1 9 9 9 - y il 5 -n o y a b r,
U rg a n c h s h a h r i
5 8 9
«Alpomish» dostonining 1000 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimda so‘zlangan nutq
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Kechagina biz xalqimiz ozodligi yo‘lida jon fido etgan milliy
qahramonimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini
keng nishonladik.
Bugun esa ajdodlarimiz badiiy dahosining bebaho yodgorligi
- «Alpomish» dostonining 1000 yilligi bayramida siz azizlar bilan
diydor ko‘rishib turganimdan g ‘oyat mamnunman.
Har qaysi millatning o‘z afsonaviy bahodiri, sevgan pahlavoni
bor. Alpomish nomi ham bizning shuurimizga munis onalarimiz ayt-
gan allalar bilan kirgan. Ajdodlar yodi, faxr-u g ‘ururi bizning xotira-
mizga Alpomish timsolida jo boigan.
«Alpomish» - o‘zbekning o ‘zligini namoyon etadigan, mard va
tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlod-
lardan avlodlarga o‘tkazib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir.
Xalqimiz azaldan o‘z vujudi, o ‘z tomirida mavjud ilohiy qudrat-
ga munosib bo‘lmoqqa intilib yashadi. 0 ‘z o ‘g ‘lonlarini mardlik va
halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asi
pahlavonlar etib tarbiyalab keldi.
«Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan sa-
boq beradi. Odil va haqgo‘y boiishga, o ‘z yurtimizni, oilamiz
qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘st-u yorimizni, or-nomusimizni, ota-
bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan hi-
moya qilishga o‘rgatadi.
Muhtaram birodarlar!
«Alpomish» dostoni - butun o ‘zbek xalqining ma’naviy mulki-
dir. Lekin nima uchun biz uning to‘yini aynan Termiz shahrida, Sur-
xon vohasida o ‘tkazyapmiz?
Negaki, Surxon vohasi, aw alo, «Alpomish» dostoni tug‘ilgan
qutlug‘ maskan. Alpomish mana shu bepoyon yaylovlarda, ba-
land tog‘ daralarida gumburlatib ot chopgan, shu yurtning zilol
ko‘llaridan suv ichgan, shu mag‘rur elga munosib pahlavon bo‘lib
yetishgan.
Shuning uchun ham Barchinoy dushmanlarga qarata g‘urur bi
lan: «Mening yorim bilsang Boysun sultoni», deb aytadi.
Surxon jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklari - miloddan
aw algi Kushon va Baqtriya davlatlariga zamin bo‘lgani bilan olam-
5 9 0
ga mashhur, Vohadagi Dalvarzintepa, Xolchayon, Tillatepa, Zaraut-
soy, Teshiktosh, Fayoztepa singari ko‘hna makonlar, u yerlarda
topilgan arxeologik ashyolar ko‘pming yillik tariximizning noyob
yodgorliklaridir.
Bu tuproq azaldan ilm-u hunar, hikmat va san’at ruhi bilan
yo‘g‘rilgan. Imom At-Termiziy, avliyo Hakim ota kabi ulug‘ zot-
laming o‘lmas ruhi, hayotbaxsh o‘gitlari barkamol avlodlami vo-
yaga yetkazdi. Shubha yo‘qki, «Alpomish»dek buyuk obidalar,
«Alpomish»dek mard pahlavonlar aynan mana shunday muhitda
dunyoga keladi.
«Alpomish» to‘yining Termiz shahrida o‘tayotganida men yana
bir ramziy ma’no ko‘raman.
Qachonki o ‘lkamizga janub tarafdan yov hamla qilgan bo‘lsa,
Termiz uning qarshisida metindek qo‘rg‘on boTib kelgan. Termiz
bugun ham ona yurtimizning janubiy sarhadlarida mustahkam qal’a
boTib turibdi.
Mana shu chegara hududlarida ko‘ksini qalqon qilib tabiatan
og‘ir-vazmin, ammo Vatan boshiga sinov tushsa, jon fido etishga
ham tayyor oriyatli xalq yashaydi.
Bu dovyurak va o‘ktam xalqning - Surxon ahlining yuragida
Alpomish kabi pahlavonlardan meros qolgan shijoat yashaydi.
Bu yurtda dunyoning kurash maydonlarida kuragi yerga tegmas-
dan zafar«qozonib, o‘zbek nomini butun olamga tarannum etayotgan
yuzlab polvonlar yashaydi.
Ishonchim komilki, bunday qudrat sohibi boTgan xalqni hech
qanday yovuz kuch yengolmaydi.
Hurmatli mehmonlar, aziz vatandoshlar!
Bugun biz sizlar bilan «Alpomish» dostonining 1000 yillik
to‘yini nishonlayapmiz. Lekin bu dostonda tasvirlangan voqealar
yurtimizning necha-necha ming yillik shonli tarixidan darak be-
radi.
Asardagi kichik bir dalilga murojaat qilaylik. Xalqimizning qa-
dimiy tasawurlariga ko‘ra, o ‘q-yoy - hokimiyat nishoni hisoblan-
gan. Alpomish yetti yoshda o ‘n to‘rt botmon birichdan - bronzadan
yasalgan yoydan o‘q otib, «alp» degan unvonga ega boTadi. Alp
degani - hokimiyat egasi ekanini inobatga olsak, bu doston ko‘p asr-
lik milliy davlatchiligimizning badiiy ifodasi ekaniga ishonch hosil
qilamiz.
Aslida, xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir dos
ton boTsa «Alpomish» ana shu dostonning shohbaytidir. Bu mumtoz
asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib
591
o ‘zligini yo‘qotmagan xalqimizning bag‘rikenglik, matonat, olija-
noblik kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan.
Muhtaram yurtdoshlar!
Bugungi muborak ayyomda biz «Alpomish»dek so‘z durdonasi-
ni yaratgan, uni asrlar osha avlodlarga yetkazib kelgan ijodkor xalqi-
miz dahosi oldida bosh egamiz.
Bugun biz ming yillar davomida bu dostonni kuylab, gavharday
asrab-avaylab, boyitib kelgan, nomlari bizga noma’lum bo‘lgan yuz-
lab xalq baxshilarining iste’dodi qarshisida ta’zim qilamiz.
Agar iloji b o isa, men ana shu insonlaming nomlarini
ma’naviyatimiz tarixiga oltin harflar bilan yozgan bo‘lur edim.
Muhtaram j amoat!
Baxshi-shoirlar o‘z xalqining biyron tilidir. Ular yurtimizda doi-
mo «Baxshili el - yaxshili el» deb ulug‘langan.
Bugun biz Yodgor baxshi va Tilla kampir, Jossoq shoir va Amin
baxshi, Shema baxshi va Ergash Jumanbulbul, Fozil Yo‘ldosh va
Po‘lkan shoir, Islom shoir va Abdulla shoir, Saidmurod panoh va
Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Berdi baxshi va Rahmatulla Yusuf o‘g ‘li,
Qodir shoir va Shoberdi baxshi kabi dostonchilaming nomlarini ehti-
rom bilan tilga olamiz. Ulaming noyob qobiliyati, yuksak mahorati
tufayli «Alpomish» bor salobati va nafosati bilan yashab kelmoqda.
Bugun biz bu o‘lmas asami yozib olish, nashr etish, ilmiy
o ‘rganish, tarjima va targ‘ib qilish ishiga ulkan hissa qo‘shgan Hodi
Zarif, Hamid Olimjon, Muzayyana Alaviya, Mansur Afzalov kabi
zahmatkash insonlami, ko‘plab xorijiy olimlami ham minnatdorlik
bilan eslaymiz.
Muhtaram Vatandoshlar.
Yillar, asrlar o ‘tadi, ona 0 ‘zbekistonmizda yangi-yangi avlodlar
voyaga yetadi.
Ishonaman, har bir avlod mana shu qahramonlik dostonini
asrab-avaylab kelgusi avlodlarga yetkazadi.
Ishonaman, xalqimiz bugungi shodiyonadan ruhlanib, qadr-
qimmatini yanada chuqurroq anglaydi, o ‘zining beqiyos jasorati-
ni, bukilmas irodasini, mustahkam iymon-e’tiqodini namoyon etib,
yorug‘ kelajak sari qat’iyat bilan boraveradi.
Ishonaman, har qaysi qishloq, har qaysi shahar, har bir xonadon-
da yangi-yangi alpomishlar dunyoga keladi, vatanga sadoqatli, jasur
va yengilmas insonlar bo‘lib ulg‘ayadi.
Surxon vohasining betakror tabiati, Bobotog4, Boysun, Vax-
shivor singari baland tog‘lar, Oltinsoy, Sangardak, Sayrob, Xonjizza
kabi go‘zal go‘shalarini bir bor ko‘rgan odam beixtiyor qoladi.
5 9 2
Bu zaminda yashab, fidokorona mehnati bilan uning ko‘rkiga
ko‘rk, chiroyiga chiroy qo‘shayotgan insonlarga, ayniqsa, yosh
o ‘g ‘il-qizlarimizga mening havasim keladi.
Har qanday inson bu yuragi ochiq, mard va tanti, ham jismonan,
ham ma’naviy jihatdan sogiom odamlar bilan chin ko‘ngildan yaqin
boiishni istaydi.
Shu unutilmas, hayajonli damlarda Alpomishdek bahodirlami
kamolga yetkazgan ona xalqimga yana bir bor ta ’zim qilaman.
Yurtimiz osmoni doim musaffo, xalqimiz hamisha omon
bo‘lsin!
Dostları ilə paylaş: |