Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

2 0 0 0 - y i l 1 1 - n o y a b r
Burhoniddin Marg‘iloniy tavalludining 910 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlangan nutq
Bismillohir rahmonir rohim.
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!
Uzoq-yaqindan kelgan muhtaram mehmonlar!
Awalambor, siz, azizlar bilan qadimiy va go‘zal Marg‘ilon za- 
minida, muborak ramazón arafasida ko‘rishib turganimdan g‘oyat 
baxtiyor ekanimni izhor etmoqchiman.
Qadrli do‘stlar!
0 ‘tgan ota-bobolarimizni eslash, ulaming ruhi poklarini shod 
etish xalqimizga xos ezgu fazilat, xayrli va savob ishdir.
Bugun biz ko‘p-ko‘p mumtoz zotlaming ona shahri bo‘lgan, 
ne-ne avliyo, alloma-yu fozillar qadami tekkan ko‘hna Marg‘ilonda 
bashariyat m a’naviy taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk fa- 
qih Burhoniddin Marg‘iloniy hazratlarining tabarruk xotirasini yod
598


etib, ul zoti sharifga bo‘lgan farzandlik hurmat-ehtiromini bajo kelti- 
rish uchun to‘plandik.
Islom huquqshunosligimng ulkan namoyandasi, shayxulislom 
Burhoniddin Marg’iloniyning nomi Imom Buxoriy, Imom Termiziy, 
Imom Moturidiy, Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Baho- 
uddin Naqshband, Xoja Ahrori valiy singari ulug‘ siymolar qatorida 
turadi.
Nafaqat musulmon oliuni, balki butun dunyo e’tirof etgan, Alloh 
taolo bergan aql-zakovati bilan islom huquqshunosligi ilmida o ‘ziga 
xos maktab yaratgan, beb^ho merosi bilan mana shu Farg‘ona diyo- 
rini jahonga tarannum etg£n ul zotning tariximizdagi o ‘m i va obro‘si 
beqiyosdir.
0 ‘z hayotini din-u diyonat pokligi, iymon-e’tiqod ustuvorligi, 
ilm va adolat tantanasi yo'lida safarbar etgan bu m o‘tabar alloma- 
ning Sharq olamida «Bufhonuddin va milla», ya’ni «Din va mil- 
latning hujjati» degan yuksak e ’tirofga sazovor bo‘lgani ham buni 
yaqqol isbotlaydi.
Qadrli birodarlar!
Hammamizga ma’lumki, yer yuzida musulmonchilik paydo 
bo'lganidan buyon asrlar davomida dunyoning turli mamlakatlarida 
yuzlab olim-u ulamolar islom huquqshunosligi bilan m ashg‘ul b o iib
kelganlar.
Lekin bu sohada o ‘zi yaratgan buyuk asarlari va maktabi bilan 
islomiy huquq asoslarini belgilab bergani va shu ilmning har to- 
monlama rivoj topishiga qo‘shgan hissasi bilan shu zamindan yeti- 
shib chiqqan bizning buyuk vatandoshimiz Marg‘iloniy hazratlari- 
ga teng keladigan boshqa alloma kamdan kam topiladi desak, aslo 
mubolag‘a boimaydi.
Burhoniddin Marg‘iloniy yashagan zamon - Sharq Uyg‘onish 
davrining birinchi bosqichi bo‘lmish X—
XII asrlarda Movarounnahr 
zaminida ilm-u fan gurkirab rivoj langan, jamiyat taraqqiyoti uchun 
islom huquqini to‘g ‘ri aPglash va amal qilish muhim ijtimoiy zaru- 
ratga aylangan edi.
Ul zot o‘z asarlarida o‘sha zamonlarda mo‘min-musulmonlar 
duch keladigan dolzarb payotiy masalalar, jumladan, oilaviy va ijti­
moiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, inson- 
ning burch va mas’uliyatlariga taalluqli ko‘p-ko‘p murakkab muam- 
molami islomiy huquq nuqtayi nazaridan hal etib bergan.
Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida 
ham «Hidoyat yo‘lining sarboni» deya katta hurmat-e’tibor topgan.
Marg’iloniyning o‘ltnas merosi, xususan, «Hidoya» - «To‘g‘ri
5 9 9


yo i » deb atalgan kitobi, mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamla- 
katlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e ’tirof 
etib kelinayotganining boisi ham ana shunda.
Ayniqsa, bu mumtoz asaming yevropa tillariga ham tarjima qi- 
lingani, butun dunyoda katta qiziqish bilan o‘rganilayotgani, unga 
turli tillarda ko‘plab sharh va izohlar bitilgani Marg‘iloniy merosi- 
ning umumbashariy ahamiyatidan dalolat beradi.
Agar biz allomaning zamondoshlaridan biri aytgan «Ey aql 
egasi, «Hidoya»ni o‘qib, mag‘zini chaqqin, chunki u seni hidoyat 
y o iig a boshlab, eng oliy maqsadlarga yetkazgay», degan so‘zlarini 
eslasak, o‘ylaymanki, u zoti sharifning avlodlar oldidagi tarixiy xiz- 
matlarini yana bir bor yaqqol tasavvur qilgan bo‘lamiz.
Muhtaram vatandoshlar!
Aziz mehmonlar!
Burhoniddin Marg‘iloniyning bizga qoldirgan ulkan merosi 
erishgan shon-shuhrati zamirida aw alo uning ibratli hayoti, pok 
e’tiqodi, oliyjanob insoniy fazilatlari mujassam.
Bu zahmatkash alloma hayotining mazmuni boim ish ellik yetti 
kitobdan iborat «Hidoya»dek ulkan asami bunyod etgani, o‘z asar- 
larida biror marta ham «men» degan so‘zni ishlatmagani, balki «Bu 
zaif banda aytadi», deya kamtarona izoh berishi har qanday odamni 
bugun ham hayratga soladi.
Va uning ulug‘ e’tiqodi, ilm-u urfon yo‘lidagi fidoyiligi, kam- 
tarlik va xokisorlik fazilatlari bu zotga nisbatan barchamizda buyuk 
hurmat va ehtirom uyg‘otadi.
Hurmatli yurtdoshlarim!
Ko‘p asrlik tariximiz shundan dalolat beradiki, eng murakkab 
davrlarda ham xalqimizning mushkul sinovlardan o‘tishi, hayotning 
turli to‘fon va bo‘ronlariga mardona bardosh berib, qaddi-qomatini 
tik tutib yashashiga katta madad baxsh etadigan kuch - yuksak 
ma’naviyat va adolatga intilish tuyg‘usi bo‘lgan.
Bamisoli qushning parvozi uchun qo‘sh qanot qanchalik zarur 
boisa, insoniyatning hayoti va taraqqiyoti uchun mana shu ikki bu­
yuk tamoyil hamisha tayanch va suyanch bo‘lib keladi.
Buyuk ajdodlarimizning hayot yo‘lini, ilmiy merosini o ‘rganar 
ekanmiz, ana shu haqiqat ular faoliyatining bosh mezoni b o iib kel- 
ganiga ishonch hosil qilamiz.
Shubha yo‘qki, «Kuch - adolatdadir» degan g ‘oyani o‘z hayoti­
ning mazmuni, deb bilgan Amir Temur bobomizdek ulug‘ ajdodlari­
mizning kamol topishida ham «Hidoya» singari qomusiy asarlaming 
ta’siri va ahamiyati beqiyos boigan.
6 0 0


Shu ma’noda, bizning adolatli jamiyat barpo etish yo‘lida amal- 
ga oshirayotgan ishlarimiz chuqur tarixiy ildizlarga ega, desak, yang- 
lishmagan bo’lamiz.
Burhoniddin Marg‘iloniy asarlarining mohiyati boMmish ado- 
lat tuyg‘usi, o‘z davrining huquqiy mezonlari asosida yashash, 
o‘zganing mol-mulkiga ko‘z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, 
insof va diyonat, mehr-oqibat kabi xalqimizga xos boigan ezgu tu- 
shunchalar bugungi kunda ham ma’naviy hayotimiz asoslarini tash- 
kil etadi, desak, hech qanday xato bo’lmaydi.
Alloma bobomizning boy ilmiy merosiga ana shu nuqtayi na- 
zardan qaraydigan boisak, uni har tomonlama chuqur o ’rganish va 
tegishli xulosalar chiqarib, zamonaviy bilimlar, bugungi hayot talab- 
laridan kelib chiqadigan tajribalar bilan boyitish zarur. Va bu ulug‘ 
merosni avvalo o ‘zimiz uchun, kelajak avlodlar tarbiyasi uchun be- 
qiyos m a’naviy oziq, deb bilmog‘imiz darkor.
Eng muhimi, qanday o‘lmas meros egalari ekanimizni hech 
qachon unutmaslik, ana shu boylikni ko‘z qorachig‘iday asrab- 
avaylash, bir so‘z bilan aytganda, ulug‘ ajdodlarimizga munosib vo- 
rislar b o iish - shu saxovatli va go‘zal zaminda yashayotgan har 
qaysi inson uchun ham qarz, ham farzdir.
Muhtaram jamoat, aziz vatandoshlarim!
Insoniyat tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk shaxslar avvalo Al- 
loh taolo aziz^tutgan muborak zaminda dunyoga keladi. Bu ko‘hna 
haqiqat hayotda ko‘p bor o ‘z isbotini topgan.
Buyuk bobomiz Burhoniddin Marg'iloniyning kindik qoni tom- 
gan ko‘hna Rishton tuprog‘i, ul zoti sharif kamolga yetgan qadimiy 
Marg‘ilon ham ana shunday tabarruk maskanlar qatoriga kiradi.
Marg‘ilon deganda, betakror tabiati, bog‘-rog‘lari, kamalak- 
dek serjilo atlaslari, o‘zligimiz ramziga aylanib ketgan rang-barang 
do‘ppilari bilan yetti iqlimga mashhur bo’lgan go‘zal bir makon ko‘z 
o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.
Bu zamin azal-azaldan odob-andishali va bag‘rikeng, mehnat- 
kash va tadbirkor, mehmondo‘st xalqi, mohir hunarmandlari, usta 
bog’bonlari, xushovoz hofizlari bilan shuhrat qozonib keladi.
Farg‘ona vodiysining marvaridi bo‘lmish Marg‘ilonning bunday 
yuksak obro‘-e’tibor topishida, awalambor, mana shunday fazilat- 
larga ega bo’lgan xalqning mehnati va shu muqaddas zaminda unib- 
o‘sib, voyaga yetgan, o‘z yurti dovrug‘ini butun dunyoga taratgan 
mo’tabar zotlaming hissasi beqiyos. 
**
Bu borada umr bo‘yi Marg‘ilon nomini ulugiab yashagan Bur­
honiddin Marg‘iloniy bobomizning xizmatlari cheksizdir.
601


Men bugun siz, marg‘ilonlik muhtaram yurtdoshlarimga qarata 
shu yuksak minbardan turib aytmoqchiman: shunday ulug‘ bobomiz- 
ning aziz nomini ko‘ksingizga tumor qilib olsangaz arziydi, albatta.
Ishonamanki, bu tabarruk tumor, Yaratganimizning marhamati 
bilan, nafaqat Marg‘ilon ahlini, balki har bir vatandoshimizni, butun 
el-u yurtimizni yomon ko‘zlardan, turli balo-qazolardan asraydi.
Biz bugun hazrati Marg‘iloniyning xizmatlarini butun dunyo tan 
olishini, jahondagi ko‘plab nufuzli ilm dargohlarida allomaning me- 
rosi har tomonlama o‘rganilishini, hozir ham uning asarlari asosida 
qanchadan-qancha talaba yoshlarga saboq berilayotganini g‘urur va 
iftixor bilan tilga olamiz.
Bulaming barchasini biz ulug‘ bobomizning muborak siymo- 
si bugungi kunda ham mamlakatimiz, xalqimiz obro‘siga obro‘ 
qo‘shayotganidan dalolat, deb bilamiz.
Shu fursatdan foydalanib, alloma Marg'iloniyning ilmiy rnerosi- 
ni o ‘rganayotgan, u boshlagan ishning davomchilari bo‘lgan olim va 
mutaxassislarga, ul zotning xotirasiga hurmat bajo keltirib, ziyorat 
etish maqsadida uzoq-yaqindan kelgan barcha aziz mehmonlarimiz- 
ga xalqimiz nomidan minnatdorchilik bildirishga va o'z ehtiromi- 
mizni izhor qilishga ijozat bergaysiz.
Aziz do‘stlarim!
Ilm va iste’dodini, butun borlig‘ini millat uchun, xalq uchun 
bashariyat baxt-saodati uchun baxshida etgan hazrat Marg'iloniy 
kabi buyuk insonlaming tarix oldidagi, kelajak oldidagi xizmatla- 
ri aslo unutilmaydi. Marg‘iloniy yoqqan ilmu ma’rifat mash’alasi 
hech qachon so‘nmaydi, avlodlaming ong-u tafakkurini doimo 
m unaw ar etib turadi. Bu haqiqat bugungi qutlug‘ ma’rakalar mi- 
solida ham o‘z tasdig‘ini topmoqda. Ulug‘ bobomizning muborak 
tavallud to‘yi sharofati bilan qadimiy va betakror Marg‘ilon shah- 
ri o‘zgacha chiroy va tarovat kasb etgani, qo‘li gul quruvchila- 
rimiz, mohir ustalarimiz, me’mor-u muhandislarimiz, bunyodkor 
xalqimiz mehnati bilan mana shu muazzam yodgorlik majmui qad 
ko‘targani hammamizning hazrat Marg‘iloniyga bo‘lgan cheksiz 
ehtiromimiz ifodasidir.
Bu muhtasham yodgorlik majmuasini bunyod etishda qatnash- 
gan barcha yurtdoshlarimizga chin qalbimdan minnatdorlik bildira- 
man, umringizdan baraka toping, qoilaringiz aslo dard ko‘rmasin, 
deyman. Kelinglar, aziz do‘stlarim, birodarlarim, buyuk bobomiz 
tavallud topgan mana shu muqaddas Farg‘ona zaminida turib, u 
mo‘tabar zotning ruhi poklari shod bo‘lsin, muborak qabrlari ilohiy 
nurga to‘lsin, deya tilak qilaylik.
6 0 2


Bugungi 
hayajonli, 
unutilmas 
lahzalarda 
Burhoniddin 
Marg‘iloniy bobomiz xotirasini yana bir karra yod etib, mana 
shunday aziz-avliyolarimizga beshik b o igan yurtimizga Allohdan 
tinchlik-omonlik, xalqimizga baxt-u saodat, farovonlik ato etishini 
so‘raylik. Ilohim, barcha xayrli ishlarimizda Yaratganimizning o‘zi 
madadkor bo‘lsin! Shu qutlug‘ kunda qilgan jamiki ezgu tilaklarimiz 
ijobat bo'lsin!

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin