Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə332/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Ikkinchidan, 
Markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va 
Orol dengizi bilan bog‘liq ekologik falokat ta’siri seziladi.
Uchinchidan, 
mintaqada xavfsizlik tizimi alohida e’tibomi ta- 
qozo etadi. Bu yerda atrofdagi kuchli davlatlar va~*siyosiy kuchlar 
markazlarining bir-biriga mos kelmaydigan ta’sir etish istaklari bor- 
ligini ham hisobga olmasdan bo’lmaydi.
645


To‘rtinchidan, 
musulmon dunyosidagi ba’zi mamlakatlaming 
bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari ham ayni bizning xotiijam 
boTishimizga yo‘l bermaydi.
Beshinchidan, 
atrofimizda turli etnik, iqtisodiy, ijtimoiy va 
boshqa muammolar ichida qolgan «uchinchi dunyo» davlatlari ham 
mavjud. Jumladan beqarorlik va xavf-xataming bugungi kundagi 
o‘chog‘i - Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston davlatlari ham shu 
mintaqada.
Bay on etilgan bu muammolami kuchaytirib va ma’lum dara- 
jada ko‘p ishlami ijobiy hal qilishga to‘siq bo‘lib turgan yana bir 
masala bor. Sho‘ro tizimidan qolgan meros - bu shu mintaqada 
Turkiston atalmish yagona zaminda yashayotgan millat va elatlami 
sun’iy ravishda bo‘lib tashlash va shundan foydalanib, o ‘z siyosatini 
o‘tkazish, ularga hukmronlik qilish asoratlari hali-beri yo‘qolmagan.
XXI asr bo‘sag‘asida dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlari tub- 
dan o‘zgardi, inson va insoniyat, odam va olam taqdiriga daxldorlik 
hissi tobora kuchaydi. XX asming so‘nggi o ‘n yilligi har qanday 
zo‘ravonliklar, tazyiqlar va g‘oyaviy xurujlami aql-idrok va ochiq- 
dan ochiq munosabatlar orqali hal etish sari dadil qadam qo‘yilgan 
davr bo‘ldi. 
0
‘zbekiston yosh mustaqil davlat sifatida o ‘z ma’qeyi 
va nufuzini mustahkamlash bilan birga dunyo ahlini jahon siyosatini 
isloh qilishga da’vat etgan davlatlardan biri bo‘lib maydonga chiqdi.
Geografik-siyosiy o ‘mi jihatdan 0 ‘zbekiston Markaziy Osiyo- 
ning qoq o‘rtasida joylashganligi ayni ana shu mintaqada barqaror- 
likni ta’minlash, o ‘zaro hamkorlik va birodarlikni chuqurlashtirish 
uchun tayanch nuqta bo‘lib xizmat qildi. Mustaqillikning tarixan 
qisqa davrida u o ‘zining siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qudratini 
to ia -to ‘kis ko‘rsata oldi. Ayni ana shu mintaqa taqdirini hal qilishga 
qodir b oigan kuchli davlat sifatida o‘zini namoyon etdi.
Birgina bu emas: 0 ‘zbekiston Osiyo va Yevropa qit’alari 
o ‘rtasida munosabatlami muvofiqlashtiruvchi, siyosiy iqlimni mo‘ta- 
dillashtiruvchi G‘arbu Sharq o‘rtasidagi azaliy raqobatni aql-idrok, 
donolik, tafakkurga asoslangan munozaralar va muzokaralar orqa­
li uyg‘unlashtirishga da’vat etgan shu mintaqadagi yagona davlat 
b o iib maydonga chiqdi.
Darhaqiqat, bugun 0 ‘zbekiston Pokiston, Hindiston, Eron, 
Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston muammolari bi­
lan birga Rossiya va umuman Yevropa mamlakatlari munosabatlarini 
ma’lum bir o ‘zanga solishga da’vat qilayotgan, uni o ‘zining amaliy
6 4 6


faoliyati bilan yaxshilik sari burishga katta ta’sir ko‘rsatayotgan dav- 
latdir.
0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov dunyo muammolarini hal 
qilishning eng insonparvar, eng adolatparvar tamoyillarini o‘rtaga 
tashlar ekan, u mintaqaviy mojarolar va qo‘shni mamlakatlami 
o‘zaro kelishmovchilik muammolaridan tortib butun yer shari va 
insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan juda ulkan masalalami o‘rtaga 
tashlamoqda. Bu ayniqsa, xalqaro terrorizm va narkobiznes, diniy 
aqidaparastlik va ekstremizm bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardir. 
Ayni ana shu muammolar bugun dunyo ahli hayotiga tahdid solayot- 
gan eng og‘ir fojia ekanligini, u bilan murosa qilib boimasligini, bu 
illatlami barbod qilishda juda katta qat’iyat, siyosiy iroda va ichki 
qudrat kerakligini 
0
‘zbekiston o ‘z timsolida ko‘rsatdi.
Prezident Islom Karimovning « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: 
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» 
nomli kitobida va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi 
chaqiriq XIV sessiyasida qilgan « 0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» 
nomli ma’ruzasida xuddi ana shu muammolami keskin qilib qo‘ydi. 
Xalqaro terrorizm va narkobiznesning o ‘zaro uzviyligi, bir-biriga 
bog‘liqligi, uning tarqalishiga ba’zan diniy niqoblardan foydalanila- 
yotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va ekstremizmning rivojlanib 
borayotganligi ilmiyjihatdan chuqur tahlil etilgan. 
0
‘zbekiston rahba- 
rining ana shu har îkki asari davlatimizning yangi yuz yillik va yangi 
ming yillikdagi siyosiy strategiyasini belgilaydi. Mazkur kitobning 
dunyoning bir necha o ‘nlab mamlakatlarida tarjima qilib bosilganligi, 
jahon siyosatdonlari va davlat arboblarining bu kitobda ko‘tarilgan 
masalalarga bergan yuksak baholari, jahon jamoatchiligining katta 
qiziqish bilan unga qarayotganligi fikrimizning dalilidir.
0
‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yutuqlardan mu- 
himi uning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olganidir.
1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qi- 
lingan «Mustaqillik haqidagi Bayonot»da 0 ‘zbekistonning tashqi 
siyosatdagi yo‘li aniq qilib belgilangan edi. Jumladan unda: «Xal­
qaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan 0 ‘zbekiston Res­
publikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq 
subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, 
qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yaroqlardan xoli qilish, yadroviy 
qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren 
davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlami hal etishda kuch ishlatish 
va tazyiqqa yo‘l qo'ymaslikdan iborat», - deb qayd qilindi.
647


Oradan ma’lum muddat o ‘tgandan so‘ng 1992-yil 
8
-dekabrda 
qabul qilingan 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida bu yo‘l yana bir bor 
ta’kidlanib davlatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari qonun bi­
lan mustabkamlab qo‘yildi. « 0 ‘zbekiston Respublikasi xalqaro mu- 
nosabatlaming to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati dav- 
latlaming suveren tinchligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid 
qilmaslik, chegaralaming daxlsizligi, nizolami tinch yo‘l bilan hal 
etish, boshqa davlatlaming ichki ishlariga aralashmaslik qoidalari- 
ga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va 
m e’yorlariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovon- 
ligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, 
hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ular- 
dan ajralib chiqishi mumkin», - deyiladi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 17-moddasida.
Mamlakat tashqi siyosatiga doir bunday qoidalar Prezident 
I.A. Karimovning nutq, maqola va risolalarida yanada oydinlashti- 
rildi. U o‘zining « 0 ‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» 
nomli asarida: 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin