo‘tabar nomlarini xalqimiz hurmat-ehtirom bilan tilga oladi.
Sohitfiqiron Amir Temur bobomizning aynan mana shu Termiz
atrofida o‘zining piri buzmkvori Sayyid Baraka hazratlaridan hoki-
miyat ramzi boTgan bayroq va jangovar nog‘orani qabul qilib olgani
ham bu tuproqning nechog‘li xosiyatli ekanini ko‘rsatib turibdi.
Bugungi kunda ham shu tabarruk tuproqni ulugTab, quyosh jazi-
ramasi, garmsel shamollariga bardosh berib, qiyinchiliklami yengib
mehnat qilayotgan, Vatanimizning janubiy sarhadlarida afg‘on mo-
jarosi tufayli yigirma yildan ziyod davom etgan notinch va tahlikali
vaziyatda ham mardlik va matonatini namoyon etib, tom ma’noda
shu yurtning fidoyisi bo Tib yashayotgan Surxon eli, Surxon xalqiga
har qancha tasannolar aytsak arziydi.
Aziz yurtdoshlar!
Bu voha tuprog‘i, Surxon yeri nainki qadimiy, ayni paytda
g‘oyat unumli, serhosil va barakali ekanida ham o‘ziga xos hikmat
bor.
Men bu zaminning xosiyatlarini ilgari ham ko‘p marta aytgan-
man, lekin bugungi tantanada yana bir bor bu haqda'to'xtalib o ‘tsak,
o‘rinli boTadi, deb o‘ylayman.
6 0 7
Bu yerda ko‘p-ko‘p qishloq xo‘jalik ekinlarini - paxtadan tortib
subtropik mevalargacha, g‘alladan tortib sabzavot va poliz mahsu-
lotlarigacha - barcha-barchasini o ‘stirish mumkin.
Ayniqsa, bu zaminning so iim tabiati, Vaxshivor va Bobotog1,
Sangardak va Xonjizza, Boysun va Oltinsoyning fusunkor manzara-
lari har qanday odamni maftun etadi.
Yoki Surxon vohasining bag‘riga jo bo‘lgan noyob tabiiy boy-
liklami, ravon yo‘llar, aloqa tarmoqlari, muxtasar aytganda, samarali
ishlash uchun asos bo‘ladigan shart-sharoit va imkonivatlami olay-
lik.
Endi o ‘zingiz ayting, aziz birodarlar, bu vohada shunday boy ta
ri x, shunday unumdor yer boTsa, shunday go‘zal va betakror tabiat,
shunday mehnatkash, mard va olijanob xalq bo‘lsa, bu yurtning ke-
lajagi buyuk boim asligi mumkinmi? Bu yerda odamlar baxtli, erkin
va farovon yashamasligi mumkinmi?
Ishonchim komilki, butun xalqimiz qatori Surxon eli ham ana
shunday hayotga nihoyatda munosib va shunday turmush darajasiga
albatta erishadi.
Bunga ishonch bildirish uchun barcha asoslarimiz bor.
Bu asoslardan biri shundan iboratki, butun yurtimiz kabi Termiz
shahriga ham Ollohning nazari tushgan, uni doimo o‘z panohida
saqlab, yomon ko‘zlardan, balo-qazolardan o ‘zi asrab keladi.
Bu yerga musulmon dunyosining ulug‘ allomalari va piri buz-
rukvorlarimizning muborak poyqadamlari tekkan va ulaming barc-
hamiz uchun tabarruk xoklari shu tuproqqa ko‘milgan.
Yana bir asos shundan iboratki, bu zaminda yashayotgan barcha
insonlaming o‘z yurti, o‘z eliga bo‘lgan mehr-muhabbati, sadoqati
cheksiz va mustahkam.
Bugun biz yangi jamiyat qurish y o iid a qanday jarayonlar-
ni boshimizdan kechirayoígan boTsak, qanday qiyinchilik, g‘ov-
to‘siqlami yengib, o ‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga yetish
buyuk kelajagimizni qurish uchun qanday mehnat qilayotgan
bo‘lsak, bu ishlar zamirida Surxon ahlining ham g‘ayrat va shijoati,
mardlik-matonati, fidoyiligi mujassam ekani shubhasiz.
Hurmatli do‘stlar!
Biz bugun shod-u xurramlik bilan nishonlayotgan Termiz shah-
rining muborak to‘yi, awalambor, tariximiz va buyuk ajdodlarimiz
xotirasiga nisbatan qalblanmizdagi hurmat va ehtirom tuyg‘usining
yana bir bor namoyon boTishi bilan ibratlidir.
Bunday tantana, bunday marosimlar yurtimizda yashayotgan har
bir inson, ayniqsa, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni boy mada-
6 0 8
niy merosimizni qadrlash, asrab-avaylashga, bu bebaho boylik bilan
chin yurakdan iftixor qilishga o ‘rgatadi.
Eng muhimi, bizlaming qatiday qadimiy tarix, qanday o‘lmas
madaniyatga ega ekanimizni, kimlaming avlodlari, qanday ulug‘
zotlaming vorislari ekanimizni anglashga da’vat etadi.
Mana shu unutilmas lahzalarda, shu maydonda turib atrofimiz-
ga, Termizning bugungi go‘zal qiyofasiga bir nazar tashlaylik.
Bu qadimiy shaharda keyingi yillarda bamo etilgan muhtasham
binolar, yangi uy-joylar, zamonaviy litsey va kollejlar, sport insho-
otlari, obod va ravon yo‘llar, so‘lim bog‘-rog‘lar, ko‘rkam favvo-
ralar - bulaming barchasi bunyodkor elimizga xos yuksak fazilat-
laming, mustaqillik bizga bergan cheksiz imkoniyatlaming amaliy
namoyoni emasmi?
Ayniqsa, mana shu ulug‘ to‘y sharofati bilan ko‘hna Termizning
har tomonlama yashnab-yasharib, navqiron bir shaharga aylanib ket-
ganini ko'rib quvonmaydigan odam bormi?
Ishonchim komilki, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Sulton Sa-
odat, Qirqqiz yodgorlik majmualarining tubdan qayta ta’mirlangani,
Temir yo‘1 bekati, Birja markazi, Arxeologiya muzeyi, amfiteatr,
yangi stadionlar va suzish havzalari, boshqa o‘nlab inshootlar nafa-
qat Termiz shahri, balki butun Surxon vohasining chiroyiga chiroy
qo‘shib turibdi, desam, bu fikmi sizlar ham qoTlab-quwatlaysizlar.
Men, fursatdan foydalanib, mana shu savobli ishlami amalga os-
hirgan moflir quruvchi va ustalarimizga, muhandis va me’morlarga,
Termizning obod boTishiga o ‘z hissasini qo‘shgan barcha insonlarga
chin qalbimdan tashakkur bildiraman.
Qadrli do‘stlarim, vatandoshlarim!
So‘zimning oxirida ilgari ham aytgan bir gapimni takrorlamoqc-
himan: men go‘zal Surxon vohasini, uning ko‘rkam bogTari, baland
togTarini, yashil archazorlari, bepoyon dasht-u dalalarini, shu za-
minda yashayotgan aziz yurtdoshlarimni, butun Surxon ahlini yaxshi
ko‘raman, sizlarga o'zimning eng ezgu tuyg‘ularimni izhor etishdan
hamisha baxtiyorman.
Mardlar, bahodirlar na polvonlar diyori boTgan bu tabarruk tup-
roqdan hech qachon fayz-u baraka arimasin.
0 ‘tmishi sharafli, kelajagi buyuk Termiz dunyo turguncha tur-
sin.
Dostları ilə paylaş: |