Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə330/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Birinchidan, 
davlatlararo munosabatlar tizimidagi muvozanat 
buzildi. Jahonda siyosiy-iqtisodiy bo‘linish ro‘y berdi. Kuchlar mar- 
kazi ilgari ikki joyda bo‘lsa, endilikda o‘z taqdirini o‘zi belgilash 
orqali ichki imkoniyatlami ishga solish, har kim o ‘z aravasmi o‘zi 
tortish zarurati tug‘ildi.
Ikkinchidan, jahonda mulkiy tengsizlik kuchaydi. Ya’ni sa-
643


noati rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar 
o'rtasidagi tafovut va ziddiyatlar kuchaya boshladi.
Bu holat jahon resurslarini taqsimlashda yaqqol ko‘rinadi. Ya’ni, 
tabiat resurslari aslida rivojlanayotgan mamlakatlaming asosiy boy- 
ligi hisoblanadi. Lekin sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlar bu 
boyliklami nazorat qilishni o ‘z qo‘llariga olishga intila boshladilar.
Uchinchidan, 
dunyoda insonning biologik tur sifatida yasha- 
shiga bevosita xavf-xatar mavjud bo‘lib qoldi. Ya’ni yalpi yadro 
urushi xavfi ancha kamaygan bo‘lsa ham, ekologik tanglik xav- 
fi, biogenetik buzilishlar tahdidi hamon tahlikali holatda saqlanib 
qolmoqda edi.
To‘rtinchidan, 
jahon miqyosidagi umumiy taraqqiyot odamlar 
dunyoqarashining o‘zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqa- 
ro munosabatlaming rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta’siri 
sezildi. Davlatlar va xalqlar o’rtasida o ‘zaro birlashishga intilishni 
kuchaytirgan, ayni vaqtda milliy xususiyatlar, an’analar va ma’naviy 
merosni saqlab qolish orqali mustaqil siyosiy tamoyillami ishlab 
chiqish zarur bo‘ldi.
Turli davlatlararo va hukumatga daxli bo‘lmagan xalqaro tashki- 
lotlaming ahamiyati oshib, dunyo yangi tizimga o ‘tishi davrida ular- 
ning faoliyatini qayta qurish va isloh etish ehtiyoji tug‘ildi.
Bu o ‘z navbatida nega shunday qilish kerak, degan haqli savolni 
tug‘diradi. Buning javobi oddiy: ko‘pchilik xalqaro tashkilotlaming 
faoliyatlari asosan davlatlaming o‘zaro murosasini ta’minlashga qa- 
ratilgan edi, xolos.
Bugungi ahvol xalqaro tashkilotlardan eng yirik muammolarga 
ahamiyat berishni, jarayonlar ichiga kirib borishni, ta’sir doirasini 
kengaytirishni, hech bo‘lmaganda, hammaga barobar odilona va xo- 
lisona munosabatda boiishni talab etadi.
Beshinchidan, 
rivojlanishning hozirgi bosqichida har qanday 
mamlakatning nufuzi, aw alo, uning eng yangi texnologiyalami qa- 
bul qilish va foydalanish qobiliyatiga qarab belgilanadigan bo‘ldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilinsa, O'zbekistondagi 
o‘tish davri boshqa yosh mustaqil mamlakatlarga nisbatan samara- 
liroq b o id i. Natijada 0 ‘zbekiston jahon iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlariga tezroq kirib bordi va o‘z salohiyatini aniq-ravshan 
ko‘rsata oldi.
0
‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi 
uchun asQsiy shart-sharoitlar bu - uning ju g ‘rofiy-siyosiy jihatdan 
qulay mintaqada ekanligidir.
6 4 4


Ma’lumki, 0 ‘zbekiston geosiyosiy jihatdan ancha murakkab va 
shu bilan birga qulay makonda joylashgan. Ya’ni u, 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin