Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


Harakat muassisligidagi yoshlar va bolalar nashrlari



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə324/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Harakat muassisligidagi yoshlar va bolalar nashrlari:
- «Turkiston» gazetasi;
- «Молодежь Узбекистана» gazetasi;
- «Yosh kuch» jumali;
- «Sirli olam» jumali;
- «Yoshlik» jumali;
- «Tong yulduzi» gazetasi;
- «Класс» gazetasi;
- «Sinfdosh» jumali;
- «G‘uncha» jumali;
- «Gulxan» jumali.
*
*
*
Iste’dodli yoshlami saralash, tanlash va ularga yordam berib, xo- 
rijiy mamlakatlarda o ‘qib, dunyoviy tajribalami, jahon taraqqiyotini 
o‘rganishlari maqsadida 1997-yil 7-yanvarda «Umid» jam g‘armasi 
tuzildi.
Albatta, yoshlami yangilanayotgan demokratik, insonparvar ja- 
miyatga munosib qilib tarbiyalash o ‘z navbatida ular ijtimoiy kafola- 
tini ham ta’minlashni taqozo qiladi. Bu borada 0 ‘zbekiston istiqlolga 
erishgandan so‘ng respublikada yoshlaming ijtimoiy kafolati uchun 
shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan yoshlarga oid siyosat ish­
lab chiqilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Masalan, 0 ‘zbekiston
6 3 2


Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 20-noyabrda b o iib o‘tgan 
Ncssiyasida « 0 ‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyo- 
satining asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. Bu qonunda yosh- 
lurga oid davlat siyosatining maqsadi belgilanib «Yoshlarga oid siyo- 
sat 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi 
boiib, uning maqsadi yoshlaming ijtimoiy shakllanishi va kamol 
topishi, ijtimoiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo iid a imkon boric- 
ha to ia -to ‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, 
tashkiliy jihatdan sharoitlar yaratish hamda ulami kafolatlashdan ibo- 
ratdir», - deyiladi. Shuningdek, ushbu hujjatda yoshlarga oid davlat 
siyosatim amalga oshirishga moijallangan tashkiliy tadbirlar ham 
ko‘zda tutildi. Qonun esa 1992-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. Korxo- 
na, muassasa va tashkilotlar bu borada aniq amaliy tadbirlar belgiladi- 
lar. Respublikada qonunning bajarilishiga katta e’tibor berildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, respublika Prezidenti birgi- 
na 1992-1993-yillarda yoshlar ijtimoiy kafolatini ta’minlash va ular 
iste’dodini kamol toptirish maqsadida 14 ta Farmon qabul qildi. 
Ularda o‘quvchi-yoshlar va talabalaming moddiy ahvolini yaxshi- 
lashdan tortib, yoshlar iste’dodini ham moddiy, ham ma’naviy 
rag‘batlantirishgacha boigan tadbirlar ko‘zda tutildi. Masalan, 
Prezidentning 1993-yil 5-fevralda qabul qilgan « 0 ‘zbekistonda 
o ‘quvchi yoshlami rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi Farmo- 
nida «o‘quvchilamin£ iste’dodlarini namoyon qilish va ijtimoiy qo- 
biliyatlarini rivojlantirishga, ularda mustaqil 0 ‘zbekiston fuqarosi- 
ning yuksak m a’naviy fazilatlarini shakllantirishga muhim ahamiyat 
berib, oxirgi yil o ‘qiyotgan talabalar va aspirantlar - butun o‘qish 
davridagi aiochilar hamda tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli 
amalga oshirayotganlar uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti- 
ning davlat stipendiyalari ta’sis etilsin», - deyiladi.
Bugungi kunda ko'plab talaba va aspirantlar ana shunday muko- 
fotga sazovor bo‘lmoqdalar. Yoshlar ijtimoiy kafolatiga doir joylarda 
ma’lum tajribalar to‘plandi. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublika­
si Oliy Kengashi 1993-yil yanvar oyida Yoshlar siyosati bo‘yicha 
Qonun qabul qildi. Viloyat hokimliklari 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Kengashining 1992-yil 4-dekabrdagi 568 sonli Qarori asosi- 
da viloyatlarda va tumanlarda yoshlar ishlari bo‘yicha hokimlar rais- 
ligida Kengashlar tuzildi. Hokimliklar tomonidan davlatning yoshlar 
siyosatini ro‘yobga chiqarishda bir qator ishlami amalga oshirdilar. 
Masalan, Toshkent viloyatida yoshlar siyosatiga oid Dastur qabul 
qilindi. Yosh ijodkorlaming uy-joy sharoitini yaxshilash uchun ho- 
kimlik 82 xonali uyni yosh ijodkorlarga foydalanishga berdi.
633


Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, va Buxo- 
ro viloyatlarida ham yosh ijodkorlarga uy-joy berildi.
Xorijda o‘qib kelgan yosh mutaxassislaming har ikki yilda 
o ‘tkaziladigan ilmiy konferensiyasi an’anaga aylanib qoldi. Birgina 
2006-yili «Iste’dod» jam g‘armasi homiyligida o‘tkazilgan ilmiy an- 
jumanda 500 ga yaqin yosh mutaxassis o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok 
etdi. 5 ta yo‘nalishda o‘tkazilgan ushbu anjumanda g‘oliblar 5 ta 
amaliy mukofot bilan taqdirlanishdi.
Xulosa qilib aytganda 0 ‘zbekistonday yoshlar mamlakatida 
yoshlar siyosati, ularga katta ishonch sifatida qaralishi millat istiqbo- 
liga yuksak ishonch borligidan dalolat beradi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin